7-mavzu. Kolloid dispers sistemalarning molekulyar kinetik xossalari. Reja


Download 479.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi479.44 Kb.
#1520828
  1   2   3   4
Bog'liq
mavzu 7



7-mavzu. Kolloid dispers sistemalarning molekulyar - kinetik xossalari. 
Reja:
1. Kolloid zarrachalarning diffuziyasi,
2. Broun harakati 
3. Sedimentasiya, kolloid eritmalarning osmotik bosimi. 
Molekulyar- kinetik nazariya modda zarrachalarining o‘z-o‘zicha harakat qilish 
qonunlarini o‘rganadi.
Chin eritmalarning ba‘zi xossalari erigan modda tabiati qanday bo‘lishidan qat‘iy nazar, 
eritmaning hajm yoki massa birligida bo‘lgan zarrachalar (molekula va ionlar) miqdoriga bog‘liq 
bo‘ladi. Bu xossalar eritmalarning kolligativ xossalari deyiladi. Ular jumlasiga eritmalarda 
bo‘ladigan diffuziya va osmos hodisalari, eritmada toza erituvchi bug‘ bosimining kamayish
muzlash temperaturasining pasayish va qaynash temperaturasining ko‘tarilish hodisalari kiradi.
Kolloid sistemalarni tekshirish natijasida ularda ham kolligativ xossalar mavjud ekanligi 
isbotlanadi.
Kolloid sistemalarning molekulyar-kinetik xossalaridan eng muhimlari qatoriga kolloid 
zarrachalarning diffuziyalanishi, Broun harakati, kolloid eritmalarning osmotik bosimi va 
sedimentatsiya hodisalari kiradi. 
Diffuziya-issiqlik harakati ta‘sirida sistemadagi molekula, ion yoki kolloid zarrrachalar 
konsentratsiyalarining tenglashuviga olib keluvchi o‘z-o‘zicha boradigan jarayon. Diffuziya 
qaytmas jarayondir. Diffuziya sxematik tarzda quyidagi rasmda keltirilgan: 
Kolloid sistemaning quyi qismida konsentratsiya (C1) yuqori ya‘ni, C1>C2.
Diffuziya konsentratsiya yuqori bo‘lgan sohadan konsentratsiya past bo‘lgan soha tomon 
boradi. Bu jarayon C1=C2 bo‘lguncha davom etadi.


Kolloid eritmalardagi zarrachalarning hajmi va massasi chin eritmalardagi zarrachalar 
massasidan bir necha marta katta bo‘lganligi uchun kolloid eritmadagi zarrachalarning issiqlik 
harakati tezligi va demak, diffuziya tezligi ham kichik bo‘ladi. Kolloid eritmalardagi diffuziya 
tezligi zarracha radiusiga teskari proporsionaldir.
Diffuziya tezligi Fik aniqlagan qonuniyatlarga bo‘ysunadi.
Fikning I-qonuniga muvofiq, eritmaning bir-biridan dx oraliqda turgan ikki joyi o‘rtasidagi 
konsentratsiyalar ayirmasi dc bo‘lsa, eritmaning katta konsentratsiyali joyidan kichik 
konsentratsiyali joyiga S yuza orqali dη sekundda o‘tadigan modda miqdori (mol) dQ ni 
quyidagi tenglama bilan hisoblab topish mumkin: 
bu yerda 
cheksiz kichik diffuziya yo‘li (dx) da konsentratsiyaning kamayishi bo‘lib, u 

Download 479.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling