7-Mavzu: Elektr yuritma va elektromexanik tizimlarning tashkil etuvchi elementlari. Nazariy tushunchalar


Markazdan qochma nasosning tuzilish sxemasi


Download 359.76 Kb.
bet2/3
Sana18.12.2022
Hajmi359.76 Kb.
#1028461
1   2   3
Bog'liq
7-Амалий

Markazdan qochma nasosning tuzilish sxemasi
Rasmda markazdan qochma nasosning tuzilish sxemasi tasvirlangan. Nasos korpusining ichi 1 spiral ko‘rinishga ega bo‘lib, uning vali 2 ga ishchi g‘ildirak 3 qattiq qilib mahkamlangan. Ishchi g‘ildirak oldi va orqa disklardan iborat bo‘lib, ular orasiga ishchi g‘ildirakning aylanish yo‘nalishiga teskari radius bo‘yicha bukilgan parraklar 4 o‘rnatilgan. Nasos korpusi patrubkalar 5 va 6 yordamida so‘ruvchi va bosish kuchi quvurlarga ulanadi.
Korpus ichi va so‘ruvchi quvur suyuqlik bilan to‘ldirilganida ishchi g‘ildirak ishga tushirilsa, u holda ishchi g‘ildirak parraklari orasidagi suyuqlik markazdan qochma kuchlar ta’sirida g‘ildirak markazidan korpus ichining chetlariga itariladi. Buning natijasida g‘ildirakning markazida bosim kamayadi va aksincha korpus ichining chekka qismida oshadi. Bu bosim ta’sirida suyuqlik nasosdan bosish kuchi quvurlariga uzatiladi va bir vaqtning o‘zida so‘ruvchi quvurlar orqali suyuqlik nasosga uzatib turiladi. Shunday qilib, markazdan qochma nasosning uzluksiz suyuqlik uzatishi amalga oshiriladi.
Nasos qurilmalarida asosan uch fazali sinxron va asinxron motorlar qo‘llaniladi. Uch fazali elektr motorlar standart 220, 380, 600, 6000 va 10000 V kuchlanishlarda ishlaydigan qilib ishlab chiqariladi. Quvvati 200 kVt gacha bo‘lgan nasos qurilmalari uchun nominal kuchlanishi 220/380 V bo‘lgan motorlar qo‘llaniladi va quvvati kattaroq bo‘lgan nasos qurilmalar uchun esa kuchlanishi 6 yoki 10 kV bo‘lgan motorlar qo‘llaniladi.
Nominal kuchlanishi 1kV gacha bo‘lgan motorlarni ishga tushirish uchun magnitli yuritkichlar, kontaktorlar qo‘llaniladi. Nominal kuchlanishi 1 kV dan yuqori bo‘lgan motorlarni ishga tushirishda komplekt taqsimlovchi qurilmalar (KTQ) ishlatiladi. Nasoslarning ish rejilarini nazorat qilib atash va avariya holatlaridan ogohlantirish uchun maxsus avtomatik qurilma va tizimlar qo‘llaniladi.
Nasos qurilmalarida ko‘p qo‘llaniladigan motorlar, bular rotori qisqa tutashtirilgan asinxron motorlardir. Quvvati 199 – 200 kVt gacha bo‘lgan rotori qisqa tutashtirilgan asinxron motorlarini ishga tushirish qo‘shimcha ishga tushirish qurilmalarsiz, ularni to‘g‘ridan – to‘g‘ri tarmoqqa ulab amalga oshiriladi.
Katta quvvatli asinxron motorlarni ishga tushirishda quyidagi usullar qo‘llaniladi:
a) stator chulg‘amlarini avval «yulduzcha» ulab, motor nominal tezlanishga erishgandan so‘ng «uchburchak» usulda ulashga o‘tish;
b) stator chulg‘amiga qo‘shimcha qarshilik ulab ishga tushirish;
v) avtotransformatorlar yordamida ishga tushirish.
Sinxron motorlarni ishga tushirish uchun avval rotorini aylantirib olish zarur, bu esa rotoridagi qisqa tutashtirilgan chulg‘am vositasida amalga oshiriladi.
Sinxron motorlarlarning quvvat koeffisient yuqori bo‘lishi bilan bir qatorda, ularning tarmoq kuchlanishi o‘zgarishlariga nisbatan turg‘unligi ham yuqoridir. Shuning uchun, nasos qurilmasining quvvati 250 – 300 kVt dan ata bo‘lganida, sinxron motorlarni qo‘llash tavsiya etiladi.

Download 359.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling