1-sistema. Ushbu sistema uchinchi tomon orqali maxsus sinov markazlarida mahsulotni umumiy xolda sinovdan o’tkazishga asoslangan. Bunday sertifikatlashda faqatgina namunaning tegishli standart va me’yoriy xujjatlarga muvofiqligi o’rnatiladi. - 1-sistema. Ushbu sistema uchinchi tomon orqali maxsus sinov markazlarida mahsulotni umumiy xolda sinovdan o’tkazishga asoslangan. Bunday sertifikatlashda faqatgina namunaning tegishli standart va me’yoriy xujjatlarga muvofiqligi o’rnatiladi.
- 2-sistema. Bunda 1-sistemadan farqli ravishda savdo soxasidan olingan mahsulot namunalarini vaqti-vaqti bilan nazorat sinovidan xam o’tkaziladi. Sertifikatlashning ushbu sistemasi iste’molchilarga sifatsiz mahsulot yetkazilishi oldini olish imkonini beradi.
- 3-sistema. Bu sistemada, 2-sistemadan farqli nazorat sinovlari vaqti-vaqti bilan mahsulot savdo soxasiga borib tushmasdan o’tkaziladi. Bu esa standartlarga javob bermaydigan mahsulotlarning jo’natilishining oldini oladi.
4-sistema. Sertifikatsiyalash sistemasining asosida 1-3 sistemalarida nazarda tutilgan namunalarning vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan nazorat sinovlari yotadi. Ushbu sistema yaroqsiz mahsulotning sotib olinish extimolini kamaytiradi. Ammo bunda mahsulot sifatini nazorat qilish ishlarining xajmi ortadi. - 4-sistema. Sertifikatsiyalash sistemasining asosida 1-3 sistemalarida nazarda tutilgan namunalarning vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan nazorat sinovlari yotadi. Ushbu sistema yaroqsiz mahsulotning sotib olinish extimolini kamaytiradi. Ammo bunda mahsulot sifatini nazorat qilish ishlarining xajmi ortadi.
- Shuni ta’kidlash lozimki, 1-4 sistemalar mahsulotlarni standartlar shartiga va boshqa me’yoriy-texnikaviy xujjatlarga muvofiqligini attestatsiyadan o’tkazish uchun tavsiflidir.
- 5-sistema. Sertifikatlashning bu sistemasi 4-sistemadan farqli qo’shimcha ravishda ishlab chiqaruvchi korxonada sifatni ta’minlash sistemasining faoliyati va ishlab chiqaruvchi korxonani attestatsiyadan o’tkazishni ko’zda tutadi. Bunday sistema faqatgina mahsulotning sifatini o’rnatibgina qolmay, balki korxonaning talab etilayotgan sifat darajasida mahsulot ishlab chiqara olish imkonitini xam baxolashga imkon beradi. 5-sistema xalqaro sertifikatsiyalash sistemalarida va sanoat rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |