7. mavzu: jahon kriminal xo‘jaligi. Xufiyona iqtisodiy faoliyat va iqtisodiyotning xufiyonalashuv darajasini qisqartirish yo‘llari


Download 71.59 Kb.
bet1/4
Sana01.11.2023
Hajmi71.59 Kb.
#1738086
  1   2   3   4
Bog'liq
Xufyona maruza 7 mavzu sirtqi


7. MAVZU:JAHON KRIMINAL XO‘JALIGI. XUFIYONA IQTISODIY FAOLIYAT VA IQTISODIYOTNING XUFIYONALASHUV DARAJASINI QISQARTIRISH YO‘LLARI.
Zamonaviy jaxon xo‘jaligining shakllanishi, rivojlanishi va tarkibi. Jaxon xo‘jaligining kriminal “egizagi”. Xufyona jaxon xo‘jaligining asosiy turlari.SHimol va Janubning uzaro munosabatlaridagi kriminal global muammolar. Kontrabanda rivojlanishining sabablari va asosiy yunalishlari xamda turlari. Nolegal migratsiya rivojlanishining sabablari va asosiy yunalishlari. SHimol mamlakatlari rivojlanishining kriminal global muammolari. Jinoiy yo‘l bilan topilgan “poklab olish” va daromadlarni yashirish. Jaxon xo‘jaligining “kul rang xududlari” kriminal globallashuvning natijasi sifatida.

Jahon xo‘jaligining jinoiy “egizagi”


Zamonaviy jahon xo‘jaligida deyarli hech bir mamlakat boshqa mamlakatlardan alohida rivojlana olmaydi. Har bir mamlakatning iqtisodiyoti jahon xo‘jaligining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Jahon xo‘jaligi, keng ma’noda, dunyodagi barcha milliy iqtisodiyotlarning murakkab jamlanmasi hisoblanib, unda murakkab sinergetik samaralar yuzaga keladi. Global iqtisodiy munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lib faqatgina alohida fuqarolar, firmalar va hukumatlar emas, balki mamlakatlar ittifoqi, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar ham namoyon bo‘lishmoqda.
Milliy iqtisodiyotlarning jahon xo‘jaligida sekin-asta integratsiyalashuvi har bir mamlakat faravonligi nafaqat o‘z fuqarolarining iqtisodiy faoliyatidan, balki dunyoning boshqa chekkasidagi hodisalarga bog‘liqligiga olib keladi.
Iqtisodiy globallashuv u yoki bu darajada barcha mamlakatlar va xalqlarga tegishli bo‘ladigan, hamda jahon hamjamiyatining birgalikdagi harakatlari bilan hal etiladigan global muammolarni yuzaga keltiradi. Undan tashqari dunyo sivilizatsiyasining mavjudligi va uning rivoji ushbu muammolarni yechish bilan bog‘liqdir. 1970- yillarda global muammolarni o‘rganish endi boshlangan davrda eng muhim muammolar sifatida ekologik xususiyatga ega muammolar hisoblanar edi. Hozirgi kunda bu muammolar qatoriga ijtimoiy xususiyatga ega muammolar qo‘shilmoqda - qurolsizlanish uchun kurash, “boy Shimol” va “kambag‘al Janub” o‘rtasidagi qarama- qarshiliklar, yangi axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish va boshqalar.
Ijtimoiy global muammolar orasida jinoiy globalashuv188 muammosi katta mojaroga sabab bo‘lmoqda. Gap shundaki, jahon xo‘jaligi rivojiga sivilizatsiyalashgan jamiyatda qabul qilingan “o‘yin qoidalari”ga rioya qilmaydigan destruktiv kuchlarning ta’siri kuchayib bormoqda. Jinoiy globalashuv muammosi faqatgina transmilliy uyushgan jinoyatchilik va xalqaro terroristik tashkilotlarga tegishli emas. U yana jinoyatchilar uslubidan foydalanib, global miqyosda noqonuniy xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi qonuniy firmalar va qonuniy hukumatlar faoliyatlari bilan bog‘liqdir.
Jinoiy globallashuv jahon xo‘jaligini ikkiga ajralishiga olib kelmoqda: bir tomoni - qonuniy, “oshkor” jarayonlar; ikkinchi tomoni - noqonuniy, yashirin jarayonlar. Qonuniy jahon xo‘jaligining deyarli barcha tarkibiy qismlari noqonuniy “egizak”ka ega bo‘lmoqda

10.1.1-jadval


188 “Jinoiy globallashuv” tushunchasi yaqin vaqtlardan boshlab ishlatila boshlandi. Qarang: Jilin YU. Globalizatsiya v kontekste razvitiya sovremennoy sivilizatsii // Svobodnaya mыsl - XXI. 2002. № 4. S. 33.




Download 71.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling