7-mavzu: brauzerlar va ularning tavsiflari, sayt kompaniyaning raqamli vakilligi sifati brauzerlar va ularning tavsiflari


Download 2.15 Mb.
bet4/5
Sana03.08.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1664731
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-Mavzu

Saytlar tasnifi


Internetning barcha saytlarini quyidagi sinflarning biriga kiritish mumkin (2.5.2-rasm):

  • Internet vakilliklari;

  • Axborot xizmatlari;

  • Web-sahifalar.

Kompaniyaning Internet vakilliklari sinfi saytlarini batafsilroq ko‘rib chiqaylik.
Sayt-tashrifnoma – uncha katta bo‘lmagan sayt bo‘lib, odatda bitta (yoki bir nechta) web-sahifadan iborat bo‘lib, tarkibida tashkilot, shaxs, kompaniya, tovar yoki xizmatlar, preyskurantlar, kontakt ma'lumotlar haqida kontent mavjud [125].
Sayt-tashrifnomaning maqsadi – potensial mijozlarni hamkorlikka qiziqtirishdir.
Sayt-tashrifnoma quyidagilardan iborat:

  • Kompaniya to‘g‘risida ma'lumot. Kompaniya faoliyati, afzalliklari va xususiyatlari to‘g‘risida batafsil ma'lumotga ega, kompaniyaga bo‘lgan sodiqlik va ishonchni ko‘tarish maqsadida.

Axborot xizmatlari















Tematik
saytlar













Internet portallar













Sayt kataloglari













Bloglar












Tashrifnoma
saytlari







Korporativ sayt







Internet - magazin







Internet-
vitrina







Promo - saytlar




Qidiruv
tizimlari







Pochta tizimlari







Internet forumlar







Multimedia
xostinglar







E’lonlar taxtalari







Ijtimoiy tarmoqlar



Manba: [49]

2.5.1-rasm. Saytlar tasnifi



  • Kompaniya tovar yoki xizmatlari to‘g‘risida ma'lumot. Kompaniyaning taklif etiladigan tovar yoki xizmatlari to‘g‘risida batafsil ma'lumotga ega.

  • Kompaniya kontaktlari. Kompaniya joylashuvi, elektron manzili, kontakt telefonlar raqamlari, lokatsiya va hokazolar to‘g‘risida batafsil ma'lumotga ega.

Korporativ sayt. Bu kompaniyaning Internetda vakil bo‘lgan saytidir. U kompaniya faoliyati to‘g‘risida ma'lumot, kontakt va manzillar,

xizmatlar ro‘yxati yoki tovarlar kataloglari, prays-varaqalardan iborat. Korporativ saytlarning tarmoq foydalanuvchilari bilan qayta aloqa uchun imkoniyatlari mavjud. Korporativ sayt asosan biznes-hamkorlar, mijozlar va ommaviy axborot vositalari uchun mo‘ljallangan. U mijozlarni jalb qilish uchun reklama maydonchasi sifatida xizmat qiladi. Sayt yordamida kompaniya o‘z tovari yoki xizmatlarini targ‘ib etish, o‘z brendi tanilishini oshirish, mijozlar va hamkorlar bazasini kengaytirish imkoniyatlariga ega.

2.5.2-rasm. Turistik firmaning sayt-tashrifnomasi




2.5.3-rasm. Korporativ sayt


Internet-magazin. Internet-magazin – bu elektron savdo qilish shakli bo‘lib, iste'molchilarga web-brauzer yordamida tovar yoki xizmatlar xarid qilishga imkon beradi. O‘z mohiyatiga ko‘ra, Internet- magazin – bu saytda ishlaydigan dasturlar majmui bo‘lib, ular xaridorga masofaviy ravishda katalogdan tovar tanlab, uning buyurtmasini
rasmiylashtirishga imkon beradi. Vitrina va savdo zali funksiyalarini illyustratsiyali tovar kataloglari bor “sahifalar”, maslahatchilar funksiyalarini esa yo‘l-yo‘rig‘lar, instruksiyalar va ta'riflar bajaradi [126].

Tarmoqda Internet-magazin yaratish standartlashgan tovar yoki xizmatlar sotuvchilari uchun foyda keltiradi. Masalan, mobil telefonlar, maishiy texnika, kompyuterlar va hk. sotuvchilari uchun.

Manba: https://www.tovar.uz


2.5.4-rasm. Internet-magazin sayti (fragment)



Internet-vitrina. Internet-vitrina – bu tovar yoki xizmatlar assortimentini taqdim etadigan sayt, mahsulotlarning illyustratsiyali tasvirlari bor elektron katalog bo‘lib, unda ularning asosiy xususiyatlari ko‘rsatilgan. Bunday sayt Internet-magazindan bevosita sahifada xarid qilish yoki tovar to‘lovini amalga oshirish imkoni yo‘qligi bilan farq qiladi. Bu holda foydalanuvchi faqat shunday yoki o‘xshash tovarga talabnomani, o‘zining kontaktlarini qoldirib, yuborishi mumkin [128].
Bunday resurslar aniq mahsulotlar sotilishini ancha ko‘paytirishga, brend tanilishini va auditoriya sodiqligini oshirishga imkon beradi, chunki odamlar ko‘rgan va baholagan tovarlarga ko‘proq ishonadi va ko‘proq xarid qiladi. Shuningdek bu yerda aktual narxlarni ko‘rsatish mumkin.
Internet-vitrina vazifasi – tovar yoki xizmatni va umuman brendni ko‘rsatish va reklama qilishdir. Foydalanuvchi bunday saytga butun assortimentdan tovar tanlash, u to‘g‘risida faktik ma'lumot olish va tanlangan tovar yoki o‘xshash xizmatni buyurtma qilish maqsadida kiradi. Internet-vitrina xususiyatlariga ko‘ra korporativ saytga o‘xshagan axborot biznes-sayti kabi yaratiladi. U kompaniya mahsulotini taqdim etadi, keng tanlash imkonini ko‘rsatadi, ammo to‘g‘ridan-to‘g‘ri tovar sotmaydi.

Manba: https://www.beautybox.uz/


2.5.5-rasm. Internet-vitrina (fragment)

Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling