7-mavzu: brauzerlar va ularning tavsiflari, sayt kompaniyaning raqamli vakilligi sifati brauzerlar va ularning tavsiflari


Download 2.15 Mb.
bet2/5
Sana03.08.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1664731
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-Mavzu

Internet Explorer brauzeri


1994 yilda Internet Explorer nomini olgan brauzer yaratish bo‘yicha ishlar boshlandi. 1995 yilda Microsoft kompaniyasi MS Windows 95 operatsion tizimini ishlab chiqib, unga komponent sifatida Internet Explorer ning birinchi versiyasi qo‘shilgan edi. Qisqa vaqt ichida Internet Explorer keng tan olinib, eng ommabop brauzer bo‘lib qoldi.
Manba: [81]
2.4.3-rasm. Internet Explorer brauzeri interfeysi Keyinchalik MS Windows (Windows 98, Windows NT, Windows
2000 va b.) operatsion tizimining yangi versiyalari paydo bo‘lishi bilan Internet Explorer brauzeri ham yangilanib, takomillashib bordi. Windows operatsion tizimi ishlab chiquvchilari so‘zlariga ko‘ra, Internet
Explorer brauzeri Windows (Windows 7, Windows 8) ning keyingi versiyalariga ham o‘rnatiladi.

Mozilla Firefox brauzeri


Ko‘plab mutaxassislar fikriga ko‘ra Mozilla Firefox dunyodagi eng yaxshi brauzerlardan biridir. U eng tezkor va xavfsiz brauzerlardan biri hisoblanadi. U ochiq kodga ega, shu sababli foydalanuvchi uni o‘z talabnomalariga ko‘ra moslashtirishi mumkin. Uni boshqa brauzerlardan ajratib turgan ko‘plab fazilatlaridan biri – bir vaqtda ochiq ilovalarni qo‘llab-quvvatlash – bir necha o‘ngachadir. Mozilla Firefox – barqaror ishlaydigan, ko‘pgina innovasiyalarga ega, professionallar uchun qulay brauzerdir.
2.4.4-rasm. Mozilla Firefox brauzeri interfeysi
Uning kamchiligi yangi foydalanuvchilar uchun ishlash murakkabligi va ko‘p sonli qo‘shimcha va plaginlar (brauzerga dinamik ravishda ulanadigan dasturiy modul) hisoblanadi.

Opera brauzeri


Opera brauzerining birinchi versiyasi 1993 yilda paydo bo‘lib, Norvegiya Telenor kompaniyasi xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Brauzer xususiyatlaridan biri – tezkor nabor va ekspress-panel' mavjudligi tufayli Internetning ommabop sahifalariga tez o‘tish imkoniyatidir.
Opera brauzeri ijobiy xususiyatlariga foydalanuvchilar ma'lumotlari xavfsizligi va konfidensialligini ta'minlash kiradi. Brauzerning boshqa afzalliklariga Internet tarmog‘idan axborot olish
katta tezligi, ishlash qulayligi, kompyuter resurslariga bo‘lgan minimal talablar va brauzer katta bo‘lmagan o‘lchamini kiritish mumkin.

2.4.5-rasm. Opera brauzeri interfeysi



Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling