7-mavzu: Elektiron biznes va uning xafsizligi Reja


Internetda mavjud elektron toʻlovlar xavfsizligini ta‟minlash


Download 0.63 Mb.
bet4/8
Sana13.01.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1092280
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-mavzu

Internetda mavjud elektron toʻlovlar xavfsizligini ta‟minlash


Hozirgi kunda internetda koʻpgina axborot markazlari mavjud, masalan, kutubxonalar, koʻp sohali ma‘lumotlar bazalari, davlat va tijorat tashkilotlari, birjalar, banklar va boshqalar.
Internetda bajariladigan elektron savdo katta ahamiyat kasb etmoqda.
Buyurtmalar tizimining koʻpayishi bilan ushbu faoliyat yana keskin rivojlanadi. Natijada, xaridorlar bevosita uydan yoki ofisdan turib, buyurtmalar berish imkoniga ega boʻlishadi. Shu bois ham, dasturiy taminotlar va apparat vositalar ishlab chiqaruvchilar, savdo va moliyaviy tashkilotlar ushbu yoʻnalishni rivojlantirishga faol kirishishgan.
Elektron savdo — global axborot tarmoqlari orqali maxsulotlarni sotish va pulli xizmatlar koʻrsatish demakdir.
Elektron savdoning asosiy turlari quyidagilardir:

  • axborotlar sotuvi;

  • elektron doʻkonlar; - elektron banklar.

Axborotlar sotuvi asosan ma‘lumotlar bazasidan Online rejimda foydalanish uchun taqdim etilishi mumkin.
Elektron doʻkonlar internetda Website orqali tashkillashtiriladi.
Bunda tovarlar roʻyxati, toʻlov vositalari va boshqalar keltiriladi. Xarid qilingan mahsulotlar oddiy pochta orqali joʻnatilishi yoki agar ular elektron mahsulot boʻlsa, bevosita internetdan manzilga yetkazilishi mumkin.
Elektron banklarni tashkil etishdan asosiy maqsad bankning doimiy harajatlarini kamaytirish va keng ommani qamrab olishdir. Shu bois, elektron banklar oʻz mijozlariga yuqori foiz stavkalarini taklif qilishlari mumkin.

Axborotlarni himoyalashning asosiy vosatalari


Xaridor, kredit kartasi sohibi, bevosita tarmoq orqali toʻlovlarni bajarish uchun ishonchli va himoyalangan vositalarga ega boʻlishi lozim.
Hozirgi kunda SSL (Secure Socket Layer) va SET (Secure Elektronic Transactions) protokollari ishlab chiqilgan:

  • SSL protokoli ma‘lumotlarni kanal darajasida shifrlashda qoʻllaniladi;

  • SET xavfsiz elektron tranzaksiyalari protokoli yaqinda ishlab chiqilgan boʻlib, faqatgina moliyaviy ma‘lumotlarni shifrlashda qoʻllaniladi.

SET protokolining joriy etilishi bevosita internetda kredit kartalar bilan toʻlovlar sonining keskin oshishiga olib keladi.
SET protokoli quyidagilarni ta‘minlashga kafolat beradi:

  • axborotlarning toʻliq maxfiyligi, chunki foydalanuvchi toʻlov

ma‘lumotlarining himoyalanganligiga toʻliq ishonch hosil qilishi kerak;

  • ma‘lumotlarning toʻliq saqlanishi, ya‘ni ma‘lumotlarni uzatish jarayonida buzilmasligini kafolatlash. Buni bajarish omillaridan biri raqamli imzoni qoʻllashdir;

  • kredit karta sohibining hisob raqamini audentifikatsiyalash, ya‘ni elektron (raqamli) imzo va sertifikatlar hisob raqamini audentifikatsiyalash va kredit karta sohibi ushbu hisob raqamining haqiqiy egasi ekanligini tasdiqlash;

  • tijoratchini oʻz faoliyati bilan shug’ullanishini kafolatlash, chunki kredit karta sohibi tijoratchining haqiqiyligini, ya‘ni moliyaviy operatsiyalar bajarishini bilishi shart. Bunda tijoratchining raqamli imzosini va sertifikatini qoʻllash elektron toʻlovlarning amalga oshirilishini kafolatlaydi.


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling