7. mavzu: jahon kriminal xo‘jaligi. Xufiyona iqtisodiy faoliyat va iqtisodiyotning xufiyonalashuv darajasini qisqartirish yo‘llari


Zamonaviy jahon xo‘jagining ikki yoqlama tuzilmasi


Download 71.59 Kb.
bet2/4
Sana01.11.2023
Hajmi71.59 Kb.
#1738086
1   2   3   4
Bog'liq
Xufyona maruza 7 mavzu sirtqi

Zamonaviy jahon xo‘jagining ikki yoqlama tuzilmasi

Qonuniy jahon xo‘jaligining asosiy tarkibiy qismlari

Noqonuniy jahon xo‘jaligining asosiy tarkibiy qismlari

Yakuniy iste’mol tovarlarining xalqaro harakati



Qonuniy tovarlarning qonuniy savdosi





Kontrabanda - noqonuniy (narkotik moddalar, qurol-yarog‘) va qonuniy (sigaret, avtomobil) tovarlar bilan noqonuniy savdo

Ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati

Ish kuchining qonuniy migratsiyasi

Noqonuniy migratsiya, odam savdosi



Xom ashyo resurslarining qonuniy harakati (foydali qazilmalar va boshq.)



Xom ashyo resurslari kontrabandasi (neft, olmos, noyob hayvonlarning tana qismlari)

Kapitalning qonuniyharakati

Pulni xalqaro poklab olish

Axborot resurslarining qonuniy harakati (nou-xau, patentlar)

Iqtisodiy shpionaj, savdo «qaroqchiligi»

Turli transmilliy jinoiy faoliyatlarning bir-birlari bilan uzviy bog‘liq ekanligini ta’kidlash kerak. Masalan, kolumbiyalik narkokartellar faqatgina kokain189 va geroin190 sotuvchilari sifatida emas, balki noqonuniy qurol sotib oluvchilar va pullarni yirik “poklab oluvchilar” hisoblanishadi. Xulosa qilish mumkinki, jinoiy globallashuv jarayonida qudratli jahon jinoiy xo‘jaligi - o‘zaro bog‘liq transmilliy jinoiy faoliyat turlari tizimi vujudga keladi.
Jahon xo‘jaligining deyarli barcha institutlari yashirin xo‘jalik “egizaklar”iga ega. Masalan, agar qonuniy jahon xo‘jaligining asosiy sub’ekti bo‘lib transmilliy korporatsiyalar va mamlakat hukumatlari hisoblansa, ularning noqonuniy biznes dunyosidagi analogi bo‘lib, kelib chiqishi milliy, lekin faoliyat miqyosi bo‘yicha transmilliy xalqaro jinoiy guruhlar (italiya mafiyasi, kolumbiya narkokartellari, xitoy triadalari va boshq.) hisoblanadi. Agar qonuniy iqtisodiyotda internatsiyalashuv hududiy bloklarni (G‘arbiy Yevropada YeI, Shimoliy Amerikada NAFTA) shakllanishiga olib kelsa, noqonuniy iqtisodiyotda esa milliy jinoiy guruhlarni kooperatsiyasi natijasi Janubi-Sharqiy Osiyodagi “Oltin uchburchak” yoki Lotin Amerikasidagi “And uchburchagi” kabi uyushmalar vujudga keladi(qarang: 10.1.2-jadval).

10.1.2-jadval.
Jahon xo‘jaligi institutlarining “egizaklari”191

Qonuniy jahon xo‘jaligi institutlari

Jinoiy jahon xo‘jaligi institutlari

jahon xo‘jaligining asosiy sub’ekti bo‘lib transmilliy korporatsiyalar va mamlakat hukumatlari hisoblanadi

asosiy sub’ekt kelib chiqishi milliy, lekin faoliyat miqyosi bo‘yicha transmilliy xalqaro jinoiy guruhlar (italiya mafiyasi, kolumbiya narkokartellari, xitoy triadalari va boshq.) hisoblanadi

internatsiyalashuv hududiy bloklarni (G‘arbiy Yevropada YeI, Shimoliy Amerikada

milliy jinoiy guruhlarni kooperatsiyasi natijasi Janubi- Sharqiy Osiyodagi “Oltin

  1. kokain - koka bargidan olinadigan, og‘riqni qoldiradigan modda, alkoloid

  2. geroin - kuchli narkotik modda, dori

  3. Mualliflar tomonidan tuzilgan.

uchburchak” yoki Lotin Amerikasidagi “And uchburchagi” kabi uyushmalar vujudga keladi
Transmilliy jinoiy faoliyatni ikki blokka ajratish mumkin. “Boy Shimol” (rivojlangan mamlakatlar) va “kambag‘al Janub” (rivojlanayotgan mamlakatlar) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar katta ahamiyatga egadir. Ammo shunday transmilliy jinoiy faoliyatlar mavjudki, ular asosan faqatgina rivojlangan mamlakatlar bilan bog‘liqdir.

  1. Shimol va Janubning o‘zaro munosabatlaridagi jinoiy global muammolar

Xalqaro jinoiy faoliyatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi dunyoni “boy Shimol” va “kambag‘al Janub”ga bo‘linishining qo‘shimcha oqibatidir. Bir tomondan G‘arbning rivojlangan mamlakatlari (Shimoliy Amerika, G‘arbiy Yevropa, Yaponiya)ning yetarli darajada boy aholisi “to‘qlikka - sho‘xlik” qilib, odob-ahloqqa to‘g‘ri kelmasa ham, eng nozik iste’mol ehtiyojlarini qondirishadi. Xippi va san’at ahli uchun narkotiklarga, burjua oliftalari uchun san’at buyumlariga, farzandsiz oilalar uchun yosh bolalarga talab shu mamlakatlardan chetdagi kapitalizmning jinoiy guruhlari tomonidan qondirilib kelinmoqda. Ikkinchi tomondan, chet (pereferiya)dagi kapitalizm mamlakatlari g‘arb sivilizatsiyasining ko‘pgina mahsulotlariga (nufuzli iste’mol tovarlari, zamonaviy qurollar) ehtiyoj sezadilar, lekin ularni qonuniy bozorlarda sotib olish uchun yetarli mablag‘ga ega emaslar. Ushbu tovarlarni endi rivojlangan mamlakatlardagi jinoiy tashkilotlar taklif etadilar.
Natijada rasmiy jahon bozoriga parallel ravishda, asosan chet (pereferiya)dagi kapitalizm mamlakatlari tomonidan nazorat qilinadigan, noqonuniy jahon bozori shakllanib boradi. Noqonuniy jahon bozoriga taqiqlangan tovarlar (narkotiklar, qurol-yarog‘) kontrabandasi, va umuman qonuniy (olmos, sigareta, avtomobil), hamda qalbaki tovarlarning qonuniy savdosi va noqonuniy migratsiya kiradi.
Qurol-yarog‘ni noqonuniy sotish. 1990-yillarda yashirin qurol- yarog‘ bozorining o‘rtacha yillik aylanmasi “noqulay” (tinchlik) yillari 1-2 mlrd.AQSh dollari miqdorida, yuqori o‘sish cho‘qqisi (masalan sobiq Yugoslaviyadagi urush davrida) vaqtida 5-10 mlrd.AQSh dollari miqdorida bo‘lgan. Taqqoslash uchun aytish lozimki, AQShdan (jahon qurol-yarog‘ bozorining yetakchisi) oddiy qurol-yarog‘ni turlarining rasmiy eksporti taxminan 10 mlrd.AQSh dollarini tashkil etadi.
Noqonuniy qurol-yarog‘ bozori ikki turga bo‘linadi: jinoiy, mafiyali (“qora”), va kvazi-jinoiy (“kul rang”). Birinchi bozorda asosan yengil qurol-yarog‘ bilan va kichik partiyalarda savdo qilinadi; katta va kuchli qurollarni (raketalar, zambaraklar va ularning o‘qlari, vertolyotlar) ulgurji savdosida asosan hukumatlarning maxsus xizmatlari yoki yirik qonuniy biznes ishtirok etadi (qarang:10.2.1- rasm).






Noqonuniy qurol savdosi
















Jinoiy, mafiyali “qora” bozor




Kvazi-jinoiy (“kul rang”)

1










asosan yengil qurol-yarog‘ bilan va kichik partiyalarda savdo qilinadi




Rasmiy maxsus xizmat va biznes ishtirokida katta va kuchli qurollarni (raketalar, zambaraklar va ularning o‘qlari, vertolyotlar) ulgurji savdosi



10.2.1-rasm. Noqonuniy qurol savdosi turlari192


Bu hol, “qora” bozorni “kul rang” bozordan xavfsizroq degan fikrga olib kelmasligi kerak, masalan, yadro materiallari kontrabandasi nihoyatda xavfli hisoblanadi.


Noqonuniy qurol-yarog‘ning sotib oluvchisi sifatida ko‘pincha “uchinchi dunyo” davlatlari va tashkilotlari namoyon bo‘ladi, sotuvchilar esa rivojlangan mamlakatlar vakillari hisoblanadi.
Qonuniy xom ashyo resurslari kontrabandasi. Shimol va Janub o‘rtasida kontrabanda ob’ekti bo‘lib narkotik va qurol- yarog‘dan tashqari yana “uchinchi dunyo” mamlakatlarining qimmatli tabiiy resurslari - birinchi navbatda, qazilma boyliklari (olmos, oltin, neft) namoyon bo‘ladi. Masalan, 1990-yillar oxirlarida olmos kontrabandasi j ahon olmos bozorining 20 foizini tashkil etar edi (ularning taxminan 10 foizi - “qonli olmoslar” - Afrika mamlakatlaridagi urushlarda tortib olingan olmoslardir). Nomineral tabiiy resurslar bilan noqonuniy savdoga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu kontrabandaning umumiy miqyosi (qimmatli yog‘och va baliq mahsulotlari) yiliga 5-8 mlrd.AQSh dollarini tashkil etardi, yana 6-10 mlrd.AQSh dolari hajmda noyob hayvonlardan olingan xom ashyolar (fil suyagi, karkidonning burun shoxi, oq quyruq shoxlari va boshq.) tashkil etardi.
Tovar markalarini qalbakilashtirish. Hisob-kitoblar bo‘yicha mashhur, katta talabga ega tovar markalarini qalbakilashtirish jahon savdosining 8 foizini tashkil etadi - bu taxminan har yili 200 mlrd.AQSh dollarini tashkil etadi. Arzon qalbaki mahsulotlarning asosiy qismi “uchinchi dunyo” mamlakatlariga (Xitoy va boshqa Sharq mamlakatlari) to‘g‘ri kelib, ular shu faoliyat orqali jahon bozoriga chiqishning qo‘shimcha imkoniyati sifatida foydalanishadi.

Noqonuniy migratsiya. 1990-yillarda BMT tomonidan tadqiqotlar bo‘yicha noqonuniy migratsiyaning jahon tizimi orqali har yili taxminan 4 mln.kishi o‘tgan, va ushbu jinoiy biznes tashkilotchilariga 7 mlrd.dollar hajmda daromad keltirgan. “Uchinchi dunyo” mamlakatlaridan kelgan noqonuniy migrantlar rivojlangan mamlakatlarda to‘planib, juda kuchli “maxfiy birlashma”ni tashkil etadilar, va ushbu birlashmalar qonuniy xo‘jalik tizimiga juda past sur’atlarda integratsiyalashib borishadi. AQShning migratsiya va boshqa fuqarolikka o‘tkazish xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra 1996 yilda ushbu mamlakatda hujjati yo‘q bo‘lgan chet el fuqarolari taxminan 5 mln.kishini tashkil etib, bu ko‘rsatkich mamlakat aholisining taxminan 2 foizni tashkil etadi. Noqonuniy
migratsiyaning alohida turi sifatida xalqaro ayollar savdosi hisoblanadi (1990-yillar oxirida ushbu savdoning hajmi yiliga 700­800 ming kishini tashkil etgan).
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamentining ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda jahonda xalqaro migrantlar soni 272 million kishiga yetdi. Bu esa 2010 yilga nisbatan 51 million kishiga ko‘pdir. Xalqaro migrantlar butun dunyo aholisining 3,5%ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich 2000 yilda 2,8%ni tashkil etgan1. Xalqaro migrantlar sonining o‘sib borishiga sabab, bir tomondan rivojlanayotgan (Janub) mamlakatlaridagi ishsizlik darajasining yuqoriligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan rivojlangan (Shimol) mamlakatlarida ish kuchining yetishmasligi va malakasiz hamda kam malakali ishchi kuchlariga talabning ortib borayotganligidir. Xalqaro migrantlarning katta qismi norasmiy, noqonuniy migrantlar tashkil etadi. Buning natijasida odam savdosi ham kuchayib bormoqda.
Bu muammo O‘zbekistonga ham tegishli bo‘lib, migrantlar soni yildan -yilga ko‘payib bormoqda. 2020 yil boshida O‘zbekistonda mehnat bozorida 13,6 million kishi ish bilan band bo‘lib, ulardan 5,6 million nafari rasmiy va 7,9 million nafari norasmiy sektorda, shu jumladan, 2,6 million kishi mehnat migranti sifatida faoliyat yuritmoqda. Migratsiya koeffitsiyenti taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, 7%ni tashkil qiladi. Migratsiya koeffitsiyenti O‘zbekistonda jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan (3,2%) va aholi jon boshiga o‘rtacha darajadagi daromad to‘g‘ri keladigan boshqa mamlakatlardagi ko‘rsatkichlardan (2,7%) ikki barobar yuqori. Vizasiz tartib, tarixiy o‘zaro aloqa va rus tilini bilishi tufayli o‘zbek migrantlarining katta qismi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda2 (qarang: Ish topish maqsadidagi migratsiya geografiyasi so‘nggi 5 yilda o‘zgara boshladi hamda AQSh, Turkiya, Isroil, Janubiy Koreya, BAA va Qozog‘istonga ishchilar oqimi tobora o‘sib borayotgani kuzatilmoqda. Qariyb 95 foiz pul o‘tkazmalari mehnat migratsiyasining “ajoyib yettilik”ka kiruvchi mamlakatlaridan jo‘natilgan (qarang: 10.2.1-jadval). Ish topish maqsadida Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar soni yiliga 850 ming - 1 million kishi bo‘lib turgan paytda boshqa mamlakatlarga ketayotgan mehnat migrantlari oqimi tobora oshib bormoqda. 2018 yilda Rossiyadan yuborilgan pul 2 foiz kamaygan bo‘lsa, qolgan mamlakatlardan jo‘natilgan o‘tkazmalar ulushi ortdi

10.2.1-jadval
O‘zbekistonga jismoniy shaxslarning transchegaraviy pul



JAMI

2016

2017

2018

3780,7

100%

4896,6

100%

5114,1

100%

Rossiya

2998

79.3%

3907,3

79,8%

3963,1

77,5%

Qozog‘iston

248,9

6.6%

317,9

6,5%

320

6,3%

AQSh

150

4.0%

162,5

3,3%

203,8

4,0%

Turkiya

98,4

2.6%

150,1

3,1%

188,4

3,7%

Koreya
Respublikasi



49,9

1.3%

64,4

1,3%

108,3

2,1%

BAA

34,1

0.9%

353

0,7%

54,5

1,1%

Isroil

20,7

0.5%

2,4

0,7%

34,2

0,7%

Boshqa
mamlakatlar

180,7

4.8%

227

4,6%

241,8

4,6%


Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari dinamikasi alohida e’tiborga loyiq. Ushbu o‘tkazmalarning umumiy miqdori Rossiya fuqarolari va norezidentlar - O‘zbekiston fuqarolari jo‘natgan mablag‘lardan iborat. Pulning aksariyat qismini O‘zbekiston fuqarolari (norezidentlar) jo‘natgani yuqoridagi grafikdan ham ko‘rinib turibdi. O‘tgan 10 yillik dinamikaning ko‘rsatishicha, 2009 yildan 2013 yilgacha pul o‘tkazmalari miqdori barqaror o‘sib, yiliga 6,69 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Lekin undan keyingi 3 yil ichida bu ko‘rsatkich 2,74 milliard dollargacha kamaydi. Bunga Rossiyada yuz bergan iqtisodiy inqiroz va 2014 yilda rublning keskin qadrsizlanishi sabab bo‘ldi. 2016 yildan boshlab 2018 yil oxirigacha Rossiyadan O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalari miqdori atigi 4 milliard dollarga yetdi197.
Endilikda, xalqaro migrantlarning huquqlarini himoya qilish va migratsion jarayonlarni samarali, oqilona va barqaror boshqarish vositalarini shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Narkobiznes. Taqiqlangan narkotik moddalar jahon bozori sayyoramizdagi eng katta bozorga aylanib, jahon neft bozori bilan tenglashish darajasigacha bordi. Ekspertlarning baholashlari ko‘ra narkotik moddalari aylanmasi jahon savdo aylanmasining 8 foizini tashkil etadi. Xalqaro narkobiznesning ishtirokchilari bo‘lib transmilliy mafiya uyushmalari namoyon bo‘ladi: Kolumbiya va Meksika narkokartellari “And uchburchagi”dan Shimoliy Amerikaga kokain va geroin eksportini nazorat qilishadi, Xitoy triadalari “Oltin uchburchakdan” geroin eksportini tashkillashtiradi, turk, italyan va alban mafiyalari “Oltin yarimoy”dan geroin eksportini amalga oshiradilar.
Xufyona iktnsodiy faoliyat va iqtisodiyotning xufyonalashuv darajasini qisqartirish yo‘llari.
Qulay iqtisodiy muhitni yaratish xufyona iqtisodiy faoliyatning ko‘lamini qisqartirish omili sifatida. Qulay iqtisodiy muhit tushunchasining mazmuni va uning tarkibiy kismlari. Biznes va tadbirkorlik uchun qulay iqtisodiy muhitni shakllantirish yo‘llari. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Iqtisodiyotning kriminallashuviga qarshi kurashning xuquqiy asoslari. Iqtisodiyot va iqtisodiy faoliyatning kriminallashuvi xamda xufyonalashuvini nazorat qiluvchi davlat organlarining vazifalari.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI

Download 71.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling