7-ma`ruza: Sanoat binolarining devorlari xaqida umumiy ma’lumotlar. Reja


G‘isht, mayda va yirik bloklardan terilgan sanoat binolarining devorlari


Download 1.65 Mb.
bet2/2
Sana03.02.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1151120
1   2
Bog'liq
7-маруза

G‘isht, mayda va yirik bloklardan terilgan sanoat binolarining devorlari
Bunday devorlarni turar joy binolari devorlariga aynan o‘xshash qilib teriladi. G‘ishtin bloklar nisbatan kam qo‘llanilgan bilan, g‘ishtlarga nisbatan ancha qulayliklarga ega bo‘ladi.
Sanoat binolarida ishlatiladigan bloklarning uzunliklari 3,0m gacha (500mm farqli bilan), balandligi esa 585 va 1185mm va qalinligini esa 250mmdan 640mmgacha qilib tayyorlanadi.
G‘isht devorlarga nisbatan yirik bloklardan terilgan devorlarning texnikiqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqori hisoblanadi. Ularni hajmiy og‘irliklari 6001600kg/m3gacha bo‘lgan engil betonlardan tayyorlanadi.
Devorlarda joylashgan o‘rniga ko‘ra bloklarni qator bloki, burchak bloki va ravoq bloki kabi turlarga ajratiladi.
Qator bloki uzunligi – 990, 1490, 1990 va 2990mmga, balandliklarini esa 585, 1185 va 1785mmga teng qilib ishlab chiqiladi.
Ravoq bloklarini uzunligi 5990mm, balandliklari esa 585mmga teng bo‘ladi. Bloklarni qalinliklari ishlatilish joylariga ko‘ra 300, 400 va 500 mm qilib olinadi.

2.21-rasm. Yirik blokli devorlar
a – yirik bloklardan terilgan devor fragmenti
b – bloklarni ustunlarga mahkamlash: 1 – quyma detali; 2 – ustun; 3 – devorbop blok; 4 – anker.
Bloklardan terilgan devorlarda bloklar ustunlarga “t” shaklidagi moslashuvchan metall ankerlar yordamida qotiriladi (2.21-rasm). Bunda ankerlarni bir uchini ustmaust qo‘yilgan bloklar gorizontal choklar o‘rnatilib (kirgizilib), ikkinchi ustun quma elementiga payvand yordamida tutashtiriladi.
Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling