Muvofiqlik sertifikati - mahsulot texnologik jarayon yoki xizmatlar tegishli standart yoki me’yoriy xujjatlarga mos kelishini tasdiqlovchi, sertifikatsiyalash sistemasi qoidalariga muvofiq berilgan xujjatdir. - Muvofiqlik sertifikati - mahsulot texnologik jarayon yoki xizmatlar tegishli standart yoki me’yoriy xujjatlarga mos kelishini tasdiqlovchi, sertifikatsiyalash sistemasi qoidalariga muvofiq berilgan xujjatdir.
- Muvofiqlik belgisi – bu qonun tomonidan ximoyalanadigan belgi bo’lib, sertifikatsiyalash sistemasi qoidalariga ko’ra foydalanilib, mahsulot, texnologik jarayon yoki xizmatlartegishli standartlarga javob bera olishini kafolatlaydi.
- Muvofiqlik sertifikati va belgisi tuzilishiga ko’ra xam, mazmuniga ko’ra xam sertifikatlash sistemasi tomonidan o’rnatilgan shartlarga javob berishi kerak. Ular amaldagi qonunlarga ko’ra beriladi.
- 7.2. Sertifikatlash sistemasining turlari
- Yuqorida aytib o’tilganidek, sertifikatsiya o’z-o’zini sertifikatlash va uchinchi tomon orqali sertifikatlashga bo’linadi.
- O’z-o’zini sertifikatlashda muvofiqlik sertifikatlari tayyorlovchilar tomonidan beriladi. Ularda, oqibatda, korxonani nomi, mahsulotning sertifikatlashga tegishli bo’lgan tavsiflari ro’yxati, qabul qilingan mahsulotlar partiyasini tartib raqami, shuningdek mana shu mahsulotga nisbatan amaldagi me’yoriy-texnikaviy xujjatlar ko’rsatiladi.
- O’z-o’zini sertifikatlashda quyidagilarga asoslanadi:
- mahsulotga nisbatan aniq va to’liq ma’lumotlarning (standartlar, texnik shartlar va boshqa me’yoriy texnikaviy xujjatlarning) bo’lishi;
- korxonada sifatni nazorat qilishni tashkil etishning yuqori darajasi: materiallar va yarimfabrikatlar, texnologik jarayonning barcha bosqichlari, tayyor mahsulot, uni o’rash-joylash bo’yicha;
- ishlab chiqaruvchilar tomonidan muvofiqlik arizasiga ko’ra mahsulotning standart shartlariga va boshqa me’yoriy-texnikaviy xujjatlarga javob berishiga to’liq mas’uliyatni, javobgarlikni tan olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |