B yudjet TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA SCHYOTLARI TASNIFI
Balansdan tashqari schyotlarda tashkilotda vaqtinchalik turgan va unga qarashli bo‘lmagan moddiy qimmatliklar (ijaraga olingan asosiy vositalar, javobgarlikda saqlash uchun yoki qayta ishlash uchun olingan moddiy qimmatliklar), shuningdek, qat’iy hisobot blankalari, dam olish uylari hamda sanatoriylar uchun yo‘llanmalar va boshqalar hisobga olinadi. Balansdan tashqari schyotlarda hisob oddiy hisob sistemasida yuritiladi. Balansdan tashqari schyotlarda hisobga olingan barcha tovar-moddiy qimmatliklar, shuningdek, ijaraga olingan asosiy vositalar balansda hisobga olinadigan moddiy qimmatliklar uchun belgilangan tartibda va muddatda inventarizatsiya qilinadi. Tashkilotlarga, zarur hollarda, buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash maqsadida, belgilangan tartibda qo‘shimcha balansdan tashqari schyotlarni qo‘llashlariga ruxsat etiladi.[6]
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga (Adliya vazirligida 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro‘yxatga olingan) muvofiq schyotlar rejasi joriy etiladi.[3]
Barcha schyotlar beshta qism bo‘yicha tizimga keltirilgan bo‘lib ular quyidagilardan iborat:
Nomoliyaviy aktivlar;
Moliyaviy aktivlar;
Debitorlar va kreditorlar;
Moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi schyotlar;
Balansdan tashqari schyotlar.
Schyotlar rejasining birinchi va ikkinchi bo‘limlari aktiv schyotlar hisoblanadi, uchinchi bo‘lim schyotlari aktiv-passiv schyotlar, to‘rtinchi bo‘lim schyotlari passsiv schyotlar hisoblanadi.
Byudjet TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING
S Ch Yo T L A R R E J A S I
Do'stlaringiz bilan baham: |