7. mavzu: jahon kriminal xo‘jaligi. Xufiyona iqtisodiy faoliyat va iqtisodiyotning xufiyonalashuv darajasini qisqartirish yo‘llari


YASHIRIN IQTISODIYOTNI QISQARTIRISH VA SOLIQ ORGANLARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA


Download 71.59 Kb.
bet3/4
Sana01.11.2023
Hajmi71.59 Kb.
#1738086
1   2   3   4
Bog'liq
Xufyona maruza 7 mavzu sirtqi

YASHIRIN IQTISODIYOTNI QISQARTIRISH VA SOLIQ ORGANLARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Mamlakatda pul-kredit, valyuta, soliq va tashqi savdo siyosati sohalarida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish va investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
SHu bilan birga, ekspertlarning baholashlari va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan so‘rovlar iqtisodiyotdagi yashirin aylanmaning, ayniqsa, savdo va umumiy ovqatlanish, avtotransportda tashish, uy-joy qurilishi va ta’mirlash, turarjoy xizmatlarini ko‘rsatish kabi sohalarda yuqori darajada saqlanib qolayotganligidan dalolat beradi, bu esa vijdonli tadbirkorlarning iqtisodiy manfaatlariga putur etkazmoqda, ular uchun teng bo‘lmagan biznes yuritish shartlarini yuzaga keltirmoqda.
Mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun, shu jumladan tartibga solish va ma’muriy yukni kamaytirish hisobiga teng raqobat sharoitlarini yaratish, soliq qonunchiligi talablariga rioya qilish tartib-taomillarini avtomatlashtirish va uning tartibini soddalashtirish maqsadida:
1. Belgilansinki, 2021 yil 1 yanvardan:
a) 2022 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatga umumiy ovqatlanish sohasidagi kichik tadbirkorlik sub’ektlarining bank kartalari va kontaktsiz to‘lovlardan foydalangan holda jismoniy shaxslardan olingan daromadlari umum belgilangan soliqlarni to‘lashga majburiy tartibda o‘tish maqsadida umumiy daromadga kiritilmasligi tartibi joriy etiladi;
b) rieltorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 25 foizdan 13 foizgacha pasaytiriladi;
v) qurilish korxonalariga hisobot davri uchun mehnatga haq to‘lash fondi jami miqdorining 10 foizidan oshmagan hajmda (ijtimoiy soliq summasini hisobga olmaganda) ish haqini naqd pulda to‘lash huquqi bilan shartnoma tuzmasdan muddatli ravishda ishchilar yollashga ruxsat beriladi. Bunda:
qurilish tashkilotlari belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqning to‘lanishini ta’minlaydi, shuningdek, har oyda shartnoma tuzmasdan yollangan ishchilarga to‘langan naqd pul miqdorini ko‘rsatgan holda ularning reestrini davlat soliq xizmati organlariga taqdim qilib boradi;
davlat soliq xizmati organlari qurilish tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan reestrlar asosida soliq to‘lovchilarni avtomatik ravishda identifikatsiya qiladi va to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisobga olinishini ta’minlaydi.
Belgilansinki, shartnoma tuzmasdan ishga yollangan shaxslarga ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar ro‘y bergan taqdirda xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni nazarda tutuvchi qonun hujjatlari normalari tatbiq etiladi.
2. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga korporativ bank kartalaridan foydalangan holda tovarlarni (xizmatlarni) shartnoma tuzmasdan sotib olishga ruxsat beriladi, biroq bunda elektron schyot-fakturalar yoki onlayn-kassa mashinalarining cheklari majburiy ravishda olinishi shart;
2022 yil 1 yanvargacha shunday tartib o‘rnatilganki, unga muvofiq, davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq auditi tayinlanganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qiladi;
sayyor soliq tekshiruvlari davlat soliq xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda soliq tekshiruvlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda uning tartib-taomillarini tubdan soddalashtirish, shuningdek, tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirishni ko‘zda tutgan holda soliq tekshiruvlarini o‘tkazish tartibini belgilash bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. YAshirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda — Maxsus komissiya) 1-ilovaga muvofiq tarkibda, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha hududiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — hududiy komissiyalar) 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etilsin.
YAshirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shu jumladan quyidagilar Maxsus komissiyaning asosiy vazifasi etib belgilansin:
biznesning «soyadan» chiqishini rag‘batlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, soliq rejimini soddalashtirish hamda naqdsiz to‘lovlarni kengaytirish choralarini ko‘rish;
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni shakllangan biznes yuritish amaliyotiga moslashtirish;
soliq va bojxona ma’muriyatchiligi vositalari hisob va tushumlarning to‘liqligiga, shu jumladan soliqlardan bo‘yin tovlagan jismoniy va yuridik shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortishga qaratilishini ta’minlash;
yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish faoliyatini «pulni yuvish»ga qarshi kurashish sohasidagi tashkilotlar faoliyati bilan muvofiqlashtirish;
ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishga keng jamoatchilikni, ommaviy axborot vositalarini jalb qilish, jamiyatda yashirin iqtisodiyotga murosasizlik hissini shakllantirish, legal biznes yuritishning nufuzini oshirish.
4. Joylarda quyidagi tadbirlarni muvofiqlashtirish hududiy komissiyalarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
tadbirkorlarga faoliyatini qonuniylashtirishda va zarur ruxsatnomalarni olishda yordam berish, shuningdek, ular bilan profilaktika ishlarini olib borish;
yashirin iqtisodiyotning shakllanishiga olib keladigan sabablar va omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
noqonuniy olib kirilgan yoki kontrafakt tovarlarni, shuningdek, yuk tashish hujjatlarisiz mamlakat ichida harakatlanayotgan tovarlarni sotishga qarshi kurashish;
birinchi navbatda aksizosti mahsulotlarni noqonuniy ishlab chiqarish, sotish va saqlash holatlarini aniqlash orqali davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini yuritish va daromadlarni yashirishning oldini olish;
avvalo qurilish ob’ektlarida va xizmat ko‘rsatish sohasidagi norasmiy mehnat faoliyatini yuritish, shuningdek, ish haqini «konvertda» to‘lash holatlarini aniqlash va bartaraf etish.
5. Hududiy komissiyalar:
ikki hafta muddatda har bir tuman va shaharning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan va mas’ul organlar hamda tashkilotlarni belgilagan holda «yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqsin va kutilayotgan natijalarni ko‘rsatgan holda ularni Maxsus komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etsin;
har chorakda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni Maxsus komissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga «yo‘l xaritalari»da nazarda tutilgan vazifalar o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi hamda hududlar darajasida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
6. Maxsus komissiya (J. Qo‘chqorov) 2021 yil 1 fevralga qadar mas’ul vazirlik va idoralarning ishi sifatli tashkil etilishini ta’minlab hamda biznes hamjamiyati, xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda 2021 — 2025 yillarda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish strategiyasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
7. YAshirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashishda vazirlik va idoralarning faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda soliq va bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha «yo‘l xarita»si 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Maxsus komissiya yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha, shu jumladan «yo‘l xaritasi»da ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarga doir takliflar muhokama qilinishini ta’minlasin, shuningdek, har oy erishilgan natijalar bo‘yicha hisobotlarni eshitib borsin.
Vazirlik va idoralarning rahbarlariga «yo‘l xaritasi»ning o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
8. Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda 2021 yil 1 yanvarga qadar:
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va hunarmandlar tomonidan hamda umumiy ovqatlanish punktlarida sotiladigan tovarlar va xizmatlar uchun aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda kontaktsiz texnologiyalarning joriy etilishini ta’minlasin;
bankomatlar va ko‘p funksiyali o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminallari tarmog‘ini kengaytirsin va ularning sonini 10 mingtaga etkazsin;
xalqaro moliya institutlarining texnik yordamini jalb qilgan holda, naqdsiz hisob-kitob tizimini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqsin.
9. Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligining onlayn kassa mashinalarining cheklarida aks ettirilgan QR-kod yoki fiskal belgi asosida sovrinli o‘yinlarni o‘tkazish bo‘yicha Toshkent shahrida amalga oshirilgan eksperimentni, ko‘zda tutilgan byudjet ajratmalari doirasida 2020 yilda respublikaning barcha hududlarida amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
10. Davlat soliq qo‘mitasi:
a) bir oy muddatda shunday tartib joriy qilsinki, unga muvofiq, nazorat-kassa mashinalari va to‘lov terminallaridan foydalanish bo‘yicha sayyor tekshiruvlar soliq to‘lovchilar kesimidagi choraklik reja-jadval asosida amalga oshirilishi mumkin hamda tekshiruv natijalari va ular bo‘yicha soliq nizolarini ko‘rib chiqish natijalari e’lon qilib boriladi;
b) ikki oy muddatda:
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga kiruvchi davlatlarning soliq idoralari o‘rtasida soliq ma’lumotlarining avtomatlashtirilgan almashinuviga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Davlat soliq qo‘mitasi raisining yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalalari bo‘yicha doimiy maslahatchisi — chet ellik mutaxassisni tanlov asosida jalb qilish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi hududida sotilayotgan tovarlar va xizmatlarni tasniflash tartibini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
v) tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida to‘lov terminallari va onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanmasdan faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarlik choralari to‘g‘risida muntazam ravishda, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini olib borsin.
11. Quyidagilar Hisob palatasining qo‘shimcha vazifalari sifatida belgilansin:
yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish;
hududiy komissiyalar tomonidan 2021 — 2025 yillarda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish strategiyasi hamda qabul qilingan «yo‘l xaritalari» amalga oshirilishini nazorat qilish;
davlat boshqaruv organlarida, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan muassasa va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali ichki nazorat tizimlari joriy qilinishini ta’minlash choralari amalga oshirilishini nazorat qilish;
yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va kiritib borish.
12. Hisob palatasi tuzilmasida boshqaruv xodimlari shtat birliklari doirasida Iqtisodiyotda yashirin aylanmani kamaytirish va byudjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash sho‘‘basi tashkil etilsin.
13. Davlat soliq qo‘mitasi 2021 yil 1 aprelgacha 4-ilovaga muvofiq real vaqt rejimida qo‘shimcha ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydigan idoralararo apparat majmuasini foydalanishga topshirsin.

Download 71.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling