7-mavzu: Buyurtmali kalkulyasiya qilish usuli. Reja: Buyurtmalar bo’yicha kalkulyasiyalashga asosiy yo’ndoshuv. Haqiqiy va meyo’riy kalkulyasiyalash
Haqiqiy va meyo’riy kalkulyasiyalash
Download 321.46 Kb. Pdf ko'rish
|
7 mavzu
2.Haqiqiy va meyo’riy kalkulyasiyalash.
Albatta, har qanday xo„jalik yurituvchi subyektda, uning faoliyat turi va mulk shaklidan qat‟iy nazar, uning mutaxassislari va rahbarlari tomonidan optimal me‟yorlar belgilangan bo„lishiga qaramasdan, amaliyotda bari-bir haqiqiy xarajatlar sodir bo„ladi. Haqiqiy xarajatlar miqdori esa aksariyat paytda me‟yoriy ko„rsatkichlar miqdoridan farq qiladi. Xaqiqiy va me‟yoriy ko„rsatkichlar farqi me‟yordan “chetlanish” deyiladi. Agar me‟yordan chetlanish aniqlansa, mutaxassis uning vujudga kelish sabablarini aniqlashi kerak bo„ladi. Bu jarayon me‟yordan “chetlanishlar tahlili” deb yuritiladi hamda bu jarayon xarajatlarni nazorat qilish va butun xo„jalik yurituvchi subyektni boshqarish uchun foydali qurol hisoblanadi. Me’yoriy xarajatlarning e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan quyidagicha ko‘rsatkichlari mavjud: 1. Ideal (nazariy) me‟yor. Bu ko„rsatkichlar asosan uskunalarning maksimal darajada foydali bo„lishiga asoslanadi va bunda ish to„xtamaydi, buzilish bo„lmaydi, deb qaraladi. Bunda mavjud ishlab chiqarish quvvati uchun mumkin bo„lgan xarajatlar minimal bo„lishi kerak. Byudjetni ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarish zahiralari tannarxini baholash maqsadida ideal me‟yor qo„llanilmaydi, chunki amaliyotda ideal holat kam bo„ladi. Lekin, bunday me‟yorlarni qo„llash, raqobat muhiti keskinlashib borayotgan va buning natijasida mahsulot sifatini uzluksiz oshirib borish talabi oshayotgan hozirgi taraqqiyot davrida, rivojlangan mamlkatlarda ko„proq ishlatilmoqda. 2. Asosiy (birlamchi, bazaviy) me‟yor. Bunday ko„rsatkichning o„zgartirilishiga deyarlik ruxsat etilmaydigan – ular e‟tolon sifatida belgilab olinadi. Amaliyotda juda kam uchraydi. 3. Real me‟yorlar. Bu ko„rsatkich amaliyotdagi barcha holatlarni hisobga olib tayyorlanadi va shuning uchun ham undan aksariyat hollarda samarali foydalaniladi. Bu me‟yorlar o„zlarida asosli tarzda o„rtacha sharoitlarni aks ettiradi. Masalan: mehnat bo„yicha me‟yoriy ish kunida tanaffus, ishlab chiqarish davomida asboblarni qayta moslash uchun to„xtatish hisobga olinadi va h.k. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling