Iqtisodiy o’sish reja
Download 74.31 Kb.
|
IQTISODIY O\'SISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- FIN-51U NIZOMOV SHOKIRJON Iqtisodiy o`sish omillari 2 guruxga ajratiladi · Tabiiy resurslar soni va sifati; · Mexnat resurslari soni va sifati;
- 1-guruh omillari iqtisodiy o`sishni fizik (ashyoviy) jixatdan ta`minlaydi.
- · Iste`mol, investitsiya va davlat xarajatlarining o`sishi; · Eksport hajmining o`sishi; · Iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarini qayta taqsimlash imkoniyatlari;
- YAIMning o`sishi iqtisodiyotda band bo`lganlar sonidan yuqori sur`atga ega bo`lsa intensiv iqtisodiy o`sish ro`y beradi.
- · Fan va texnika yutuqlaridan foydalanish va ishlab chiqarishni yangilash; · Xodimlar malakasini oshirish;
- Neokllasik
IQTISODIY O’SISH REJA · Iqtisodiy o`sish omillari va tiplari · Iqtisodiy o`sishning keynscha modellari. · R.Solouning neoklassik modeli. · Qisqacha xulosalar FIN-51U NIZOMOV SHOKIRJON Iqtisodiy o`sish omillari 2 guruxga ajratiladi · Tabiiy resurslar soni va sifati; · Mexnat resurslari soni va sifati; · Asosiy kapital hajmi; · Texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etish; · Jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanish darajasi 1-guruh omillari iqtisodiy o`sishni fizik (ashyoviy) jixatdan ta`minlaydi. 2-guruh omillari jamiyatdagi iqtisodiy o`sish potentsialini yuzaga chiqarish imkonini beruvchi omillar – talab va taqsimot omillari bilvosita omillar) kiritiladi: · Bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi; · Iqtisodiyotdagi soliq muhiti; · Kredit-bank tizimi samaradorligi; · Iste`mol, investitsiya va davlat xarajatlarining o`sishi; · Eksport hajmining o`sishi; · Iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarini qayta taqsimlash imkoniyatlari; Agar o`sish qo`shimcha resurslarni jalb etish xisobiga ta`minlansa va jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan o`rtacha samaradorligi darajasini oshirmasa ekstensiv iqtisodiy o’sish deb ataladi. Ekstensiv iqtisodiy o`sish yangii korxonalar, yo`llar, elektrostantsiyalar qurish , yangi yerlarni o`zlashtirish, mexnat va tabiiy resurslarni qo`shimcha jalb etish kabilar hisobiga ta`minlanadi. Ammo bu resurslarning cheklanganligi rivojlanishning ma`lum bir bosqichida ekstensiv iqtisodiy o`sish imkoniyatlarini kamaytiradi va uni ziddiyatli qilib qo`yadi. YAIMning o`sishi iqtisodiyotda band bo`lganlar sonidan yuqori sur`atga ega bo`lsa intensiv iqtisodiy o`sish ro`y beradi. “Iqtisodiy o`sishning intensiv tipi ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga bog’liq. U foydalanilayotgan resurs birligiga to`gri keladigan mahsulot ishlab chiqarishni ko`paytirishni, ishlab chiqarishning texnik xususiyatlarini yaxshilashni ko`zda tutadi. Bunday jaryonlar namoyon bo`ladi: · Fan va texnika yutuqlaridan foydalanish va ishlab chiqarishni yangilash; · Xodimlar malakasini oshirish; · Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish, assortimentini yangilash Iqtisodiy o`sishning keynscha modellari. Iqtisodiy o`sish modellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli ko`payishi taklif omillariga tayangan xolda tahlil etish imkonini beradi. Boshqa iqtisodiy modellar singari iqtisodiy o`sish modellari ham real jarayonlarni abstrakt va soddalashgan ko`rinishda, shartli tarzda grafiklarda va tenglamalarda aks ettiradi. Iqtisodiy o`sishning Keynscha va Neokllasik modellari mavjud. Keynscha modellarning mohiyati quyidagicha: § Ularning barchasi Keynsning yalpi talb to’g’risididagi bosh g’oyasiga tayanadi. Yani ularni tuzishda mualliflar iqtisodiyotni uzoq muddatli mutanosib rivojlanishining hal qiluvchi sharti yalpi talabni oshirish deb qarashgan; § Iqtisodiy o`sishning asosiy omili investitsiyalar hisoblanadi, boshqa ishlab chiqarish omillari e`tiborga olinmaydi; R.Solouning neoklassik iktisodiy o`sish modeli. Neoklassiklar keynschilardan farqli o`larok iqtisodiy o`sish modellarini tuzishganda iqtisodiy o`sish ishlab chiqarishning barcha omillari, shu jumladan texnik taraqqiyot tomonidan ta`minlanadi, kapital va mexnat subsititutlar, ular bir-birini alishtirishi mumkin, bozor mexanizmi va barqaror pul tizimi muvozanatni avtomatik tiklashi mumkin degan nazariy asoslarga tayanadilar. Neoklassik modellar barcha iqtisodiy jarayonlarning aniq holatini qamrash xususiyatiga egadir. Birinchi neoklassik model R. Solou tomonidan 1956 yilda”Iqtisodiy o`sish nazariyasiga hissa” asarida tasvirlab berildi va so`ngra 1957 yilda “Texnik tarakkiyot va agregativ ishlab chikarish funktsiyasi” nomli asarida rivojlantirildi. R.Solou modeli mutanosib iktisodiy o`sishning zarur sharti yalpi talab va yalpi taklifning tengligi xisoblanadi. Qiskacha xulosalar Iqtisodiy o`sish to`liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chiqarish potentsial YAIM xajmining uzok muddatli ko`payishi tendentsiyasini anglatadi. U o`sish ishlab chiqarish natijalari va omillarida ro`y beradigan miqdor va sifat o`zgarishlarini xarakterlaydi. Iqtisodiy o`sish real YAIM ning, yoki axoli jon boshiga to`gri keladigan real YAIM ni o`sish sur`ati bilan o`lchanadi. Iqtisodiy o`sish taklif, talab va taksimot omillari bilan belgilanadi. Iqtisodiy o`sishni belgilovchi talab omillariga tabiiy resurslar soni va sifati, mexnat resurslari soni va sifati, kapital, texnologiya va boshkalar kiradi. Bulardan foydalanish usuliga ko`ra iqtisodiy o`sish ekstensiv va intensiv turlarga bo`linadi. Ishlab chiqarish resurslar mikdorini o`zgartirmagan xolda o`ssa, intensiv omillar hisobiga amalga oshgan hisoblanadi Download 74.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling