7-mavzu. Atrof-muhtni muhofaza qilishning huquqiy asoslari


Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunning mazmun va mohiyati hamda amalda qo’llanilishi


Download 69.5 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi69.5 Kb.
#1520520
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-mavzu

Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunning mazmun va mohiyati hamda amalda qo’llanilishi. O’zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi” qonun 9-dekabr 1992–yili Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan bo’lib, u tabiiy muhit sharoitlarini saqlashning, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilabberadi.
Qonunning maqsadi inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlar uyg’un muvozanatda rivojlanishni, Ekologiya tizimlari, tabiat komplekslari va ayrim ob’ektlarni muhofaza qilishni ta’minlashdan, fuqarolarning qulay atrof–muhitga ega bo’lish huquqini kafolatlashdan iboratdir.
Ushbu qonun tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlar, shuningdek O’zbekiston Respublikasining yer, suv, o’rmon, yer osti boyliklari, atmosfera havosi, o’simlik va hayvonot dunyosini ulardan foydalanish to’g’risidagi qonunlar bilan uyg’unlikda tartibga soladi.
Er, yer osti boyliklari, suv, o’simliklar va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi ifloslanishdan, buzilishdan, zararlanishdan, oriqlab ketishdan, vayron bo’lishdan, yo’q bo’lib ketishdan, oqilona foydalanmaslikdan qonun muhofaza etadi.
Qonunga asosan alohida muhofaza etiladigan hududlar (qo’riqxonalar, milliy, tarixiy–tabiiy va yodgorlik bog’lari, buyurtmalar, tabiat yodgorliklari, botanika va zoologiya bog’lari, dendrariya bog’lari, kurort va rekreatsion joylar va h.k.) xalqaro shartnomalar bilan belgilab qo’yiladigan tartibda alohida muhofaza etilmog’i kerak.
Qonunning asosiy vazifasi: inson salomatligi uchun, ekologik muvozanatni saqlash uchun respublikamizda barqaror ijtimoiy–iqtisodiy va ekologik shart–sharoitlarni yaratishdir. SHuningdek jonli tabiatning turlari va genetik fondi boyligini saqlab qolish, noyob bioxilma-xillikni va madaniy merosni asrab qolishdir.
Agar ushbu qonun bilan yaqindan va chuqurroq tanishib chiqadigan bo’lsak, unda tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga qanday erishish mumkinligi; tabiiy resurslarga nisbatan mulkchilik huquqi; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning tabiatni muhofaza qilishga ta’lluqli huquqiy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari; atrof- tabiiy muhitni muhofaza qilishning davlat boshqaruvi; O’zbekiston Respublikasi aholisining (yuridik va jismoniy shaxslar) tabiatni muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari; atrof- tabiiy muhit sifatining normativlari va standartlari, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash tartiblari; tabiiy resurslardan foydalanish shartlari; davlat ekologik ekspertizasi; ekologik nazorat; tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy chora–tadbirlari; tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun to’lovlar; tabiatni muhofaza qilish jamg’armalari; Ekologiya sug’urtasi, tabiatni muhofaza qilish tizimidagi rag’batlantirish; favqulodda ekologik vaziyatlar va ularning oldini olish tartiblari keltirilganligini ko’ramiz.
O’zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonunning 4–moddasida keltirilgan ekologik printsiplardan biri “Tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, mintaqalararo va xalqaro manfaatlarni uyg’unlashtirish”dir, chunki tabiatda sodir bo’ladigan jarayonlar va halokatlar, jamiyatdan farqli o’laroq, na ma’muriy, na tabiiy chegarani biladi. Bunga yaqqol misol qilib global yoki mintaqaviy ekologik muammolarni keltirish mumkin.
Insonlarning ekologik havfsiz muhiti va davlatlarning bir me’yorda rivojlanishni ta’minlovchi xalqaro huquq prinsiplari (qoidalari), normalari va munosabatlari yig’indisi – atrof- tabiiy muhitni xalqaro huquqiy muhofaza qilish deb aytiladi.
Tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish qonunlari.

17-modda. Tuproqdan foydalanish shartlari


[
Download 69.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling