7-mavzu. Kolloid dispers sistemalarning molekulyar kinetik xossalari. Reja
Download 479.44 Kb. Pdf ko'rish
|
mavzu 7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Molekulyar- kinetik nazariya
7-mavzu. Kolloid dispers sistemalarning molekulyar - kinetik xossalari. Reja: 1. Kolloid zarrachalarning diffuziyasi, 2. Broun harakati 3. Sedimentasiya, kolloid eritmalarning osmotik bosimi. Molekulyar- kinetik nazariya modda zarrachalarining o‘z-o‘zicha harakat qilish qonunlarini o‘rganadi. Chin eritmalarning ba‘zi xossalari erigan modda tabiati qanday bo‘lishidan qat‘iy nazar, eritmaning hajm yoki massa birligida bo‘lgan zarrachalar (molekula va ionlar) miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Bu xossalar eritmalarning kolligativ xossalari deyiladi. Ular jumlasiga eritmalarda bo‘ladigan diffuziya va osmos hodisalari, eritmada toza erituvchi bug‘ bosimining kamayish, muzlash temperaturasining pasayish va qaynash temperaturasining ko‘tarilish hodisalari kiradi. Kolloid sistemalarni tekshirish natijasida ularda ham kolligativ xossalar mavjud ekanligi isbotlanadi. Kolloid sistemalarning molekulyar-kinetik xossalaridan eng muhimlari qatoriga kolloid zarrachalarning diffuziyalanishi, Broun harakati, kolloid eritmalarning osmotik bosimi va sedimentatsiya hodisalari kiradi. Diffuziya-issiqlik harakati ta‘sirida sistemadagi molekula, ion yoki kolloid zarrrachalar konsentratsiyalarining tenglashuviga olib keluvchi o‘z-o‘zicha boradigan jarayon. Diffuziya qaytmas jarayondir. Diffuziya sxematik tarzda quyidagi rasmda keltirilgan: Kolloid sistemaning quyi qismida konsentratsiya (C1) yuqori ya‘ni, C1>C2. Diffuziya konsentratsiya yuqori bo‘lgan sohadan konsentratsiya past bo‘lgan soha tomon boradi. Bu jarayon C1=C2 bo‘lguncha davom etadi. Kolloid eritmalardagi zarrachalarning hajmi va massasi chin eritmalardagi zarrachalar massasidan bir necha marta katta bo‘lganligi uchun kolloid eritmadagi zarrachalarning issiqlik harakati tezligi va demak, diffuziya tezligi ham kichik bo‘ladi. Kolloid eritmalardagi diffuziya tezligi zarracha radiusiga teskari proporsionaldir. Diffuziya tezligi Fik aniqlagan qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Fikning I-qonuniga muvofiq, eritmaning bir-biridan dx oraliqda turgan ikki joyi o‘rtasidagi konsentratsiyalar ayirmasi dc bo‘lsa, eritmaning katta konsentratsiyali joyidan kichik konsentratsiyali joyiga S yuza orqali dη sekundda o‘tadigan modda miqdori (mol) dQ ni quyidagi tenglama bilan hisoblab topish mumkin: bu yerda cheksiz kichik diffuziya yo‘li (dx) da konsentratsiyaning kamayishi bo‘lib, u Download 479.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling