7-mavzu: brauzerlar va ularning tavsiflari, sayt kompaniyaning raqamli vakilligi sifati brauzerlar va ularning tavsiflari


Download 2.15 Mb.
bet5/5
Sana03.08.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1664731
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-Mavzu

Promo-saytlar. Promo-sayt – bu uncha katta bo‘lmagan, diqqatni tortadigan saytdir. Promo-sayt kompaniya imidjini shakllantirish uchun xizmat qiladi. U firma tomonidan taklif etiladigan tovarlar ro‘yxati bor bukletdan iborat. Promo-sayt web-dizaynerlar tomonidan xaridorlarning tovarga bo‘lgan e'tiborini jalb qilish uchun ishlab chiqilgan demonstrativ roliklar, tovar va xizmatlarning aniq ta'rifi, ko‘p sonli mul'timedia vositalaridan iborat.
Ko‘pincha promo-sayt reklama kampaniyasi, aksiya o‘tkaziladigan davrda yaratiladi. U o‘tayotgan tadbir to‘g‘risida barcha zarur
ma'lumotga ega: shartlari, muddatlari, o‘tkazilish joyi, yangiliklar, on- line konferensiyalar, voqea anonslari va boshqa ma'lumotlar.
Promo-saytning asosiy vazifasi:

  • Maqsadli auditoriyaga tavsiya qilish kerak bo‘lgan yangi brend, tovar yoki xizmatni bozorga olib chiqish;

  • Kompaniya reklama qilgan mahsulotga foydalanuvchilar diqqatini jalb etish;

  • Foydalanuvchilarni maqsadli harakatga undash (tovar yoki xizmatni xarid qilish, buyurtma berish va hk.).


Манба: www.borjomi.com/int_ru/


2.5.6-rasm. Promo-sayt (fragment)
Promo-sayt yaratishdan ayniqsa biron bir aniq tovarni boshqalarni ichidan ajratib ko‘rsatmoqchi, uning xususiyatlari va afzalliklari haqida mijozlarga ta'sirchan tarzda aytib bermoqchi bo‘lgan katta kompaniyalar foyda ko‘radi.
Xulosa qilib ta'kidlash lozimki, Internet-marketingda saytlardan foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Saytdan foydalanib, kompaniya o‘zining mahsuloti yoki xizmati haqida ma'lumot taqdim etish, o‘zining yanada rivojlanish strategiyasini ta'riflash, foydalanuvchilarga tovar yoki xizmat tanlashda yordam ko‘rsatish va hokazo imkonlarga ega.
Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling