7-ma’ruza rezbalar haqida umumiy ma`lumot. Turlari va ishlatilishi. Frezalash dastgohini rezba kesishga sozlash. Rezba kesish usullari. Murakkab Frezalash ishi Plashkalar va metchiklar yordamida rezba qirqish


-MA’RUZA Frezalash ishining yuqori samaradorli usullari. Frezalash dastgohlarini geometrik aniqlikka tekshirish


Download 1.44 Mb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1497829
1   2   3
Bog'liq
Maruza 7-8

8-MA’RUZA
Frezalash ishining yuqori samaradorli usullari. Frezalash dastgohlarini geometrik aniqlikka tekshirish.
Frezalash mexanik ishlov berishning eng universal turi bo’lib, amalda ixtiyoriy yuzalarga ishlov berish uchun yaroqli.
RDB universal dastgohlarda kesuvchi asbobni bir vaqtda uchta X, Y, Z o’qlari bo’yicha harakatlantirib, ishlov berish ta’minlanadi.
Bir vaqtda dastgohning uchta o’qidan foydalanib frezalash - o’qining yo’nalish fazoda o’zgarmas bo’lgan asbobni etkazish mumkin bo’lgan ixtiyoriy yuzalarga hajmiy ishlov berish uchun mo’ljallangan. Qolgan ko’p koordinatali frezalab ishlov berish turlarini maxsus texnologik jarayonlarga kiritish qabul qilingan.
RDB dastgohlarda frezalashning klassik turlari stilindrik va yon frezalashlar: stilindrik – konturlarga asbobning yon stilindrik yuzasi bilan ishlov berish; yon – eni freza diametridan ortiq bo’lmagan ingichka qovurg’alar yon yuzasiga ishlov berish hamda kichik qo’yimli yuzalarga ishlov berish.
RDB dastgohlarda aralash – detalga uch frezalarning yon va uch yuzalari bilan bir vaqtda ishlov berish ham qo’llaniladi.
Detal konturi elementlari. Ishlov berish zonalari. Frezalash operastiyalarini dasturlashda tokarlik ishlov berishdagi kabi ishlov beriladigan detal konturi elementlari asosiy va qo’shimchalarga bo’linishi mumkin. Bu holda qo’shimcha elementlarga doimiy va o’zgaruvchan radiusli birikish yuzalari kiradi. Yassi ishlov berishda doimiy radiusli ichki birikmalar asbobning mos konfigurastiyasi hisobiga hosil qilinadi. Detalning texnologik qulayligini ta’minlash uchun bunday birikmalar berilgan kontur yoki detal uchun bir xil rmin radius bilan bajarilishi kerak. Bunda rmin radius bilan konturdagi namunaviy kirish radiusi Rnam orasidagi ma’lum munosabat saqlanishi kerak, chunki bu munosabat toza o’tishlar uchun frezaning ruxsat etilgan diametrini belgilaydi. Frezalashda ma’lum ishlov berish zonalarini ajratib ko’rsatish mumkin. Ular ochiq, yarim ochiq, yopiq va kombinastiyalangan turlarga bo’linadi (1-rasm).


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling