7-mavzu. Atrof-muhtni muhofaza qilishning huquqiy asoslari


Tabiat muhofazasiga oid qonunchilik va uni buzganlik uchun


Download 69.5 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi69.5 Kb.
#1520520
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-mavzu

Tabiat muhofazasiga oid qonunchilik va uni buzganlik uchun
qo’llaniladigan choralar. Ekologiya qonun hujjatlariga rioya qilmaganlik, ekologik talablarni buzganlik uchun intizomiy, ma’muriy, jinoiy javobgarliklar yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan muhim o’rin egallaydi.
Yuridik javobgarlik deganda, huquq normalarini buzganligi uchun jazo choralarini qo’llash oqibatida huquqbuzarga salbiy oqibatlar tug’dirish va davlat tomonidan huquq talablarni bajarishga majbur etish tushuniladi.
Ekologiyaga doir qonunchilikni buzganligi uchun yuridik javobgarlik o’zining asosiy maqsadi va tamoyillari bilan boshqa qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikdan farq qilmaydi, ammo ma’lum bir o’ziga xos xususiyatlarga ham ega. Ushbu xususiyatlar o’simlik va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararni taksa uslubi asosida undirish va ekologik qonun hujjatlarini buzganligi uchun mahsus jazo choralari, ya’ni tabiiy resurslardan foydalanish huquqini cheklash, to’xtatib turish va undan mahrum qilish choralarini qo’llashdan iboratdir.
Ekologik qonunchilikni buzganligi uchun javobgarlik quyidagi maqsadlarga ega: tabiiy obektlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qoidalarni buzgan shaxslarga nisbatan jazo choralari qo’llash; atrof tabiiy muhitga va inson salomatligiga yetkazilgan zararni qoplash; yangi ekologik huquqbuzarlikni sodir etilishidan ogohlantirish.
Ekologik huquqbuzarlik deganda tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish to’g’risida qonun hujjatlarini buzuvchi aybli, noqonuniy harakat sodir etilganda atrof tabiiy muhitga hamda u orqali inson salomatligiga zarar yetkaziladi yoki zarar yetkazish havfi tug’iladi.
Ekologik huquqbuzarlik o’zining havflilik darajasiga qarab jinoiy, ma’muriy, fuqarolik (mulkiy) huquqbuzarlik hamda intizomiy xatti-harakat tarzida bo’lishi mumkin.
Ekologik javobgarlik – tabiiy muhitga keltiriladigan zararning oldini olish va ularni qoplash yuzasidan kelib chiqadigan huquqiy me’yorlar va ularga monand keluvchi huquqiy munosabatlarning iqtisodiy – huquqiy kompleksidir.
Ekologik xilof harakatlar – kishilarning o’z iqtisodiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish natijasida kelib chiqadigan, atrof- tabiiy muhit muhofazasiga zid bo’lgan harakatlaridir.

Download 69.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling