7-ma’ruza: Yumshoq dori shakllari. Surtmalarva ularni


Download 36.27 Kb.
bet9/13
Sana06.05.2023
Hajmi36.27 Kb.
#1435123
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
мавзу -7

Fitostearin asoslar. Bu asoslar suvda erimaydigan oq yoki sariq rangli kristall kukunlar bo‘lib, A.M.Xaletskiy fikricha ular beta fitostearinlar (40% dan ko‘p) va lignotserin spirti S24N49ON (30% atrofida), lignoserin kislotasi S23N47SOON(20% gacha), noorganik moddalar (5%), suv (5% gacha) va ko‘proq to‘yinmagan stearinlardan iborat. Bu asoslar xvoynoy drevesindan 1938 yilda F.G.Solodkin tomonidan taklif qilingan usul bo‘yicha olinadi. Fitosterinning eng asosiy xossasi uning yuqori suv shimish ko‘rsatkichiga ega ekanligidadir. U oson va mustaxkam tarzda suvni 12 marta ko‘p miqdorda ham yuta oladi. Agar kolbaga 92 ml suv solinib, ustiga aralashtirilmagan xolda 8 g fitosterin sepib qo‘yilib, suv xammomida 800S haroratgacha qizdirilsa, 1 daqiqa davomida bir jinsli, qaymoqsimon massa xosil bo‘ladi. Bu massa bir necha xafta davomida saqlanishi mumkin. A.M.Xaletskiy ham xuddi shunday asosni 1:6-1:10 nisbatda olishga muvoffaq bo‘ldi va bu asosdan bir qator teri kasalliklarini davolashda ishlatiladigan surtmalarning tarkibi va texnologiyasini taklif qildi. Bu turdagi asoslar saqlanish davomida qurib qoladi, biroq ular suv bilan 50-600S xaroratda qizdirilsa boshlang‘ich xossalarini namoyon etgan xolda asos dastlabki xolatiga qaytadi. Bu asoslardan quruq kukunsimon surtma-konsentratlarini olish maqsadga muvofiqdir. Ular teri orqali yaxshi so‘riladi. Ularning tarkibiga turli xil dori moddalarini kiritish mumkin, xattoki yorug‘likka juda sezuvchan bo‘lgan preparatlarni ham (salol, xinin, tanin).
Polietilenglikolli asoslar. Bu asoslar qattiq va suyuq polietilenglikollarni eritish bilan olinadi. Polietilenglikollar (PEG) yoki polietilenoksidlar (PEO) sintetik moddalar bo‘lib, etilenglikol yoki oksietilenni suv yoki kaliy ishqori bilan polimerizatsiya qilish yo‘li orqali olinadi. Suvda eriydigan bunday asoslar xorijiy davlatlarda XX asrning 40 yillaridan boshlab, asosiy o‘ringa chiqib oldi. Bu ularning quyidagi afzalliklari bilan tushuntiriladi.
1. Suvda yaxshi eruvchanligi va tarkibida xattoki molekulyar massasi 1000000 gacha bo‘lgan polimergomologlarni saqlashi. Bunday asoslardan tayyorlangan surtmalar suv bilan yaxshi yuviladi, ayniqsa terini zararlamaslik uchun yuvib tashlash lozim bo‘lganda, shuningdek soch uchun mo‘ljallangan surtmalarda ularni qo‘llanilgandan so‘ng yuvib tashlash kerak bo‘lgandi.
2. Ham gidrofil, ham gidrofob xossaga ega bo‘lgan moddalarni erita olish xossasiga ega ekanligi.
3. Spirtda yaxshi erishi va suvli eritmalarda elektrolitlarni hech qanday dissosatsiyaga uchratmasligi.
4. Parafin va glitseridlar bilan yaxshi aralashish xisobiga turg‘un, xar ikki turdagi psevdoemulsiyalarni xosil qila olishi. Moyni suvdagi emulsiyasiga xoxlagan miqdorda polimer qo‘shish mumkinligi.
5.Teriga yaxshi surtilish va unda bir xilda tarqalishi. PEG terida gaz almashinishiga va bezlar faoliyatiga xech qanday salbiy ta’sir qilmaydi. Qo‘llanilgandan so‘ng ham teri yoki shilliq qavatning dastlabki xolatini saqlab qoladi.
6.Tarkibida birlamchi gidroksil guruhini saqlaganligi uchun kuchsiz baktereotsid ta’sirga ega bo‘lib, shuning uchun ham bu asoslarda tayyorlangan surtmalar mikroorganizmlarga nisbatan turg‘un va ularni ko‘proq muddat xar qanday haroratda ham saqlash mumkin.
7.Bu asoslarning osmotik faolligi zararlangan yaralarni tozalashda qo‘l keladi. Bunday xolatlarda PEG ham yuvuvchi, ham tozalovchi vazifasini o‘taydi. Ularning osmotik faolligi esa dori moddalarini penetratsiyasini oshiradi. Natijada surtma tarkibidani suyuqlikka o‘tgan dori moddasi to‘qimalarda oson o‘tadi.
PEG deyarli jahonning barcha davlatlarini farmakopeyalariga kiritilgan bo‘lib, bu asoslardan birinchi bo‘lib 1956 yilda surtmalar texnologiyasidan M.X.Gluzman va B.I.Dashevskiylar foydalanganlar.

Download 36.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling