7-ma`ruza: Sanoat binolarining devorlari xaqida umumiy ma’lumotlar. Reja


Download 1.65 Mb.
bet1/2
Sana03.02.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1151120
  1   2
Bog'liq
7-маруза


7-ma`ruza:
Sanoat binolarining devorlari xaqida umumiy ma’lumotlar.


Reja:

  1. Temir beton panellardan tayyorlangan devorlar

  2. Yengi l beton panellardan tayyorlangan devorlar



Temir-beton va yengil beton panellardan tayyorlangan sanoat binolarining devorlari
Ko‘p oraliqli ishlab chiqarish binolarining devorlari qiymati bino umumiy narxining 8-10% ni tashkil etadi, bu ko‘rsatkich bir va ikki oraliqli binolarda yana ham katta bo‘lishi mumkin.
Panel devorlarni keng ko‘lamda qo‘llash bino narxini tushirish va uni qurishga ketgan vaqtini kamaytirishga olib keladi (2.22-rasm). Ustun qadamlari 6,0m bo‘lgan binolarda uzunligi 6,0m, ustun qadami 12m bo‘lgan joylarda esa uzunligi 12m li devor panellari keng ko‘lamda ishlatilmoqda (2.33-rasm). Binoda joylashgan o‘rniga ko‘ra panellarni qator paneli, deraza oralg‘i paneli, ravoq paneli kabi turlarga ajratiladi.
Hozirgi kunlarda devor panellarini oddiy va engil betonlardan tayyorlanadi va ularni bir necha seriyalari mavjud bo‘lib - 1,432_5: 1,432_6 va hokazo kabi belgilanadi.
Isitilgan bino devori panelining qalinliklari 160, 200, 240 va 300 mm bo‘lib, bu erda 160mm qalinlikdagi panel faqat ilingan devorlarda bo‘ladi. Panel balandligini odatda 1200, 1800mm, tomidan atmosfera suvlarini bino
tashqarisidan tushirib yuboriladigan binolarda esa panel balandligini 900 va 1500 mm qilib olinadi.
Parapet panellari balandligi 900 va 1800mm ga teng bo‘ladi.
Isitilmagan binolarda qovurg‘ali hamda serqovurg‘ali yig‘ma temirbeton panellari qo‘llaniladi. Ularni uzunligi 5980 va 11970mm, balandligi 1185 va 1785mm, qovurg‘alari balandligini ustunlar qadami 6,0 bo‘lganda 120mm va ustunlar qadami 12m bo‘lganda esa 300mm qilib olinadi.
Panellar sinfi B25 va B30 bo‘lgan betonlardan tayyorlanadi.

2.22-rasm. Bir qavatli sanoat binolarida devor panellarini
a – bo‘limi devorlarda;
b – bino to‘g‘risida.
1 – 3 – tom yopmasi ko‘taruvchi konstruksiyasi temirbeton ferma yoki to‘sin bo‘lganda; 4 – 5 – bu ham po‘lat ferma bo‘ladi.
Devor panellarini ustunlarga har xil usullarda mahkamlanadi. Bunday usullarni birida har xil tekislikda joylashgan ikki po‘lat burchaklarini birini ustun quyma detaliga ikkinchisini esa panel quyma detaliga payvandlanib, hosil bo‘lgan moslama yordamida panellar ustunlarga ilintirib qo‘yiladi.

2.33-rasm. Ishlab chiqarish binolarining to‘suvchi elementlari va ularni ustunlarga ulash:
a,v – isitilmaydigan (a) va isitiladigan (b) binolarning devor panellari;
v – tayanch stoliga qo‘yilgan; g – burchaklar yordamida ilintirilgan

  1. ustun;

  2. quyma detali;

  3. tayanch stolchasi;

  4. panel; 5.- payvand chok; 6- biriktiruvchi (ilgak) elementlari;

7- devor panelli quyma detali.
Deraza o‘rni ustiga joylashtiriladigan panellarni ustunlardagi mahsus po‘lat stol-tayanchlarga o‘rnatilib, panellar choklarini qaysi metallar bilan to‘ldirilishidan qat’iy nazar ularni to‘rt burchagidan ustunlarga payvand yordamida qotiriladi. Gorizontal chok qalinligi 15mm, vertikal chok qalinligi 20mm qilib qabul qilingan. Choklarni elastik xususiyatga ega bo‘lgan sintetik ashyolar UM-40 va UM-50 yoki qum-sement qorishmasi bilan to‘ldirilib chiqiladi.
Sanoat binolari devorlarida to‘lqinsimon listlarni bir necha turi ishlatiladi. misol uchun listlarni “VU” turi uzunligi 1750mm dan 2800mm gacha, eni 994mm hamda “UV-7,5” – uzunligi 1750mm dan 3300mm gacha, eni 1125mm bo‘lgan va shularga o‘xshash boshqa turdagi listlar ishlatiladi. Bunday listlarni ustunlarga payvandlangan rigellarga mahsus qotirgichlar yordamida (PK – 1 va PK - 3) mahkamlanadi. Rigel ashyolari temir betondan yoki po‘latdan ishlangan bo‘lii mumkin (2.24-rasm

2.24-rasm. Asbotsementli listlardan va panellardan tayyorlangan devorlar.
a, b – asbotsementli listlarni ustunlarga mahkamlash usullari
1 – asbotsementli listlar;

  1. – ilmoq;

  2. – stolcha;

  3. – po‘lat rigel;

  4. – yog‘och rigel;

  5. – burama mix;

7, 8 – shayba;

  1. – penoplast;

  2. – yog‘och sinch (karkas);

  3. – yarim bikir mineral paxtali plita.

Listlarni birbirlari bilan ulashda bo‘ylama yo‘nalishda 100mm, ko‘ndalang yo‘nalishda esa bir to‘lqin eniga teng kenglikda birbirini ichiga kiritiladi
Hozirgi vaqtda asbotsementli konstruksiyalar chet ellarda qo‘llanilmaydi. Bizda ham uni qo‘llash chegaralanayapti. Masalan, keng istiqbolga ega bo‘lgan, metalldan ishlangan yupqa, silliq yoki shakldor tunuka devorlar kam og‘irlikka ega bo‘lib, ularni ichiga zanglamaydigan, og‘irlikni yaxshi ko‘taruvchi va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘l

Alyuminiydan ishlangan tunuka devorlar aloxida ahamiyatga egadir (2.25-rasm).
2.25-rasm. Shakldor metall listlardan tayyorlangan devor panellari.

  • a – yiriklashtirilgan devor panellaridan qilingan to‘siq;

  • b – panellarni ilmoqqa ilish (stropilash);

  • v – panelni tuzilishi;

  • g – panellarni vertikal choki.

1-sokol paneli; 2-metall panellardan iborat to‘siq; 3-deraza; 4-stenda tayyorlangan yiriklashtirilgan panel; 5-tashqi qoplama; 6-issiq sovuqni o‘tkazmaydigan qatlam;
7-ichki qoplama; 8-panelni ko‘tarib turuvchi rama to‘sini (harisi); 9-biriktiruvchi bolt;
10-mahkamlovchi skoba (uchlari ustunga payvandlangan); 11-issiq sovuqni o‘tkazmaydigan paket; 12-chok bekitgich; 13-panel ramasi ustuni; 14-bino ustuni.
Ko‘p qavatli sanoat binolari devorlari ham bir qavatli sanoat binolari kabi loyihalanadi va montaj qilinadi (2.26-rasm).

2.26-rasm. Ko‘p qavatli sanoat binolarining devorlari
a – panellarni bino balandligi bo‘yicha joylanishi;
b – panellarni ustunlarga qotirish detallari.
1-panel;
2-tortuvchi bolt kronshteyni;
3-tortuvchi bolt;
4-bog‘lovchi detal; 5-ustun.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling