7 mavzu: Alohida faoliyat turlari motivatsiyalari


Qo‘shilish, kirishimlilik


Download 39.15 Kb.
bet10/11
Sana15.06.2023
Hajmi39.15 Kb.
#1479482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7 - MA'RUZA

Qo‘shilish, kirishimlilik – shaxsning shunday ehtiyojidan kelib chiqadiki, u odamlar orasida ular bilan birga bo‘lish, ajralib turish va o‘zgalar diqqati markazida bo‘lishni bildiradi. Bu mohiyatan insonning o‘ziga o‘hshash insonlar bilan hamkorlikka qilishga bo‘lgan tabiiy intilishidir.
Lekin bu istak osonlikcha ro‘y bermaydi. Zero, qo‘shilishga bo‘lgan motivatsiya muammosi shaxsning o‘z qadr – qimmati va sha’nining himoya qilish bilan oqlanadi. Bola taraqqiyotida ham kim bilandir birga bo‘lishga intiqlik uning interpersonal muammolaridan biridir. Keyinchalik katta bo‘lgan sari ushbu masala echimi shaxsning quyidagi xatti-harakat modellarini keltirib chiqaradi:

  • subsotsial - anglanmagan ustanovka bo‘lib, u inson ongida quyidagi fikrni bildiradi: “Men o‘zgalar nazaridan chetda qolib ketishim mumkin. Shu bois men ulardan ayro bo‘lishim kerak”. Shunday fikrlar bilan odam o‘zini o‘zgalardan tortadi, unda o‘zgalar e’tiborida bo‘lishi mumkinlik fikri tobora yo‘qolib boradi. Shuning uchun u o‘zini turli tadbirlardan, turfa xil odamlar bilan muloqotda bo‘lishdan tortadi, muloqot jarayonlarini chetlashga urinaveradi (“imitatsiya” obщeniya);

  • yuqori darajadagi ijtimoiylik – anglanmagan ustanovka shu xolatda quyida mazmunda bo‘ladi: “Men o‘zimning o‘zgalar uchun unchalik ahamiyat kasb etishimni bilmasdan, nima qilib bo‘lsa-da ularning e’tiborini o‘zimga qaratishim shart.” Ya’ni, bunday inson hamisha odamlar davrasini istaydi, qidiradi va topadi, yolg‘izlikni mutloq yoqtirmaydi. Muloqotining ko‘rinishi – muomalaga kirishish, o‘ziga diqqat-e’tiborni tortish, o‘zining o‘zgalardan ustun tomonlarini ochiq namoyish qilish, niqob ostida bo‘lsa ham o‘zini hammaga ochiq va yoqimtoy qilib ko‘rsatish;

  • mo’tadil ijtimoiylik – ilk yoshlikdanoq o‘zgalar bilan qo‘shilib, kirishib ketish muammosini muvaffaqiyatli xal qila olgan inson xulqining ko‘rinishi. Asosiy xususiyati – o‘zgalar bilan birgalikda yaxshi muomalada bo‘lish, kirishib ketaverish, va shu bilan birga odamlar jamoasidan tashqarida ham o‘zini yaxshi his qilaverish.

Xulqning ijtimoiy motivlari masalaning yana bir echimi G‘arbda asos solingan eksperimental yondashuv bilan bog‘liq. O‘tgan asrning 70 - chi yillarida Ch. Makklintok o‘z hamkasblari bilan ijtimoiy xulq motivlarining 6 xilini ajratib, eksperiment sharoitida qatnashchilarning o‘zaro munosabatlarini sinovdan o‘tkazdilar:

  • umumiy manfaatning maksimallashuvi - kooperatsiya, hamkorlik;

  • shaxsiy manfaatning maksimallashuvi - individuallik;

  • vaqtinchalik yutuqlarga nisbatan munosabatning oshirilishi - raqobat;

  • o‘zgalar yutug‘i yoki manfaatining yuqori qo‘yilishi - altruizm;

  • o‘zgalar yutug‘ining minimallashtirilishi - agressiya;

  • yutuqlardagi tafovutlarning kamaytirilishi - tenglik.

Ko‘rib turganimizdek, har bir motivning mohiyati o‘ziga xos mazmunga ega. Ular har bir sharoitda o‘ziga tarzda namoyon bo‘lsa-da, ularning amaliyotda mavjudligi aniq va har birimizning ijtimoiy xulqimiz qanday namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi.
Har bir motivning ishlab chiqarish sharoitlarida xodimlar xulqida qanday aks etishini o‘rganish fan uchun ham, amaliyot uchun ham katta ahamiyatga ega.
Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Ya’ni, maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo’ladi va aynan ularning tabiati va zaruratiga bog’liq tarzda xulq motivlari namoyon bo’ladi.

Download 39.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling