7-mavzu: Elektiron biznes va uning xafsizligi Reja
Identifikatsiyalovchi shaxsiy nomerni himoyalash
Download 0.63 Mb.
|
7-mavzu
Identifikatsiyalovchi shaxsiy nomerni himoyalash
PIN-kodlarini himoyalash toʻlov tizimi xavfsizligini ta‘minlashda asosiy omildir. Shu bois u faqatgina karta sohibiga ma‘lum boʻlib, elektron toʻlovlar tizimida saqlanmaydi va bu tizim boʻyicha yuborilmaydi. Umuman olganda, PIN bank tomonidan berilishi yoki mijoz tomonidan tanlanishi mumkin. Bank tomonidan beriladigan PIN quyidagi ikki variantdan biri boʻyicha amalga oshiriladi: Mijoz hisob raqami boʻyicha kriptografiya usuli bilan tashkillashtiriladi; Ushbu jarayonni quyidagicha tasvirlash mumkin: 3.4.2-rasm. Mijoz hisob raqamini himoyalash tizimi. Ushbu usulning afzalligi PIN kodi elektron toʻlovlar tizimida saqlanishi shart emasligidadir, kamchiligi esa ushbu mijoz uchun boshqa PIN berilishi lozim boʻlsa, unga boshqa hisob raqami ochilishi zarurligida, chunki bank boʻyicha bitta kalit qoʻllaniladi. Bank ixtiyoriy PIN kodni taklif qiladi va uni oʻzida shifrlab saqlaydi. PIN kodni xotirada saqlash qiyinligi ushbu usulning asosiy kamchiligi boʻlib hisoblanadi. Mijoz tomonidan tanlaniladigan PIN kod quyidagi imkoniyatlarga ega: barcha maqsadlar uchun yagona PIN kodni qoʻllash; xarflar va raqamlardan tashkil etilgan PIN kodni xotirada saqlashning yengilligi. PIN kodi boʻyicha mijozni identifikatsiyalashtirishning ikki usuli bilan bajarish mumkin: algoritmlashgan va algoritmlashmagan. Algoritmlashmagan tekshirish usulida element kiritgan PIN kod ma‘lumotlar bazasidagi shifrlangan kod bilan taqqoslaniladi. Algoritmlashgan tekshirish usulida esa mijoz kiritgan PIN kod, maxfiy kalitdan foydalangan holda, maxsus algoritm boʻyicha oʻzgartiriladi va kartadagi yozuv bilan taqqoslaniladi. Ushbu usulning afzalliklari: asosiy kompyuterda PIN saqlanmaydi va natijada personal tomonidan oʻg’irlanmaydi; PIN kod telekommunikatsiya orqali joʻnatilmaydi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling