O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent temir yo'l muhandislari instituti Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti amirov s


Download 340.55 Kb.
bet1/3
Sana13.05.2023
Hajmi340.55 Kb.
#1456980
  1   2   3
Bog'liq
ketma-ket ulangan o\'zaro induktiv bog\'langan zanjirlar


ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI



Ketma-ket va parallel ulangan o’zaro induktiv bog’langan zanjirlar
Reja:

  1. Umumiy ma'lumotlar.

  2. O'zaro induksiya EyuK.

  3. Ketma-ket va parallel ulangan o'zaro induktiv bog'langan zanjirlar

  4. O'zaro induktiv bog'langan zanjirlarni hisoblash.

Umumiy ma'lumotlar


Agar elektr zanjirning bir elementidagi tokning o'zgarishi zanjirning boshqa elementida EYuK paydo bo'lishiga sabab bo'lsa, u holda bu elementlar o'zaro induktiv bog'langan, paydo bo'ladigan EYuK esa o'zaro induksiya EYuK deyiladi.
Ikki elementning induktiv bog'lanish darajasi bog'lanish koeffitsiyenti yordamida tavsiflanadi:
M
k L1 ,
L2
bu ifodada M-zanjir elementlarining o'zaro induktivligi, L1 va L2 -zanjir elementlarining xususiy induktivliklari.
Induktiv bog'lanish koeffitsiyenti har doim birdan kichik bo'lishligini ko'rib chiqamiz.
Nisbatan katta o'lchamli ikkita induktiv g'altak berilgan bo'lsin (2.27-rasm). G’altaklarning har bir o'rami bir xil magnit oqimi bilan ilashgan bo'lsin. 2.27-rasm, a da birinchi g'altakdan i1 tok o'tgan holat uchun magnit maydonining tasviri ko'rsatilgan. Birinchi g'altak o'ramlari o'zinduksiya magnit oqimi Ф11, ikkinchi g'altak o'ramlari esa o'zaro induksiya magnit oqimi Ф12, bilan ilashgan. Birinchi va ikkinchi g'altaklarning o'zinduksiya va o'zaro induksiya ilashish magnit oqimlari quyidagicha aniqlanadi:
11 w1Ф11, 21 w2Ф21,
bunda w1 va w2 - g'altaklardagi o'ramlar soni.
O’zaro induksiya oqimlari (21 va 12) va ilashish oqimlari (21 va 12) indeksidagi birinchi raqam oqimning qaysi kontur bilan ilashayotganligini, ikkinchisi esa shu oqimni hosil qilgan tok qaysi konturga tegishliligini bildiradi.
Ta'rif bo'yicha birinchi g'altakning induktivligi va g'altaklarning o'zaro induktivligi quyidagilarga teng:

G’altakdan o'tadigan tok va o'zinduksiya magnit oqimining musbat yo'nalishlarini o'ng vint qoidasiga ko'ra tanlaymiz, shuning uchun i1 > 0 bo'ladi va 11/i1 nisbat har doim musbat qiymatga ega. O'zaro induksiya oqimining musbat yo'nalishi esa ixtiyoriy va shuning uchun 21/i1 nisbat (musbat yoki manfiy) ishorali bo’lishi mumkin.

2.27-rasm, b da faqat ikkinchi g'altakdan i2 tok o'tayotgan holat uchun magnit maydonining tasviri berilgan. Ta'rif bo'yicha

L2 i222 w22 22 , M M12 i212 w12 12 .
Amalda ikki g'altakning o'ramlari bir xil bo'lmagan (bir-biridan farq qiladigan) magnit oqimlar bilan ilashadi, shuning uchun har doim k < 1 bo'ladi.
O'zaro induktiv bog'lanish koeffitsiyenti qiymatini g'altaklarni bir-biriga nisbatan siljitish bilan o'zgartirish mumkin. G’altaklari bir-biriga nisbatan siljishi mumkin bo'lgan asbob variometr deb ataladi.

Download 340.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling