7-mavzu: Buyurtmali kalkulyasiya qilish usuli. Reja: Buyurtmalar bo’yicha kalkulyasiyalashga asosiy yo’ndoshuv. Haqiqiy va meyo’riy kalkulyasiyalash


Download 321.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana28.03.2023
Hajmi321.46 Kb.
#1301054
  1   2   3   4
Bog'liq
7 mavzu



7-mavzu:Buyurtmali kalkulyasiya qilish usuli. 
Reja: 
1.Buyurtmalar bo’yicha kalkulyasiyalashga asosiy yo’ndoshuv. 
2.Haqiqiy va meyo’riy kalkulyasiyalash. 
3.Tugallanmagan kontraktlar bo’yicha foydani aniqlash. 
4.Tugallangan kontrakt bo’yicha tushuntiriladigan foyda. 
5.Oraliq foydani hisoblash. 
 
1.Buyurtmalar bo’yicha kalkulyasiyalashga asosiy yo’ndoshuv. 
Boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritishda xarajatlarni hisobga olish 
va ularni boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. To„g„ri, moliyaviy hamda 
ishlab chiqarish hisobi obyekti sifatida xarajatlar belgilangan tartibda hisobga 
olinadi va ularni tashkil etish hamda yuritish uchun o„rnatilgan shakllarda ular 
to„g„risida ma‟lumotlar turli xil hisobotlar, shuningdek jadvallar ko„rinishida 
shakllanadi. Lekin, boshqaruv hisobi – bu nafaqat o„tgan davr ko„rsatkichlarini 
hisobga olish va ularni tahlil qilishni, balki xo„jalik yurituvchi subyektning 
istiqboldagi ko„rsatkichlarini ham ko„ra bilishni, ularni oldindan boshqara 
olishni, tegishli vaqtlarda talab qilinadigan bo„lsa, ularning ayrim moddalariga 
o„zgartirishlar kiritib borishni ham talab qiladi. Shuning bilan birgalikda 
boshqaruv hisobida xarajatlar mohiyatiga to„g„ri baho berish va uni boshqaruv 
qarorlari ta‟siriga tushirish uchun, moliyaviy va ishlab chiqarish hisoblarida 
ularni hisobga olishda foydalaniladigan usullari va yondashuvlaridan ham 
foydalaniladi. 
Ana shunday usullardan biri - xarajatlarni hisobga olishning normativ 
usulidir. Dunyoning rivojlangan juda ko„p mamlakatlarda ham xuddi shunday 
yondashuv mavjud. Ammo, iqtisodiy adabiyotlarda xarajatlarni hisobga 
olishning normativ usulini 
– bu moliyaviy va ishlab chiqarish hisobini yuritishda foydalaniladigan usul, 
shuning uchun boshqaruv hisobi – bu ishlab chiqarish hisobi deb talqin 
qilinadigan noto„g„ri yondashuvlar ham mavjud. Bu usul chet mamalakatlarda 
juda ko„p ishlatilganligi uchun ham, juda ko„p mamlakatlarda uni qulay bo„lishi 
uchun "Standart-kost" tizimi, deb ham ataydilar. 
Boshqaruv hisobi manfaati jihatidan qaraladigan bo„lsa, oddiy qilib 
aytganda, "Standart-kost" tizimi boshqaruv tomonidan xarajatlarni rejalashtirish 
va ularni nazorat qilish uchun ishlatiladigan quroldir. U o„z o„zidan xarajatlarni 
hisobga olish tizimi sifatida ishlatilmaydi, jarayon bo„yicha tannarx hisob-kitob 
uslublari, yoki ularning har qanday kombinatsiyalarida buyurtma sifatida 
ishlatilishi mumkin. Xo„jalik yurituvchi subyekt «Standart-kost» tizimini to„liq 
qo„llaganda, sotilgan mahsulotlar tannarxi va zahira hisobiga ta‟sir etuvchi 
barcha xarajatlar amalga oshirilgan xaqqoniy xarajatlar ko„rinishida emas, balki 
oldindan aniqlangan xarajat yoki me‟yoriy ko„rinishda ifodalanadi. Xarajatlar 
xarakati va hisob tizimiga kiritilgan me‟yoriy xarajatlar «xarajat 
- hajm - daromad» ko„rsatkichlari bilan birgalikda byudjetlarni nazorat qilishda 
ma‟lumotlar manbaini ta‟minlaydi. 


Bu usuldan – xo„jalik yurituvchi subyektni boshqarishning turli 
qirralarida va maxsus ishchilarning ish faoliyatini baholashda, har xil ishlab 
chiqarish istiqboli variantlarini ko„rib chiqishda va byudjetni tayyorlashda 
foydalaniladi va bu usul, shuningdek ishlab chiqarilgan mahsulotga (bajarilgan 
ishga, ko„rsatilgan xizmatga) sotish bahosini belgilashda yordam beradi. 
«Standart-kost» tizimi rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqarish 
kompaniya va xo„jalik yurituvchi subyektlarining deyarlik barchasida 
qo„llaniladi. Lekin, bu tizimda qo„yilgan maqsadga erishishda omillarning 
mohiyatini va ta‟sirini baholash turli mamlakatlarda turlicha (jadvalga qarang).
Masalan, 
ahamiyatlilik darajasiga qarab tizimda tutgan o„rni 
AQSh- 
da 
Kanadada 
Yaponiyada 
Angliyada 
Xarajatlarni boshqarish 




Baholarni belgilash va baho siyosati 




Byudjetli rejalashtirish va uni nazorat 
qilish 




Moliyaviy hisobotni tayyorlash 




Me‟yoriy xarajatlar (standard costs) - oldindan obdan hisoblanilgan, bir 
dona mahsulotni tayyor holga keltirish uchun zarur bo„lgan xarajatlarni hisoblab 
belgilash usuli. 
Me‟yoriy xarajat hisobi va ishlab chiqarish xarajati hisoblari o„zaro 
o„xshash bo„lsa ham, ularning har birining o„ziga xos xususiyatli tomonlarini 
bilish, shuningdek bir-biridan farqiga borish kerak. 
Me‟yoriy xarajatlar va byudjet xarajatlari orasida kontseptual farq yo„q. 
Nazariy jihatdan olib qaraganda ular bir xil aniqlanadi. Lekin, amaliyotda 
«me‟yoriy xarajatlar» atamasi, odatda tugallangan maxsulot biriligiga tegishli, 
«byudjet xarajati» esa umumiy miqdorga bog„liq bo„ladi. «Standart-kost» 
tizimidan foydalanishning asosiy yutug„i iqtisodiy hisobotni o„z vaqtida va 
tahliliy jihatdan qulay tarzda yozib borishdir. 
Boshlanishda me‟yorlardan foydalanish hisobotni olib borish uchun 
haqiqiy chiqimlarni hisoblash tizimiga ko„ra katta xarajat kerak bo„ladiganga 
o„xshaydi. Lekin, me‟yoriy xarajatlarni qo„llash hisobga olishni soddalashtiradi. 
Masalan, materiallar (turli narxli partiyalar) haqidagi bir oydagi ma‟lumotlarni 
qo„shib yig„ish mumkin, shuningdek har bir ishchi tomonidan aniq bir 
mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanishi lozim bo„lgan vaqt miqdorini 
belgilash va umuman barcha to„g„ri mehnat xarajatlari me‟yorini avvaldan 
aniqlash mumkin. 
«Standart-kost» tizimidan foydalanilganda individual me‟yorlarni 
o„rnatish (tuzish)dagina qo„shimcha xarajatlar paydo bo„ladi, lekin bunday 


qo„shimcha xarajatlar miqdori juda kam bo„ladi. Ko„pchilik me‟yorlar oylar 
bo„yicha va xatto yillar davomida o„zgarishsiz qo„llaniladi. Uni o„zgartirish 
zaruriyati faqat quyidagi hollarda yuzaga keladi: mahsulot konstruktsiyasi 
o„zgartirilganda, yangi buyumni yasashni o„zlashtirishda, yangi texnologik 
jarayon joriy qilish maqsadida mashina - uskunalar almashtirilganda va shu kabi 
holatlarda. 

Download 321.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling