7-mavzu Inflyasiya va unga qarshi kurashish yoʼllari Reja Inflyasiyaning mohiyati va turlari Inflyasiyaning vujudga kelish sabablari


Download 103 Kb.
bet3/7
Sana13.04.2023
Hajmi103 Kb.
#1351353
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-Mavzu

Kutilgan inflyasiya mamlakatdagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida prognoz qilinib, uning yuz berishi oldindan ma’lum bo‘ladi. Buning ijobiy jihati shundaki, davlat byudjeti xarajatlari va aholining kelgusidagi xarajatlari shunga monand ravishda oshib borishi oldindan ma’lum bo‘ladi. Buning uchun davlat, yuridik va jismoniy shaxslar kelgusiga mo‘ljallangan rejalarini oldindan tuzib, shunga qarab o‘z faoliyatini tashkil etadilar.


Kutilmagan inflyasiya iqtisodiyotda yuz beradigan ko‘zda tutilmagan iqtisodiy inqirozlar, ziddiyatlar, urushlar, qurg‘oqchilik va boshqa holatlarda yuz berishi mumkin.


Ochiq inflyasiya mamlakatda tovarlar va xizmatlar bahosini ortib borishi bilan izohlanadi. Inflyasiyaning ushbu shakli hukumat tomonidan e’tirof etiladi va uni bartaraf etish yuzasidan ochiqchasiga tegishli chora – tadbirlar amalga oshiriladi.


YOpiq inflyasiya sharoitida tovar va xizmatlar bahosi sun’iy ravishda pasaytirib ko‘rsatiladi, mamlakatda qattiq pul – kredit siyosati joriy etiladi. YOpiq inflyasiya sharotida aholi mamlakatdagi real inflyasiya darajasi haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lmaydi.


Talab inflyasiyasi sharoitida yalpi talab hajmi real ishlab chiqarish hajmiga nisbatan tez su’ratlar bilan o‘sib boradi, buning natijasida tovar va xizmatlar bahosi ortib ketadi.

Taklif (xarajatlar) inflyasiyasi ishlab chiqarish vositalari va resurslaridan samarali foydalanilmaslik oqibatida ishlab chiqarish xarajatlari ortib ketadi, tovar va xizmatlar bahosi ko‘tariladi. Natijada aholining real daromadlariga nisbatan tovarlar va xizmatlarning bahosi nomutanosib ravishda tez ko‘tarilib ketadi. Dastlabki bosqichda muomaladagi ortiqcha pul massasi mamlakatda ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlarini tezlashtirish hamda ishsizlik darajasini pasaytirish hisobiga baholarning muvozanatligini ta’minlaydi. Natijada, ishlab chiqarish rivojlanib, ishsizlik darajasi pasayishi natijasida mamlakatda tovarlar hajmi ortishi talabni qondirish bilan birga, undan ortib ketadi. Bu o‘z navbatida, ishlab chiqarishning samarasizligi va ishsizlik darajasini oshishiga sabab bo‘ladi.





Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling