7-mavzu Boltli va parchin mixli birikmalar Boltlar haqida ma’lumotlar


Download 373.56 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.04.2023
Hajmi373.56 Kb.
#1375131
Bog'liq
7 практика



7-mavzu
Boltli va parchin mixli birikmalar 
Boltlar haqida ma’lumotlar. Qurilish konstruksiyalarini 
yig‘ishda- 
ajraluvchi birikmalar hosil qilishda boltlar qo‘llaniladi. Boltli 
birikmalar yetarli mustahkamlikka ega, ularni zarur paytda ajratish va yig‘ish 
mumkin. Har xil sharoitda ishlaydigan birikmalar uchun turli o‘lchamli boltlar 
tayyorlash murakkab emas, eng muhimi boltlarni zarur paytda almashtirish 
imkoniyati mavjud.
9.5-rasm.Bolt turlari 


9.6-rasm. Boltli birikma va uning ishlashi 
Boltlarning o‘lchamlari standartlashtirilgan, ular qirqilish, cho‘zilish va 
ezilish deformatsiyasiga qarshilik ko‘rsatadi. Konstruksiyalarda o‘rnatiladigan 
boltlar tortib mahkamlanadi va cho‘zilish ostida ishlaydi. Metall 
konstruksiyalardagi boltlar oddiy va yuqori mustahkam bo‘lishi mumkin: 
tayyorlanishiga ko‘ra, past, normal va yuqori aniqlikda ishlab chiqariladi. 
Past aniqlikdagi boltlar gaykasi bilan uglerodli po‘latdan tayyorlanadi. 
O‘rnatish teshigi 2-3 mm katta qilib paramalash orqali hosil qilinadi. Teshik va 
bolt diametri orasida yetarlicha tirqish borligi boltni o‘rnatishni osonlashtiradi. 
Asosiy kamchilik shundan iboratki, bunday birikmalarda deformatsiya siljituvchi 
kuchlarga beriluvchan bo‘ladi, shuning uchun bunday birikmalar yig‘ish ishlarida 
(montaj) ko‘proq qo‘llaniladi. 
Normal va yuqori aniqlikdagi boltlar va ularga o‘ranatiladigan gaykalar 
uglerodli yoki legirlangan po‘latlardan tayyorlanadi. Bunday boltlar o‘rnatiladigan 
teshiklarning diametri bilan bolt diametri orasidagi farq +0,3 mm dan oshmaydi va 
bolt zich o‘rnashadi. Birikma kam deformatsiyalanadi va siljishga yaxshi qarshilik 
ko‘rsatadi. 
Konstruksiyalarni biriktirishda qo‘llaniladigan boltlar diametri 10, 12, 14, 
16, 18, 20, 22, 24, 27, 30, 36, 42, 48 mm, uzunligi 40-200 mm ni tashkil etadi. 
Yuqori mustahkam boltlar uglerodli 35 po‘latdan yoki legirlangan 
40x40XFA, 30X va 38XS markali po‘latlardan tayyorlanadi va ularga issiqlik 
bilan ishlov beriladi. Yuqori mustahkam boltlar normal aniqlikdagi boltlar 
toifasiga kiradi, ular diametri kattaroq teshikka erkin o‘rnatiladi va katta kuch 
bilan gayka orqali tortiladi. Yuqori mustahkam bolt ishlatilgan birikmalar xar xil 
zo‘riqishlarga yaxshi bardosh beradi va ishonchli ishlaydi. 


Parchin mixli birikmalar haqida tushuncha. Qurilish konstruksiyalarini 
yig‘ishda parchinlash ishlari murakkab (parchin mixni 800°S gacha qizdirish 
kerakligi), ko‘p mehnat va material sarfini talab etgani sababli, bunday 
konstruksiyaviy yechim kam qo‘llaniladi. Ularni qo‘llanishi juda ham kam bo‘lib, 
asosan dinamik va vibratsiya ta’siridagi og‘ir konstruksiyalarda hamda 
payvandlanishi qiyin bo‘lgan, ba’zi bir termik ishloq berilgan po‘latlar va 
alyuminiy qotishmalarda ishlatish tavsiya etiladi. 
Parchinlarning mixli birikmalar ko‘proq alyuminiy qotishmali elementlarda 
ishlatiladi. Bunga asosiy sabab, alyuminiy qotishmasi nisbatan yumshoq bo‘lib, 
sovuq holda parchinlashni amalga oshirish mumkin va teshiklarning zichlanishi 
ishonchli bo‘ladi. 
Po‘lat konstruksiyalarda St2 navli uglerodli po‘latdan tayyorlangan parchin 
mixlardan foydalaniladi, bunday po‘lat uchun nisbiy uzayish 26% ga, oquvchanlik 
chegarasi σ
u
=220 MPa ga teng. Parchinlashda nisbiy cho‘zilish 18%, oquvchanlik 
chegarasi σ
u
=300 MPa bo‘lgan kam legirlangan 09G2 markali po‘latdan 
tayyorlangan parchin mixlar ham qo‘llaniladi. 
Qurilish konstruksiyalarida ishlatiladigan parchin mixlarning diametri 
12,14,18,20,22,24,27 va 30 mm bo‘ladi. Parchin o‘rnatiladigan teshik bosim ostida 
yoki parmalash usulida parchin diametridan 1-1,5 mm kattaroq qilib ochiladi 
(9.7-rasm). 
Parchinlar tuzilishi xar xil bo‘ladi, 
9.8-rasmda ko‘rsatilgan parchin mixli 
birikmalar eng ko‘p tarqalgan: 9.8-a kallagi 
yarim doirali, 9.8.v-yarim yashirin kallakli va 
9.8.g- kuchaytirilgan kallakli parchinlar va 
ularni o‘rnatish ko‘rsatilgan. 
Yashirin va yarim yashirin o‘rnatilgan 
parchinlarni cho‘zilishga ishlovchi birikmalarda 
ishlatmaslik tavsiya etiladi. Birikmalarni 
loyihalashda diametrlari bir xil bo‘lgan parchin 
mixlar qabul qilish tavsiya etiladi. 
Mavzu 
bo‘yicha «tayanch» 
so‘z va iboralar: 
sortament, 
burchaklik, po‘lat 
list, shveller, 
qo‘shtavr, egma 
profillar, payvand 
9.7-расм. Парчинли бирикма 
Расм 9.8. Парчин михли бирикмалар ҳосил қилиш 

Document Outline


Download 373.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling