Sertifikatlangan mahsulotning sifat ko’rsatkichlari barqarorligini tekshiruv nazorati shu mahsulotni ishlab chiqarish jarayoniga sertifikat bergan tashkilot tomonidan maxsus reja asosida amalga oshiriladi. Zarur xollarda betaraf mutaxassislarni tekshiruv nazoratiga jalb etish mumkin. Tekshiruv nazorati natijalariga ko’ra sertifikatsiyalash tashkiloti muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik belgisini quyidagi xollarda bekor qilishi yoki to’xtatib qo’yishi mumkin. - Sertifikatlangan mahsulotning sifat ko’rsatkichlari barqarorligini tekshiruv nazorati shu mahsulotni ishlab chiqarish jarayoniga sertifikat bergan tashkilot tomonidan maxsus reja asosida amalga oshiriladi. Zarur xollarda betaraf mutaxassislarni tekshiruv nazoratiga jalb etish mumkin. Tekshiruv nazorati natijalariga ko’ra sertifikatsiyalash tashkiloti muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik belgisini quyidagi xollarda bekor qilishi yoki to’xtatib qo’yishi mumkin.
- me’yoriy texnik xujjatlardagi talablar o’zgarsa;
- mahsulotning tarkibi va tuzilishi o’zgarsa;
- tashkilot yoki ishlab chiqarish texnologiyasi o’zgarsa;
- sifatni ta’minlovchi sistema, texnologiya, sinash uslublari o’zgarsa.
-
Tekshiruv nazorati tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilingunga qadar muvofiqldik sertifikatini berish to’xtatib turiladi. Shu muddatda xam axvol o’zgarmasa, muvofiqlik sertifikati bekor qilinadi. Bundan tashqari sertifikat berish yoki muvofiqlik belgisini qo’yish quyidagi xollarda xam bekor qilinadi: - Tekshiruv nazorati tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilingunga qadar muvofiqldik sertifikatini berish to’xtatib turiladi. Shu muddatda xam axvol o’zgarmasa, muvofiqlik sertifikati bekor qilinadi. Bundan tashqari sertifikat berish yoki muvofiqlik belgisini qo’yish quyidagi xollarda xam bekor qilinadi:
- mahsulotda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilib bo’lmasa;
- ishlab chiqaruvchi o’zining moliyaviy majburiyatlarini bajarmay qo’ysa;
- ishlab chiqaruvchi sertifikatni vaqtincha to’xtatib qo’ygandan keyin muddatni uzaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirmasa;
- mahsulotni ishlab chiqarish to’xtatilgan bo’lsa.
- Sertifikatsiyalashtirish tashkiloti bu xaqda rasmiy axborot beradi va mazkur mahsulot ishlab chiqarish sertifikatini davlat ro’yxatidan chiqaradi. Axborot bilan ta’minlash sertifikatsiyalash tashkiloti ishtirokchilari bilan xamkorlikda amalaga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |