7-Mashg’ulot. Mavzu
Download 198.24 Kb. Pdf ko'rish
|
7-Laboratoriya.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning maqsadi
- Kerakli asboblar
7-Mashg’ulot. Mavzu : Bosh skeletining ichki, tashqi va ulardagi bo`shliqlar hamda miya qutisi va yuz suyaklarining tuzilishi, birikishi qonuniyatlarini o’rganish . Darsning maqsadi : Bosh skeleti haqida aniq tushuncha hosil qilish, bosh skeletini hosil qiluvchi suyaklarning tuzilishi, vazifasi hamda o’zaro birikishi o’rganish . Bosh suyaklari hammasi birga qo’shilib, kalla suyagi (cranium) ni hosil qiladi .Kalla suyaklari, pastki jag’ni aytmaganda choklar bilan bir-biriga maxkam birikkan. Ular bosh miya va ba’zi sezgi organlari o’rnashadigan joy hosil qiladi. Bundan tashqari kalla suyaklari nafas yo’li va xazm sistemasining bosh bo`limlari uchun tayanch bo`lib xizmat qiladi . Shu munosabat bilan kalla suyagining ikki bo`limga-miya bo`limi va yuz bo`limiga ajratish rasm bo’lgan . Bosh skeletining miya bo`limini ikkita juft suyak – chakka va tepa suyaklar bilan to’rtta toq suyak – peshona suyagi, g’alvirsimon, ponasimon suyak va ensa suyagi hosil qiladi bosh skeleti yuz bo`limining suyaklari jumlasiga olti juft suyak – yuqori jag’, burun suyagi, ko’z yosh suyagi, yanoq suyagi va tanglay suyagi, shuningdek pastki burun chig’anog’i va ikkita toq suyagi – pastki jag’ va dimog’ suyagi kiradi. Til osti suyagi ham yuz suyaklari qatoriga kiradi . Kerakli asboblar: plakat, tablisa, maket, planshet, mulyaj, odam skeleti, odam skeletining kalla suyaklari, qog`oz, qalam, o`chirgich, chizg`ich . Ishning borishi : kalla skeleti va uni hosil qiluvchi suyaklarni talabalarga ularni tuzilishi, birikishini tushintirish uchun avvalo odamning kala skeletini olib uni tashkil qiluvchi suyaklar haqida birma –bir tushintiriladi. Bosh skeleti suyaklarining ko’pchiligi murakkab tuzilgan, ularda qon tomirlar va nervlar o`tadigan teshik va kanallar bor. Ba’zi suyaklarning ichida havo bilan to’lgan bo`shliq yoki kataklar bo`ladi . Odamda bosh skeletining miya bo`limi xayvonlardagiga qaraganda yuz bo`limidan ko’ra ancha kata bo`ladi. Bosh skeleti miya bo`limining suyaklari quyidagilar : ensa suyagi (osoccpitale) shaklan yassi kosachaga o’xshaydi. Uning qismlari katta ensa teshigini cheklab turadi, bu teshik bosh skeleti bo`shlig’ini umurtqa kanali bilan birlashtiradi . O’sha teshikning oldingi tomonida ensa suyagining asosiy qismi bor, u ponasimon suyakning asosiy qismi bilan qo’shilib, nishablik hosil qiladi . Download 198.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling