7-mavzu. Boshqaruv mehnatini tashkil qilish reja: Boshqaruv mehnati ta’riflari, xususiyatlari, turlari


Download 252.49 Kb.
bet5/20
Sana08.11.2023
Hajmi252.49 Kb.
#1754529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
7-MAVZU BOSHQARUV MEHNATINI TASHKIL QILISH

Tahliliy operatsiyalar qarorlar qabul qilish uchun zaruriy axborotlarni qabul qilish va idrok etishdan iboratdir. Bunday operatsiyalarga, ularni bajarishning shakllari va usullariga ko’ra, ko’yidagilar kiradilar: har xil hujjatlar va adabiy manbalarni ko’rib chiqish va o’rganish; og’zaki suhbatlar, so’rovlar va bevosita kuzatishlarning o’tkazish, tahlil natijalarini tegishli hujjatlarda (ma’lumotnomalar, ma’ruzalar, tahliliy obzorlarda) bayon etish, mavjud holatning tashxisini qo’yish yoki aniqlash.

Konstruktiv operatsiyalar har xil turdagi qarorlarni tayyorlash va qabul qilish bilan bog’liqdir. Bu operatsiyalar qarorlarning mazmuni, xarakteri va murakkabligi, hamda ularning yakka tartibda va jamoaviy qidirishning tegishli usullariga muvofiq ajratadilar.

Ma’muriy mehnat - bu aqliy mehnatning o’ziga xos turi bo’lib, uning vazifaviy belgilanishi odamlar harakati va hulqini ularning mehnat faoliyatlari jarayonida bevosita boshqarishdan iborat bo’ladi.

Ma’muriy mehnat - bu aqliy mehnatning o’ziga xos turi bo’lib, uning vazifaviy belgilanishi odamlar harakati va hulqini ularning mehnat faoliyatlari jarayonida bevosita boshqarishdan iborat bo’ladi.

Ma’muriy mehnat jarayoni quyidagi tashkiliy–ma’muriy operatsiya- larni bajarishda vujudga keladi: xizmatli kommunikatsion (og’zaki axborotni telefonda so’zlashishlar yo’li bilan uzatish va qabul qilish, ish joylarini aylanib chiqish, xodimlar va keluvchilarni qabul qilish, korxona doirasida harakatlanishlar); yo’riqnomaviy (qarorlarni ijrochilarga og’zaki farmoyishlar, yozma bo’yruqlar, ko’rsatmalar berish yo’li bilan yetkazish; ijrochilarga vazifalarni belgilash yoki ular tomonidan tuzilgan ishning shaxsiy rejalarni tasdiqlash, vazifalar va topshiriqlarni bajarish jarayonidan og’zaki yo’l-yo’riqlar ko’rsatish, yozma yo’l-yo’riqlarni tuzish va tasdiqlash); muvofiqlashtiruvchi (bo’linmalar va xizmatlar ishini kengashlar va majlislar o’tkazish yo’li bilan o’zaro bog’lash; ishni bajarilishi reja-jadvalini ijrochilar va muddatlarni ko’rstatish bilan tuzish); nazoratli- baholovchi (buyruqlar, kengashlar qarorlari, rejalar, vazifalar, topshiriqlarni bajarilishini nazorat qilish, bo’linmalar va ijrochilarni ishini baholash, rag’batlantirish va jazolash).


Download 252.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling