7-Mashg’ulot. Mavzu


Download 198.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana01.01.2023
Hajmi198.24 Kb.
#1074585
1   2   3
Bog'liq
7-Laboratoriya.

 Ponasimon suyak (os sphenoidale) –orqa tomonda ensa suyagi bilan oldingi 
tomonda peshona suyagi o`rtasida, bosh skeleti miya bo`limining asosida joylashgan 
Tana va uch juft: katta qanotlar, kichik qanotlar va qanotsimon o’simliklardan iborat. 
Tanasining ichki yuzasi bukilgan bo`lib, turk egariga o’xshaydi. Unda eng muhim 
sekretor bez-gilofiz turadigan chiziq hosil bo`ladi. 
Chakka suyagi (os .temporole)-bosh skeleti suyaklari ichida eng murakkab suyak. 
Bu suyak ichida eshituv va muvozanat organi joylashgan. Suyak kanallari, jumladan 


yuz nervi kanali Bilan ichki uyqu arteriyasining kanali shuningdek eshituv nayi 
kanalini suyak qismi shu suyakdan o`tadi. 
Chakka suyagi uch qismdan: tangacha simon togora va tosh simon qism yoki 
peramidadan tashkil topgan. 
Tepa suyagi (OS. parietale) – to’rt burchakli botiq suyak plastinkasi bo`lib, 
plastinkadan tashqari hamma chetlari tishlidir. Tashqi yuzasida tepa do’mbog’i 
ko’tarilib turadi. 
Peshona suyagi (OS frontale) peshona tangasi, juft ko’z kosasi qismlari va burun 
qismidan iborat. Tangasining o’ng va chap tomonida peshona do’mboqlari bulardan 
pastroqda esa qosh usti ravoqlari bor. Qosh usti ravoqlari tagida peshona suyagi ko’z 
kosasi ustidagi o’tkir qirraga aylanadi. 
Galvirsimon suyak (OS ethmoidale) – bosh skiletining ichkarisida yotadi va burun 
bo`shlig’i bilan ko’z kosalari devorlarini hosil qilishda ishtirok etadi. Shaklan kubga 
o’xshab ketadi. Ustki gorizontal (ilma teshik) plastinkadan iborat, shu plastinkadan tik 
pastga qarab perpendikulyar plastinka chiqadi. Perpendikulyar plastinka burun 
bo’shlig’i tusigi tarkibiga kiradi.
Bosh skileti yuz bo`lim suyaklarini quyida gi suyaklar hosil qiladi. 
Pastki burun chig’anog’i- bukilgan o’pkagina mustaqil suyak plastinkasi bo`lib, 
yuqorida aytilgan ustki va o`rta burun chig’anoqlaridan pastda burun bo`shlig’ida 
uning yon devorida osilib tushib turadi. 

Download 198.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling