7 mavzu. Axborot tizimlari. Boshqarishning axborot tizimi. Reja
Download 55 Kb.
|
7 Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Axborot tizimi, turlari axborot muhiti
- Boshqarishning axborot tizimi
- Axborot tizimini tizimli loyihalash. Loyihalash va tizim
- Tizimli tahlilda axborot texnologiyalarning roli
7 mavzu. Axborot tizimlari. Boshqarishning axborot tizimi. Reja Axborot tizimi, turlari axborot muhiti. Boshqarishning axborot tizim. Axborot tizimini tizimli loyihalash. Loyihalash va tizim. Ma’lumotlar bazasi (MB) va MB sini boshqarish tizimlarining texnologiyasi. Tizimli tahlilda axborot texnologiyalarning roli. Tayanch iboralar: axborot muhiti(information environment), axborot tizimi(information system), axborot turlari(types of information), boshqarishning axborot tizim(management information system), tizimli loyihalash(system design), loyihalash va tizim(design and system), ma’lumotlar bazasi (MB)(database), MB sini boshqarish(DB management), tizimlarining texnologiyasi(systems technology), axborot texnologiyalarning roli(the role of information technology). Axborot tizimi, turlari axborot muhiti Axborot muhiti – oʻzaro harakat qiluvchi axborot tizimlaridan, shu jumladan, bu tizimlarda faollashtiriladigan axborotdan ham, iborat muhit (ya’ni tizim va uning atrofi). Axborot tizimida uning elementlari, maqsadi, resurslari, tasnifi (tashkil etilganligi), asosan, axborot darajasida (tabiiy hol, koʻrib chiqishning boshqa darajalari boʻlsa ham, masalan, energetik daraja) koʻriladi. Har qanday axborot tizimi ichki tizimlarning quyidagi asosiy turlariga ega: axborot (ma’lumotlar) ta’minoti ichki tizimi; intellektual ta’minot (axborot, bilimlar) ichki tizimi; texnik (apparatura) ta’minot ichki tizimi; texnologik (texnologiya) ta’minot ichki tizimi; kommunikativ (interfeys) ta’minot tichki tizimi; tahlil va loyihalash ichki tizimi; adekvat (oʻxshash)ligi va sifati, verifikatsiyani baholash ichki tizimi; tashkiliy oʻzaro harakat va personalni boshqarish ichki tizimi; logistika (rejalashtirish, tovarlar va xizmatlarning harakati) ichki tizimi. Boshqarishning axborot tizimi Boshqarishning axborot tizimi – boshqarish uchun, (boshqa tizim bilan ham, tizim ichida ham) moʻljallangan tizim. Tizimning turi maqsadi, resurslari, foydalanish xarakterlari va predmet sohasi bilan aniqlanadi. Boshqarishning axborot tizimlarining 6 xil turi bor: Soʻrovlarni qayta ishlashning muloqot tizimi (Transaction Processing System) Axborot ta’minoti tizimi (Information Provision System) Qaror qabul qilishni quvvatlash tizimi (Decision Support System) Qaror qabul qilishning integrirlashgan dasturlanuvchi tizimi (Programmed Decision System) Ekspert tizimlar (Expert System) Intellektual tizimlar yoki bilimlarga asoslangan tizimlar (Knowledge Based System) Tizimli loyihalash (ishlab chiqish) va axborot tizimidan foydalanish axborot tizimining quyidagi hayot siklini oʻtishi kerak: loyihadan oldingi tahlil, tizim tashqi koʻrinishlarining tahlili; tizim ichidagi tahlil, ichki tahlil; tizimni tizimli bayon etish; adekvatlik, samaradorlik va barqarorlik (ishonchliligini) mezonini aniqlash; tizim ichki tizimlarinining funksional bayoni (modellarni, ichki tizim ishlashining algoritmlari bayon etish); tizimni maketlash, tizim ichki tizimlari oʻzaro harakatlarining bahosi, bunda adekvatlik, barqarorlik, samaradorlik mezonlari “maket”larini foydalanish mumkin; tizimni “yigʻish" va testlash – toʻla funksional ichki tizimlarni va mezonlarni amalga oshirish, shakllangan mezon boʻyicha modelni baholash; tizim va uning ilovalarining keyingi rivojlantirish maqsadlarini aniqlash; tizimga hamkorlik qilish - aniqlash, modifikasiya, tizim imkoniyatlarini uning ishlash rejimida kengaytirish. Axborot tizimlarini ishlab chiqishning bosh shiori: “Axborot tizimlarini ishlab chiqish axborot tizimini qoʻllash uchun emas, balki samarali boshqarishni, ishlashni, rejalashtirishni va prognozlashni, tizim axborot bilan ta’minlaydigan tizim evolyusiyasini qoʻllashni ta’minlash uchun amalga oshiriladi”. Bir qator tasdiqlarni axborot tizimlarini boshqarishning aksiomalari koʻrinishida keltiramiz: Aksioma 1. Iyerarxik tizimning ixtiyoriy ichki tizimida axborot miqdori nolinchi darajadagi ichki tizimdan chiquvchi va bu ichki tizimga erishuvchi signallarning miqdori va bu signallarning entropiyasi bilan aniqlanadi. Aksioma 2. Boshqaruvchi ichki tizimning ixtiyoriy elementi entropiyasi yangi maqsad holatiga oʻtishda boshlangʻich axborot oqimi va bu elementning entropiyasi bilan aniqlanadi. Aksioma 3. Butun boshqaruvchi ichki tizimning entropiyasi yangi maqsad holatiga oʻtishda uning hamma elementlarining entropiyasi bilan aniqlanadi. Aksioma 4. Boshqarish obyektiga yoʻnaltirilgan toʻla axborot oqimi uning yangi maqsad holatiga oʻtish davrida, butun boshqaruvchi tizimning yangi maqsad holatiga oʻtish davridagi entropiyasi bilan boshqarish obyektining yangi holatga oʻtishga sarflaydigan energiyasining farqiga teng boʻladi. Aksioma 5. Boshqaruvchi ichki tizimning resurlarni oʻzgartirish boʻyicha axborotli ishi ikki qismdan iborat – boshlangʻich entropiyaning oʻrnini toʻldirishga sarflangan boshqaruvchi ichki tizimning boshqaruvchi obyektga qaratilgan, ya’ni tizimni barqaror holatda saqlashga qaratilgan ishi. Aksioma 6. Boshqaruvchi tizimning foydali ishi qandaydir vaqt oraligʻida, boshqariluvchi tizimga ta’sir etuvchi toʻla axborot oqimiga mos tushishi kerak (4-aksiomaga mos tarzda). Axborot tizimini tizimli loyihalash. Loyihalash va tizim Yangi informatsion texnologiyalar – bu yangi infologik va kompyuter vositalariga tayangan holda axborotni, bilimlarni olishning, saqlashning, faollashtirishning informatsion texnologiyasidir. Yuqori texnologiyalar – bu yechiladigan masalalar sifat tarkibining, xarakterining, yechish usullarining oʻzgarish texnologiyasidir, ish bajarish emas, evolyutsiya texnologiyasidir. Hisoblashning odatdagi (“eski”) texnologiyasi masalani mumkin boʻlgan vaqtda va qiymatda yechimini topishni asosiy maqsad qilib qoʻyadi. Matematik kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning yangi texnologiyasi yechimni tez, aniq va kam sarfli qilib topish maqsadini qoʻyadi. Taqsimotli, kvantli hisoblashlarning yuqori texnologiyasi odatdagi texnologiyalar bilan yechilmaydigan (qiyin yechiladigan) masalalarning yechimlarini topishni maqsad qilib qoʻyadi. Yangi informatsion texnologiyalar qoʻyidagi bazaviy turlarida boʻladi: kognitiv texnologiyalar koʻproq bilimlarni olish, saqlash va faollashtirishga, intellektual yechimlar qabul qilishga qaratilgan boʻladi; instrumental texnologiyalar koʻproq boshqa texnologiyalarni qurish va ularga xizmat koʻrsatish uchun xizmat qiluvchi muhitdan asbob sifatida foydalanishga qaratilgan boʻladi; amaliy texnologiyalar koʻproq qandaydir muammoli soha (yoki sohalar)ning masalalarini yechishga qaratilgan boʻladi; kommunikativ texnologiyalar koʻproq aloqa, kommunikasiya, muloqot muammolarini yechishga qaratilgan boʻladi. Ma’lumotlar bazasi (MB) va MB sini boshqarish tizimlarining texnologiyasi MB – mashina tashuvchilarida ifodalangan va umumiy hamda qulay tasnifga, foydalanuvchilarning har xil dasturlar bilan ma’lumotlardan oydalanishini ta’minlaydigan yagona tashkiliy-uslubiy, dasturiy-texnik va til vositalariga ega boʻlgan, qandaydir bir predmet sohasining tasniflashtirilgan ma’lumotlarining yetarli darajadagi katta toʻplami. Ma’lumotlarni ifodalashning usuliga va texnologiyasiga bogʻliq ravishda ma’lumotlar bazasining iyerarxik, tarmoqli yoki relyatsion, jadvalli yoki sahifali turlari boʻladi. MB sini yoʻqotish texnologiyasi ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida muloqot rejimida foydalanuvchilarning yagona kompyuterda yoki xost- kompyuterda toʻplangan axborot resurslaridan jamoa boʻlib foydalanishiga tayanadi. MB sining asosiy xususiyatlari: foydalanuvchiga faqat axborot xizmatlarini koʻrsatish; axborotning toʻliqligi; axborot yangilanishining, takomillashtirilishining va oʻrnini oʻzgartirilishining yuqori tezligi; rivojlantirilgan dasturiy ta’minoti. MBBT (DBMS - Data Base Management System) – foydalanuvchi dasturi va MB dagi ma’lumotlar bilan muloqotni (interfeysni) ta’minlovchi dasturiy tizim. Bu muloqot ma’lumotlar va ma’lumotlar tasnifini mantiqiy ifodalashning maxsus noprosedur tilida amalga oshiriladi. Ma’lumotlarning oʻzi ham ma’lumotlarni ifodalashning maxsus tilida bayon etiladi, bunda foydalanuvchining dasturlari dasturlash tilida yozilishi mumkin. MBBT ma’lumotlar bazasiga soʻrovni (izlashni, saralashni va h.k.ni) foydalanuvchi uchun tushunarli va tabiiy tilga yaqin, ammo bir vaqtda rasmiy, EHM da amalga oshirilgan tilda bayon etishga imkon beradigan vositalarga ega boʻlishi kerak. MBBT larining asosiy vazifalari: tashqi xotirada ma’lumotlarni boshqarish - ma’lumotlarni saqlash va ular bilan ishlash uchun tashqi xotiraning zaruriy tasnifini ta’minlash; xotiraning bufer sohalarini boshqarish – tezkor xotira sohasi (buferi)da MB sining kerakli qisminining nusxalanishini ta’minlash, shuningdek buferlar bilan ishlashda ma’lum qoidalardan foydalanish; tranzaksiyalarni boshqarish, ya’ni MBBT larni bitta makrooperasiya deb qarovchi MB ustidagi operasiyalar ketma- ketligini boshqarish; apparatura yoki dastur ishlamay qolganida ma’lumotlarni saqlab qolish uchun ularning MB da saqlash ishonchliligini ma’lumotlarning ortiqchaligi orqali quvvatlash; MB si tillarini quvvatlash. Tizimli tahlilda axborot texnologiyalarning roli Bilimlar bazasi (BB) –har xil sohalarga tegishli bilimlarni, ulardan foydalanishni, ularni saqlashni, kengaytirishni, yangi bilimlarni olish va hosil qilishni va h.k. ishlarni bajara oladigan qilib, EHM yordamida jamlash, tasniflash va saqlash. Ekspert tizimlar (ET) – yuqori darajadagi malakali ekspertlarning tajribalarini, bilimlarini, malaka, koʻnikmalarini jamlash, tasniflash va saqlash, shu sohaning har xil muammolari boʻyicha ekspert muhokamalar olish uchun EHM yordamida faollashtirish. Elektron pochta – uzatuvchining kompyuteri yordamida xabarlarni uzatish va ularni qabul qiluvchi kompyuteri yordamida olish. Avtomatlashtirilgan tizim (AT) – xodimning ish oʻrnida har kuni, koʻp hollarda mashaqqatli boʻlgan, malakali qilib bajaradigan ishlarini bajaruvchi inson-mashina tizimi. Avtomatlashtirilgan ish oʻrni (AIOʻ) –mutaxassisning bevosita ish oʻrnida oʻrnatilgan va malakaviy faoliyatini avtomatlashtirish uchun moʻljallangan predmet-yoʻnaltirilgan instrumental AT. Har qanday AIOʻ larini yaratish tamoyillari: tizimlilik; egiluvchanlik; barqarorlik; samaradorlik; bajariladigan ishlarning toʻliqligi; interfaollik; funksionallik; elektron pochta va foydalanuvchidan uzoqdagi axborotdan telekommunikatsion foydalanish texnologiyasi; ofisdagi jamoa ishining kompyuterlashtirilgan ofis texnologiyasi; mashina grafikasi va vizualizasiya texnologiyasi – har xil grafik obyektlarni chizish tizimiga asoslanuvchi texnologiya; gipermatnli texnologiya; multimedia (multimedia) va gipermedia (hypermedia) vosita va tizimlari. Media - “axborot vositasi va tashuvchisi» virtualnoy borliq texnologiyasi; kognitiv texnologiyalar; axborot reinjiniringi texnologiyasi; Obyektga-yoʻnaltirilgan texnologiyalar; Muhitga-yoʻnaltirilgan texnologiyalar; CORBA texnologiyasi; CASE-texnologiyalar (Computer-Aided System Yengineering); kompyuter algebrasi, simvolli oʻzgartirishlar sistemasining texnologiyalari va tizimlari. Tizimli tahlil uchun eng muhim yangi axborot texnologiyalarining toʻliq boʻlmagan (toʻligʻini keltirish mumkin emas) sharhi berildi. Bu texnologiyalarning borgan sari yangi turlari va ilovalari paydo boʻlmoqda, ular esa globballashuvning, qarorlar qabul qilishning an’anaviy mezonlarini va jahon biznesining imkoniyatlarini (qiymat hosil qilish, xarajatlar, joylashuv oʻrni va h.k.) oʻzgartiruvchi asosiy faktoriga (sababi) aylanib bormoqda. Download 55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling