7-mavzu: Elektiron biznes va uning xafsizligi Reja


Download 0.63 Mb.
bet1/8
Sana13.01.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1092280
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-mavzu


7-mavzu: Elektiron biznes va uning xafsizligi
Reja:

  1. Elektron toʻlovlar tizimi asoslari

  2. Identifikatsiyalovchi shaxsiy nomerni himoyalash

  3. POS tizimi xavfsizligini ta‟minlash

  4. Bankomatlar xavfsizligini ta‟minlash

  5. Internetda mavjud elektron toʻlovlar xavfsizligini ta‟minlash

  6. Axborotlarni himoyalashning asosiy vosatalari

  7. Elektron toʻlov tizimida Click xizmatini yoqish va unda xavfsizlikni ta‟minlash

Tayanch soʻz va iboralar: elektron toʻlov, POS tizimi, parol, bankomat, maxfiylik, elektron toʻlovlar xavfsizligi, tasdiqlovchi PIN kod, toʻlov kartasi, toʻlov terminali, click ximati, sms xabar.

Elektron toʻlovlar tizimi asoslari


Elektron toʻlovlar tizimi deb bank plastik kartalarini toʻlov vositasi sifatada qoʻllanilishidagi usullar va ularni amalga oshiruvchi sub‘ektlar majmuasiga aytiladi.
Plastik karta — shaxsiy toʻlov vositasi boʻlib, u mazkur vositadan foydalanadigan shaxsga tovar va xizmatlarni naqdsiz pulini tulash, bundan tashqari bank muassasalari va bankomatlardan naqd pulni olishga imkon beradi.
Plastik kartani toʻlov vositasi sifatida qabul qiluvchilar, savdo va xizmat koʻrsatuvchi korxonalar, bank boʻlimlari hamda boshqalar shu plastik kartalarga xizmat koʻrsatuvchi qabul qiluvchilar tarmog’ini tashkil etadi.
Elektron toʻlovlar tizimini yaratishda plastik kartalarga xizmat koʻrsatish qonun-qoidalarini ishlab chiqish va ularga rioya qilish asosiy masalalardan biri boʻlib hisoblanadi. Ushbu qoidalar nafaqat texnikaviy (ma‘lumotlarni standartlash, uskunalar va boshqalar), balki moliyaviy masalalar (korxonalar bilan hisoblarni bajarish tartibi)ni ham qamrab oladi.
Bugungi kunda bank kartalarining o‘nlab turlari mavjud masalan: uzcart, humo card, visa classic, visa platinium, visa gold, visa premium, cashbek kartalari, virtual kartalar, paypal kartalar va bitcoin kartalari.
Elektron toʻlovlar tizimining faoliyatini quyidagidek tasavvur qilish mumkin:

3.4.1-rasm. To‟lov tizimining jarayonli tarmog„i. Bu yerda:

Toʻlovlarning oʻtishi;
Mualliflash soʻrovlarining oʻtishi;
- Toʻlov tiziminining jarayonli tarmog’i;
karta sohibi mahsulot va xizmatlarga toʻlash uchun katabi koʻrsatish.
Elektron toʻlovlar tizimi bilan birgalikda faoliyat koʻrsatadigan bank ikki, ya‘ni bank-emitent va bank-ekvayer toifasida xizmat koʻrsatadi:
Bank-emitent plastik kartalarni ishlab chiqaradi va ularning toʻlov vositasi sifatida qoʻllanilishiga kafolat beradi.
Bank-ekvayer savdo va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan qabul qilingan toʻlovlarni bank boʻlimlari yoki bankomatlar orqali amalga oshiradi.
Hozirgi kunda avtomatlashtirilgan savdo POS (Point-Of-Sale — sotilgan joyda to‘lash)— terminali va bankomatlar keng tarqalgan.
POS-terminalda plastik kartadan ma‘lumotlar oʻqiladi va mijoz o‘z PIN-kodi
(Personal Identification Number • identifikatsiyalovchi shaxsiy nomer)ni kiritadi va klaviatura orqali toʻlov uchun zaruriy qiymat teriladi.
Agar mijozga naqd pul kerak boʻlsa, bu holda u bankomatdan foydalanishi mumkin.
Ushbu jarayonlarni bajarishda jarayonlar markazi imkoniyatlaridan foydalaniladi.
Jarayonlar markazi – maxsuslashtirilgan servis tashkilot boʻlib, bankekvayerlaridan yoki xizmat koʻrsatish manzillaridan keladigan muallif surovnomalarni va tranzaksiya protokollarini qayta ishlashni ta‘minlaydi. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun jarayonlar markazi ma‘lumotlar bazasini kiritadi.
Bu ma‘lumotlar bazasi toʻlov tizimi, bank a‘zolari va plastik karta sohiblari toʻg’risidagi ma‘lumotlarni oʻz tarkibiga oladi.
Plastik kartalar toʻlov boʻyicha kreditli yoki debetli boʻlishi mumkin.
Kreditli kartalar boʻyicha karta sohibiga koʻpincha muhlati 25 kungacha boʻlgan vaqtgancha qarz beriladi. Bularga Visa, Master Card, American Express kartalari misol boʻla oladi.
Debetli kartalarda karta sohibining bank-emitentidagi hisobiga oldindan ma‘lum miqorda mablag’ joylashtiradi. Ushbu mablag’dan xarid uchun ishlatilgan mablag’lar summasi oshib ketmasligi lozim.
Ushbu kartalar faqatgina shaxsiy emas, balki korporativ ham boʻlishi mumkin.
Hozirgi kunda mikroprotsessorli kartalar ishlab chiqilmoqda. Ushbu kartalarning oldingilaridan asosiy farqi bu mijozning barcha ma‘lumotlari unda aks ettirilgan boʻlib, barcha tranzaksiyalar, ya‘ni ma‘lumotlar bazasini bir holatdan ikkinchi holatga oʻtkazuvchi soʻrovnomalar, off-line rejimda amalga oshiriladi, shu bois, ular yuqori darajada himoyalangan deb e‘tirof etilgan. Ularning narxi qimmatroq boʻlsada, telekommunikatsiya kanallaridan foydalanilmaslik munosabati bilan undan foydalanish qiymati arzondir.
Elektron toʻlov tizimlarining qoʻyidagi zaif qismlari mavjud: - bank va mijoz, banklararo, bank va bankomat orasida toʻlov ma‘lumotlarini joʻnatish;

  • tashkilot doirasida ma‘lumotlarni qayta ishlash.

Boʻlar oʻz navbatida quyidagi muammolarni yuzaga keltiradi:

  • abonentlarning haqiqiyligini aniqlash;

  • aloqa kanallari orqali junatilayotgan elektron hujjatlarni himoyalash;

  • elektron hujjatlarining yuborilganligiga va qabul qilinganligiga ishonch hosil qilish ;

  • hujjatning bajarilishini ta‘minlash.

Elektron toʻlovlar tizimida axborotlarni himoyalash funksiyalarini ta‘minlash maqsadida quyidagilar amalga oshirilishi kerak:

  • tizimning chetki boʻg’inlariga kirishni boshqarish;

  • axborotlarning yaxlitligini nazorat qilish;

  • xabarlarning maxfiyligini ta‘minlash;

  • abonentlarni oʻzaro autentifikatsiyalash;

  • xabarning muallifligidan voz kecha olmaslik;

  • xabarning yetkazilganligini kafolatlash;

  • xabar boʻyicha bajariladigan chora-tadbirlardan voz kecha olmaslik;

  • xabarlar ketma-ketligini qayd qilish;

  • ketma-ket xabarlar yaxlitligini ta‘minlash.


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling