- Tipratikanlar (Erinaceidae) oilasiga 15 ta tur kirib ular Osiyo, Afrika va Yevropada tarqalgan. MDHda 7 ta turi, shu jumladan, O`zbekistonda 2 ta turi uchraydi. Gavdasining uzunligi 10 – 45 sm bo`ladi. Shakli tikanli sharga o`xshash, tanasi va ikki yon tomondan ignalar bilan qoplangan. Ularda teri osti muskullari va ayniqsa, halqali muskullari kuchli rivojlangan bo`lib, xavf tug’ilganda bu muskullar qisqarilishi natijasida tipratikan o`ralib oladi va dushmandan o`zini himoya qiladi. Tipratikanlar tunda faol bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |