7-mavzu. Ferma sterjenlaridagi zo‘riqishlarning tasir chiziqlarini chizish reja: Fermalarda tasir chizi
b). Fermaning pastki belbog‘i sterjeni zo‘riqishining ta’sir chizig‘ini chizish
Download 121.46 Kb.
|
7-Maruza 2
b). Fermaning pastki belbog‘i sterjeni zo‘riqishining ta’sir chizig‘ini chizish.
Pastki belbog‘ning 3-5 elementidagi U3-5 zo‘riqishining ta’sir chizig‘ini chizish uchun fermani I-I kesim bo‘yicha kesib, ko‘chma birlik yukning ikki holatini tekshiramiz. 1-holat. Birlik yuk (P=1) kesim o‘tkazilgan paneldan chap tomonda harakatlanadi, ya’ni 0 ≤ x≤ d. Fermaning o‘ng qismi uchun muvozanat tenglamasini yozib, U3-5chap ni aniqlaymiz. åM6o‘ng = 0; - RV ×4d + U3-5chap × h5-6 = 0, bundan (a) Demak, U3-5chap ning ta’sir chizig‘i Rв tayanch reaksiyasining ta’sir chizig‘i kabi bo‘lib, Rв ning ordinatalari o‘zgarmas ga ko‘paytirilgan bo‘ladi. (a) tenglama U3-5 zo‘riqish ta’sir chizig‘ining chap chiziq tenglamasi deyiladi va P=1 yuk kesimdan chapda harakatlanganida U3-5 sterjen zo‘riqishining o‘zgarishini ifodalaydi. 2-holat. P=1 ko‘chma yuk kesim o‘tkazilgan paneldan o‘ng tomonda harakatlanadi (2d £ x £ 6d). Bu hol uchun ham 6 moment nuqtaga nisbatan fermaning chap qismida yotgan kuchlar momentlarining yig‘indisi nolga tengligi shartidan foydalanamiz, ya’ni åM6chap = 0; RA ×2d - U3-5o‘ng × h5-6 = 0, bundan U3-5o‘ng = (b) Demak, P=1 yuk kesimdan o‘ngda harakatlanganida, U3-5o‘ng zo‘riqishning ta’sir chizig‘i oddiy balka A tayanch reaksiyasining ta’sir chizig‘i kabi bo‘ladi, lekin uning ordinatalari o‘zgarmas miqdor ga ko‘paygan bo‘ladi. (b) tenglama o‘ng chiziq tenglamasi deyiladi va u Р=1 yuk kesim o‘tkazilgan paneldan o‘ng tomonda harakatlanayotganda zo‘riqishning o‘zgarishini xarakterlaydi. Uning kerakli kismi 2d ≤ x ≤ 6d oraliqda bo‘ladi (7.1-rasm, b). P=1 yuk kesilgan panelda harakatlanayotganda U3-5 zo‘riqishning o‘zgarish qonunini ifodalovchi uzatish chizig‘i 3-5 chap chiziq ustida yotadi. SHunday qilib, U3-5 sterjen zo‘riqishining ta’sir chizig‘i 7.1-rasm, b da tasvirlangandek bo‘ladi. Download 121.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling