7-mavzu. Kolloid dispers sistemalarning molekulyar kinetik xossalari. Reja
Sedimentasiya, kolloid eritmalarning osmotik bosimi
Download 479.44 Kb. Pdf ko'rish
|
mavzu 7
3.Sedimentasiya, kolloid eritmalarning osmotik bosimi.
Kolloid zarrachalarning og‘irlik kuchi ta‘siri ostida eritma tagiga cho‘kishi sedimentatsiya deyiladi. Sedimentatsiya tufayli kolloid eritmaning konsentratsiyasi o‘zgaradi. Ammo eritmada Broun harakatining mavjudligi sedimentatsiyaga qarshilik ko‘rsatadi. Kolloid zarrachaning o‘lchami qancha kichik bo‘lsa, Broun harakatining ta‘siri shuncha katta bo‘ladi. Shu sababli kolloid eritmalarda sedimentatsiya nihoyatda sust bo‘ladi. Kolloid zarrachalarga markazdan qochuvchi kuch ta‘sir ettirish bilan sedimentatsiyani kuchaytirish mumkin. Sedimentatsiya - suspenziya, emulsiya, aerozollar uchun xarakterli xossadir. Maydalangan holatda kolloid zarrachalarga ta‘sir etuvchi kuchlarni qarab chiqamiz: 1) Og‘irlik kuchi- Fg=mg=υ∙ρ∙g va 2) Arximed kuchi – Fa=υ∙ρo∙g Bu yerda ρ –dispers fazaning zichligi, ρ o – dispers muhitning zichligi. Sedimentatsiyani chaqiruvchi kuch: Fsed=Fg–Fa=υ (ρ-ρ o )g yoki F sed =m nisbiy ∙g. Bu yerda mnisbiy=υ (ρ-ρ o )- nisbiy massa. F sed va ishqalanish kuchi tenglashgan ma‘lum vaqtda zarrachalar bir tekis harakatlana boshlaydilar: U sed - sedimentatsiya tezligi. F sed =mnisbiy∙g va F sed =U sed ∙6πrη tenglamalarni tenglashtirib sedimentatsiya tezligini ifodalaymiz: Agar zarrachaning zichligi suyuqlikning zichligidan kichik bo‘lsa (masalan; moyning suvdagi emulsiyasi) u holda (ρ-ρ o ) < 0 va U sed < 0 bo‘ladi hamda zarracha cho‘kmasdan suzib yuradi. Aksincha bo‘lganda esa zarrachalar cho‘kadi. Yuqoridagi tenglamadan ko‘rinib turibdiki, zarrachaning cho‘kish tezligi ularning tabiatiga bog‘liq bo‘lmasdan, zarrachaning o‘lchamiga, zarracha va muhitning zichligiga va muhitning qovushqoqligiga bog‘liq. Agar cho‘kish tezligini tajribada aniqlash mumkin bo‘lsa, u holda zarrachalarning radiusi formula yordamida osongina topiladi. Shunday qilib, η, g, ρ, ρ 0 lar sistemani xarakterlaydi, ammo disperslikka bog‘liq emas. U holda yuqoridagi tenglamani ko‘rinishida yozish mumkin bo‘ladi. Bu tenglama Stoks qonuni bajarilganda, aynan quyidagi hollarda to‘g‘ri bo‘ladi: Zarrachalar shar shaklida bo‘lganda; Zarrachalar doimiy tezlikda, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda laminar harakat qilganda; Agar eritma bilan erituvchi orasiga erituvchi molekulalarini o‘tkazadigan ammo erigan modda molekulalarini o‘tkazmaydigan yarim o‘tkazgich parda (membrana) qo‘yilsa, u vaqtda diffuziya bir tomonlama bo‘ladi. Erituvchining yarim o‘tkazgich parda orqali o‘z-o‘zicha o‘tish jarayoni Download 479.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling