7-mavzu. Ishlab chiqarish texnologik sxemasini tanlash va asoslash Reja


Sex rejalari va qirqimlarni grafik rasmiylashtirish


Download 19.96 Kb.
bet2/3
Sana24.02.2023
Hajmi19.96 Kb.
#1226254
1   2   3
Bog'liq
7 mavzu Ishlab chiqarish texnologik sxemasini tanlash va asoslash

2. Sex rejalari va qirqimlarni grafik rasmiylashtirish.
2.1. Chizmalarni bajarish
Zavod chizmalari 1:100 yoki 1:50 masshtabida bajariladi. Qirqimlar qurilish konstruksiyalarni yaxshi ko‘rsatish uchun 1:50 masshtabida bajariladi. Ba’zida 1:25; 1:75; 1:200 masshtablardan foydalanish mumkin.
Chizmalarga fundament, pol, devor, eshik, oyna, ichki devorlar va boshqa qurilish konstruksiyalar ko‘rsatiladi.
Chizmalarda hamma asosiy texnologik uskunalar, transport qurilmalari (transporter, elevator, nasos va boshqa), yordamchi uskunalar (komprssor, kondensator va boshqa) yig‘uv baklari, elektrodvigatellar va boshqalar ko‘rsatiladi.
Uskunalar o‘z o‘lchamlari bo‘yicha umumiy ko‘rinishi (kontur) orqali chiziladi. Bundan tashqari, uskunalar bir biri bilan bog‘lanishni ko‘rsatish shart.


2.2.Qirqimlar
Qirqimlar oddiy (1ta kesiladigan yuza) yoki murakkab, bosqichli (bir necha kesiladigan yuza) bo‘ladi. Qirqimlarning miqdori va xarakteri qaysi qurilish konstruksiyalarni va uskunalarni ko‘rsatilishi kerak bo‘lishiga bog‘liq.
Buylama qirqimlar binoning uzunasiga, ko‘ndalang eni bo‘yicha chapdan ung tomonga bajariladi. Qirqimlarda birinchi (oldingi) planda ko‘rinadigan uskunalar ko‘rsatiladi.
Orka tomonda va qisman kurinmaydigan uskunalar ko‘rsatilmaydi. Qirqim apparatning o‘rtasidan o‘tganda u kesilmaydi, uning oldidan ko‘rinishi ko‘rsatiladi.
2.3.Chizmalarda quyiladigan o‘lchamlar
Chizmalarda quyidagi o‘lchamlar quyiladi:
Binoning umumiy uzunligi va eni;
Kalonnalar orasidagi masofa;
Sex ichidagi hamma bo‘limlarning o‘lchamlari;
Binoning umumiy balandligi;
Xar bir qavatning balandligi;
Qurilish konstruksiyalarning (pol, fundament va hokazo) o‘lchamlari;
Eshik va derazalar o‘lchamlari;
Poldan derazagacha va derazadan tepagacha bo‘lgan masofa;
Texnologik liniyalarning o‘qlari orasidagi, devorgacha, aloxida turadigan apparatlar va devor orasidagi masofalar;
Uskunalarning o‘lchamlari ko‘rsatilmaydi.

Download 19.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling