Tashuvchi quyidagi huquqlarga ega:
umumiy foydalanishdagi barcha avtomobil yo‘llari, shuningdek idoralarga qarashli umumiy foydalanish uchun ochiq avtomobil yo‘llari orqali o‘tish;
jo‘natilayotgan yuk o‘z sertifikatiga muvofiq ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni olish;
fuqarolar hayotiga, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi, ekologiya va sanitariya normalari buzilishiga yoki boshqa g‘ayriqonuniy harakatlarga sabab bo‘luvchi holatlarda tashishdan voz kechish.
Agar yo‘lovchiga biror davlatga kirish muayyan sabablarga man etilgan bo‘lsa, tashuvchi yo‘lovchini orqaga qaytarib tashish bilan bog‘liq har qanday xarajatlarni undan undirish huquqiga ega.
Yo‘lovchining kirish man etilgan manzilgacha to‘lagan tashish uchun to‘lovlari qaytarib berilmaydi.
Tashuvchi belgilanmagan joyga kelgan bagajni uning egasi turadigan joyga yuborishi mumkin. Bunda tashuvchi belgilanmagan joyga yanglish yuborilgan bagaj bilan bog‘liq jarimalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun javobgarlikni olmaydi.
Tashuvchi egasi topilmagan, talab qilinmagan yoki yanglish yuborilgan bagajni uning egasi nomidan tegishli manzil punktida texnik tekshiruv vositalari orqali olib boriladigan bojxona ko‘rigidan o‘tkazish uchun taqdim etishi va bunday bagajni u jo‘natilgan manzilga etkazib berishi mumkin.
Zarurat bo‘lsa, tashuvchiga egasi topilmagan, talab qilinmagan yoki yanglishib yuborilgan bagajning egasini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, shuningdek aeroportning tashishlarni tashkil etish xizmati vakillari ishtirokida bagajni ochishga ruxsat beriladi.
Mijoz:
tashish shartnomasi shartlariga rioya qilishi;
tashish qoidalarida o‘ziga qo‘yilgan talablarni bajarishi;
tashilayotgan yukning tashish shartnomasiga muvofiqligini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni tashuvchining talabiga binoan taqdim etishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |