7-mavzu Boltli va parchin mixli birikmalar Boltlar haqida ma’lumotlar
Download 373.56 Kb. Pdf ko'rish
|
7 практика
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parchin mixli birikmalar haqida tushuncha
- Mavzu bo‘yicha «tayanch» so‘z va iboralar
7-mavzu Boltli va parchin mixli birikmalar Boltlar haqida ma’lumotlar. Qurilish konstruksiyalarini yig‘ishda- ajraluvchi birikmalar hosil qilishda boltlar qo‘llaniladi. Boltli birikmalar yetarli mustahkamlikka ega, ularni zarur paytda ajratish va yig‘ish mumkin. Har xil sharoitda ishlaydigan birikmalar uchun turli o‘lchamli boltlar tayyorlash murakkab emas, eng muhimi boltlarni zarur paytda almashtirish imkoniyati mavjud. 9.5-rasm.Bolt turlari 9.6-rasm. Boltli birikma va uning ishlashi Boltlarning o‘lchamlari standartlashtirilgan, ular qirqilish, cho‘zilish va ezilish deformatsiyasiga qarshilik ko‘rsatadi. Konstruksiyalarda o‘rnatiladigan boltlar tortib mahkamlanadi va cho‘zilish ostida ishlaydi. Metall konstruksiyalardagi boltlar oddiy va yuqori mustahkam bo‘lishi mumkin: tayyorlanishiga ko‘ra, past, normal va yuqori aniqlikda ishlab chiqariladi. Past aniqlikdagi boltlar gaykasi bilan uglerodli po‘latdan tayyorlanadi. O‘rnatish teshigi 2-3 mm katta qilib paramalash orqali hosil qilinadi. Teshik va bolt diametri orasida yetarlicha tirqish borligi boltni o‘rnatishni osonlashtiradi. Asosiy kamchilik shundan iboratki, bunday birikmalarda deformatsiya siljituvchi kuchlarga beriluvchan bo‘ladi, shuning uchun bunday birikmalar yig‘ish ishlarida (montaj) ko‘proq qo‘llaniladi. Normal va yuqori aniqlikdagi boltlar va ularga o‘ranatiladigan gaykalar uglerodli yoki legirlangan po‘latlardan tayyorlanadi. Bunday boltlar o‘rnatiladigan teshiklarning diametri bilan bolt diametri orasidagi farq +0,3 mm dan oshmaydi va bolt zich o‘rnashadi. Birikma kam deformatsiyalanadi va siljishga yaxshi qarshilik ko‘rsatadi. Konstruksiyalarni biriktirishda qo‘llaniladigan boltlar diametri 10, 12, 14, 16, 18, 20, 22, 24, 27, 30, 36, 42, 48 mm, uzunligi 40-200 mm ni tashkil etadi. Yuqori mustahkam boltlar uglerodli 35 po‘latdan yoki legirlangan 40x40XFA, 30X va 38XS markali po‘latlardan tayyorlanadi va ularga issiqlik bilan ishlov beriladi. Yuqori mustahkam boltlar normal aniqlikdagi boltlar toifasiga kiradi, ular diametri kattaroq teshikka erkin o‘rnatiladi va katta kuch bilan gayka orqali tortiladi. Yuqori mustahkam bolt ishlatilgan birikmalar xar xil zo‘riqishlarga yaxshi bardosh beradi va ishonchli ishlaydi. Parchin mixli birikmalar haqida tushuncha. Qurilish konstruksiyalarini yig‘ishda parchinlash ishlari murakkab (parchin mixni 800°S gacha qizdirish kerakligi), ko‘p mehnat va material sarfini talab etgani sababli, bunday konstruksiyaviy yechim kam qo‘llaniladi. Ularni qo‘llanishi juda ham kam bo‘lib, asosan dinamik va vibratsiya ta’siridagi og‘ir konstruksiyalarda hamda payvandlanishi qiyin bo‘lgan, ba’zi bir termik ishloq berilgan po‘latlar va alyuminiy qotishmalarda ishlatish tavsiya etiladi. Parchinlarning mixli birikmalar ko‘proq alyuminiy qotishmali elementlarda ishlatiladi. Bunga asosiy sabab, alyuminiy qotishmasi nisbatan yumshoq bo‘lib, sovuq holda parchinlashni amalga oshirish mumkin va teshiklarning zichlanishi ishonchli bo‘ladi. Po‘lat konstruksiyalarda St2 navli uglerodli po‘latdan tayyorlangan parchin mixlardan foydalaniladi, bunday po‘lat uchun nisbiy uzayish 26% ga, oquvchanlik chegarasi σ u =220 MPa ga teng. Parchinlashda nisbiy cho‘zilish 18%, oquvchanlik chegarasi σ u =300 MPa bo‘lgan kam legirlangan 09G2 markali po‘latdan tayyorlangan parchin mixlar ham qo‘llaniladi. Qurilish konstruksiyalarida ishlatiladigan parchin mixlarning diametri 12,14,18,20,22,24,27 va 30 mm bo‘ladi. Parchin o‘rnatiladigan teshik bosim ostida yoki parmalash usulida parchin diametridan 1-1,5 mm kattaroq qilib ochiladi (9.7-rasm). Parchinlar tuzilishi xar xil bo‘ladi, 9.8-rasmda ko‘rsatilgan parchin mixli birikmalar eng ko‘p tarqalgan: 9.8-a kallagi yarim doirali, 9.8.v-yarim yashirin kallakli va 9.8.g- kuchaytirilgan kallakli parchinlar va ularni o‘rnatish ko‘rsatilgan. Yashirin va yarim yashirin o‘rnatilgan parchinlarni cho‘zilishga ishlovchi birikmalarda ishlatmaslik tavsiya etiladi. Birikmalarni loyihalashda diametrlari bir xil bo‘lgan parchin mixlar qabul qilish tavsiya etiladi. Mavzu bo‘yicha «tayanch» so‘z va iboralar: sortament, burchaklik, po‘lat list, shveller, qo‘shtavr, egma profillar, payvand 9.7-расм. Парчинли бирикма Расм 9.8. Парчин михли бирикмалар ҳосил қилиш Document Outline
Download 373.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling