7-mavzu. Boshqaruv mehnatini tashkil qilish reja: Boshqaruv mehnati ta’riflari, xususiyatlari, turlari


Download 252.49 Kb.
bet2/20
Sana08.11.2023
Hajmi252.49 Kb.
#1754529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
7-MAVZU BOSHQARUV MEHNATINI TASHKIL QILISH

Ulardan foydalanishning samaradorligi ham ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijalariga ta’sir ko’rsatadi. SHunday qilib, boshqaruv mehnati - bu ijtimoiy ishlab chiqarish mehnatining turli tumanligidir, chunki u yig’ma mahsulot ishlab chiqaruvchi va boshqaruv xodimlari faoliyatining natijasidir. U ishchilar mehnati kabi darajada zarurdir.

Boshqaruv mehnati g’oyatda turli tumandir, shu sababli ushbu mehnatning mazmunini ta’riflovchi operatsiyalar va tadbirlarni aniq tasniflash, turlarga ajratish qiyindir. Buning ustiga boshqaruv operatsiyalarning doirasi muqarrar ravishda kengaymoqdalar, operatsiyalarning o’zlari esa bir tomondan boshqaruv usullarini ularni ko’llash sohalaridagi o’zgarishlar oqibatida, boshqa tomondan axborotlarni saqlash, uzatish, jamlab, ishlab chiqishning yangi texnik vositalaridan foydalanishni o’sishi munosabati bilan turlarini o’zgartirmoqdalar. Boshqaruv mehnati operatsiyalari, tadbirlari mazmuniga kompьyuter texnikasi inqilobiy o’zgarishlar kirit- moqda, u tubdan yangi axborot texnologiyalarini tadbiq etish imkoniyatini bermoqda. SHunga qaramasdan boshqaruv mehnatning, hammadan avval, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida eng xarakterli operatsiyalarini ajratish mumkin. Ular quydagilardan iboratdir:

vazifani qo’yish;

  • vazifani qo’yish;
  • qo’lda va kompьyuterdan foydalanish bilan axborotlarni qidirish;
  • axborotlarni tahlil qilish;
  • axborotlarni guruhlarga ajratish(qo’lda yoki kompьyuterdan foydalanish bilan);
  • kompьyutersiz eng oddiy hisoblashlar;
  • kompьyuterni qo’llash bilan hisob-kitoblar;
  • qarorlarni tayyorlash;
  • qarorlarni yakka holda qabul qilish;
  • qarorlarni jamoaviy qabul qilish;
  • hujjatlarni rasmiylashtirish, xatlarni tuzish va h.k.

Ma’muriy–boshqaruv xodimlarining yig’ma mahsulot predmetiga ta’sir ko’rsatishi axborotlaridan foydalanish va uni ushbu ob’ekt holatini qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’nalishiga o’zgartirish uchun tegishli qarorlarni o’zgartirish yo’li bilan amalga oshiriladi. SHuning uchun ma’muriy-boshqaruv xodimlari mehnatining asosiy xususiyati predmetning axborotli xarakteri va ularning mehnati jarayoni (o’zining mazmuni va natijalari bo’yicha)ni mehnatning boshqa turlaridan tubdan farqlanishi bilan asoslangan mehnat mahsulotidan iborat bo’ladi.


Download 252.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling