7-ma’ruza: Yumshoq dori shakllari. Surtmalarva ularni
Sellyulozaning yarim sintetik xosilalari
Download 36.27 Kb.
|
мавзу -7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Na-KMS
Sellyulozaning yarim sintetik xosilalari. Surtmalar texnologiyasida sellyuloza xosilalaridan metilsellyuloza (MS) va natriy karboksimetilsellyulozalardan (Na-KMS) asos sifatida foydalanish mumkin.
MS – oddiy efir bo‘lib, sellyuloza molekulasiga kiritilgan metil guruxining soniga qarab, 150 dan 700 gacha polimerizatsiya darajasidagi efirlarni xosil qilish mumkin. Ularning molekulyar massasi mos ravishda 30000 dan 140000 gacha. MS eritmalarining asosiy xossasi ularning qovushqoqligidir. Bu esa ularning tarkibidagi metoksi guruhlarning almashinish darajasiga, ularning bir xilda tarqalganligiga va polimerizatsiya darajasiga bog‘liq. Farmatsevtik texnologiyada ishlatiladigan MS 26-33% metoksi guruhlarini saqlaydi. U och sariq rangli, tolasimon yoki paxtasimon ko‘rinishli, xidsiz va mazasiz, uzoq vaqt saqlanishi mumkin. Tayyorlash uchun kerakli miqdorda tortib olingan MS umumiy olnishi lozim bo‘lgan, 80-900S gacha isitilgan suvning 25% bilan aralashtirilib, so‘ng qolgan suv (sovuq suv) bilan bir xil massa xosil bo‘lgunga qadar aralashtiriladi. MS eritmalari mikroorganizmlarga turg‘un, zaharliligi yo‘q, fiziologik jahatdan inert. Ular yuqori qovushqoqlikka, dispergirlashga, namlash va adgezzion xossalariga ega. MS suvning yuza tarngligini kamaytiradi, sababi MS yuqori emulgirlash xossasiga ega. SHuning uchun ham MS farmatsevtik amaliyotda nafaqat surtmalar texnologiyasida, balki boshqa turdagi dori vositalarini ishlab chiqarishda ham keng ishlatiladi. MS eritmalarining qurishi natijasida tiniq, rangsiz, mustaxkam, mikroorganizmlar, organik erituvchilar va yog‘-moylarga nisbatan turg‘un bo‘lgan plenka xosil bo‘ladi. Na-KMS – sellyuloza va glikol kislotasi (karboksimetilsellyuloza) oddiyefirining natriyli tuzibo‘lib, polimerizatsiya darajasi 300 dan 3000 gacha, molekulyar massasi 75000 dan 750000 gacha. Oq yoki kulrang rangli, tolasimon modda, suvda yaxshi eriydi. MS va Na-KMS larning asos sifatida ishlatiladigan asosiy tarkiblar: MS 6g, glitserin 20g, tozalangan suv 74 g. Na-KMS 6 g, glitserin 10 g, tozalangan suv 84 g. Download 36.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling