7 mavzu: Alohida faoliyat turlari motivatsiyalari


Download 39.15 Kb.
bet1/11
Sana15.06.2023
Hajmi39.15 Kb.
#1479482
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7 - MA'RUZA


7 - MAVZU: Alohida faoliyat turlari motivatsiyalari
Shaxs va faoliyat strukturasida motivatsiya.
Faoliyat turlari va ularni inson tomonidan o‘zlashtirilishi.
Predmetli faoliyat, muloqot, bilish, o‘yin, tadqiqotchilik va mehnat faoliyati motivatsiyalari.
Xulq-atvor va faoliyat motivatsiyasi.
Erishganlik, affiliatsiya, hukmronlik motivlari. Erishganlik motivi tushunchasi. Erishganlik va bezovtalanish motivlari aloqalari. Affiliatsiya motivi. Hukmronlik motivini tadqiq etishga nazariy yondashuv. Hukmronlik motivini shakllanish bosqichlari tahlili. Ko‘maklashish motivi.


Faoliyat - odamga xos bo‘lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni o‘zgartirishga qaratilgan faollik.
Interiorizatsiya - tashqi real ishdan ichki ideal ishga o‘tish jarayoni.
Eksteriorizatsiya – oldin ichida o‘ylab, so‘ngra bevosita tashqi munosabatga o‘tish jarayoni.
Harakat – maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Ehtiyoj – tirik organizmlar faolligining boshlang‘ich shakli.
Maqsad – inson faoliyati so‘nggi natijasining obrazi sifatida namoyon bo‘lib, ehtiyojlarni amalga oshirilishi.
Motiv – harakatning nima sababdan amalga oshirilishi.


Shaxs va faoliyat strukturasida motivatsiya.
Shaxsning tuzilishi to’g’risidagi muammo o’zining tadqiqot doirasi predmetidan tashqariga chiqadi. Shaxs tuzilishiga oid ilmiy tasavvurlarning yaratilishi, ishlab chiqilishi yaxlit nazariyaning zaruriy sharti hisoblanib, insonning ijtimoiy mohiyati qirralarini ochish imkoniga egadir. Xuddi shu boisdan psixologiya hamda uni talqin qilish yuzasidan falsafa, pedagogika, tibbiyot singari fanlarning namoyondalari tomonidan turlicha fikrlar bildirilayotganligi keltirib chiqarilayot-ganligi bunga yaqqol misoldir.
Psixologiya fanida shaxsga strukturaviy yondashish bo’yicha eng salmoqli ilmiy izlanishlar amalga oshirilganligi qonuniy holat bo’lib, shaxs tuzilishning xilma-xil modeli yaratilganligi fikrimizning yorqin dalilidir. B.G.Anan'evning fikricha, psixologik hodisalarni aql (intellekt), hissiyot (emosiya) va irodaga ajratish jarayonini inson psixologiyasida strukturaviy yondashish tajribasining dastlabki ko’rinishi bo’lib, uning qaqchilligi ko’pgina psixologlar tomonidan tan olingan. L.S.Vigotskiyning mulohazasiga ko’ra, insonning psixik funksiyalarini yuksak, madaniy hamda quyi, tabiiy turlarga ajratish mumkin. Chunki ularning negizida ta'lim bilan insonning oliy nerv faoliyatida birinchi va ikkinchi signallar tizimi o’zaro ta'sirining ifodalanishi yotadi.
Shaxs tuzilishining modelini ishlab chiqishdagi muhim qiyinchilikni eng asosiy sababi har xil nuqtai nazarlar mavjudligida namoyon bo’ladi. Ular shaxsning tuzilishiga ko’ra substansional va ideal, irsiy va psixologik tomonlarga ega bo’lib, u V.M.Banshikov tadqiqotlarida asoslaniladi.
Mulohazadan ko’rinib turibdiki, bunda shaxsning "substansional tomonini" irsiy, kundalik faoliyatda egallagan somatik jabhalar bilan taqqoslaganda, mustaqil strukturaviy tarkib sifatida, alohida reallikka ega emas. Bunday tahlil individual voqelik ustida gap borayotganini bildiradi. A.G.Kovalevning fikricha, temperament tabiiy xususiyatlarning muhimligini bildirib keladi.

Download 39.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling