7-mavzu. Kolloid kimyo. Dispers sistemalar. Kolloid eritmalarning olinishi va tozalash usullari. Reja


Download 123.01 Kb.
bet4/11
Sana28.10.2023
Hajmi123.01 Kb.
#1732190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-mavzu. Kolloid kimyo. Dispers sistemalar. Kolloid eritmalarnin

Kondensatsion usullar.
Kondensatsion usullar tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, asosan ikkiga bo‘linadi fizikaviy va kimyoviy kondensatsion usullari.
Kondensatsiyalash jarayoni sistemada erkin energiya bilan solishtirma sirtini kamayishi tufayli sodir bo‘ladi. Masalan, tashqaridagi namlikni sovishi natijasida suv zarrachalari kondensatsiyalanib, kolloid sistema, tumanni hosil qiladi.
Rus olimlaridan S.Z.Roginskiy va A.I.Shalnikovlar suyuq dispers muxit va qattiq moddalarni bug‘latib, sovuq sirtda kondensatlash yo‘li bilan kolloid eritmalar hosil qilish asbobini yaratadilar.
X-Rasm Shalnikov va Roginskiy usulida elektr usuli bilan kolloid eritma tayyorlanadigan asbobning sxemasi.
Rasm Metallarning zolini elektr usuli bilan kolloid eritma tayyorlanadigan olish sxemasi asbobning sxemasi A – o‛zgarmas tok manbayi;R – reostat; B – Volta yoyi; C-sovutish aralashma.
Elektr yordamida moddalarni maydalab, kolloid eritmalar olish keng xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘ldi. Bu usul bilan oltin, kumush, platina va boshqa metallarning kolloid eritmalari olinadi.
Buning uchun shu metallarning o‘zidan elektrod tayoqchasi tayyorlab, elektr manbaiga ulangandan so‘ng elektrodlar dispers muxitga tushurilib, elektrodlar uchi bir - biriga tegishidan elektr yoyi hosil bo‘ladi va elektrodning bir qismi maydalanib muxitga tarqaladi, natijada kolloid eritma hosil bo‘ladi.
Kimyoviy kondensatsion usullar, kimyoviy reaktsiyalar (oksidlanish - qaytarilishi, almashinish, erimaydigan gidroliz va boshqa) natijasida yomon eriydigan moddalar hosil qilishga asoslangan.
Kimyoviy kondensatsion usullar, kimyoviy reaktsiyalar (oksidlanish - qaytarilishi, almashinish, eritmaydigan gidroliz va boshqa) natijasida yoki yomon eriydigan moddalar hosil qilishga asoslangan.
Oksidlanish usulida eritmadagi (H2S) moddaning oksidlanishi (O2) bilan kolloid eritma olinadi:
2H2S + O2 = 2H2O + 2 (S)
Oltingugurt zolining tuzilish formulasi:
{m (S) nHS-(n - x) H + }- xH+
Qaytarish usuli metallarning kolloid eritmalarini olishda keng qo’llaniladi.
Masalan, oltin tuzining qaytarilish reaktsiyasi:
2NaAuO2 + 3H - CH=O + Na2CO3 == 2Au + 2HCOONa + NaHCO3 + H2O
Hosil bo’lgan kolloid zarrachaning tuzilishi:
{m(Au) nAuO2- (n - x) Na+}- xNa+

Download 123.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling