Mavzu: Ishlab chiqarishni yangilash va modernizatsiyalash sharoitida investitsion dasturlarni moliyalashtirishni nazariy asoslari. Kirish qismi


Download 46.54 Kb.
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi46.54 Kb.
#1517797
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Moliya


MAVZU: Ishlab chiqarishni yangilash va modernizatsiyalash sharoitida investitsion dasturlarni moliyalashtirishni nazariy asoslari.

Kirish qismi: Ishlab chiqarishni yangilash va modernizatsiyalash sharoitida investitsion dasturlarni moliyalashtirishni nazariy asoslari tushunchalarni o’rganish.

Asosiy qismi:
Ishlab chiqarish turlari.
Ixtisoslashish darajasiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari turlari va miqdoriga qarab ishlab chiqarishning turlari aniqlaniladi.
Ishlab chiqarish turlari-doimiy nomenklatura asosida mahsulot ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni tashkil qilish elementlari va omillari birliginining xususiyatlari va tashkiliy-texnik, iqtisodiy tavsiflarining yigʼindisidir.
Ishlab chiqarish turlari quyidagilarga boʼlinadi: yakka ishlab chiqarish, seriyali ishlab chiqarish, ommaviy ishlab chiqarish.
Yagona ishlab chiqarish-mehnat jarayonining tuzilishi, oʼzining beqarorligi bilan korxonaning asosiy ishlab chiqarish ish joylarida bajarilayotgan jarayonlar bir mahsulot tayyor boʼlgandan soʼng 2-mahsulot uchun oʼzgaradi, yana yangi mehnat jarayoni boshlanadi. Mahsulot maʼlum bir miqdorda ishlab chiqariladi yoki faqat bir marta ishlab chiqariladi-maʼlum buyurtma asosida yakka ishlab chiqarish sharoitida ish joylari oʼziga doimiy biriktirilgan operatsiyalarga ega emas, ular turli xil operatsiyalar bilan yuklanadilar. Yakka ishlab chiqarish korxonalariga yangi turdagi jihozlar ishlab chiqaruvchi yukori tajribali korxonalar kiritiladi.
Oziq-ovqat sanoati korxonalarida ishlab chiqarishning bunday turi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida yoki korxonalarning yordamchi, ishlab chiqarishi (remont, mexanika xonalari) da kuzatish mumkin. Mahsulot ishlab chiqarish nomenklaturasining xilma-xilligi bir necha operatsiyalarni bajaruvchi universal jihozlar va mashinalarni qoʼllashni talab qiladi. Аsosiy ishlab chiqarishdagi alohida ish joylarida bajariladigan operatsiyalarning mazmuni har biri birlik mahsulot ishlab chiqarilgandan keyin oʼzgaraveradi. Maxsus jihozlarning maʼlum miqdorda qoʼllanilishi jonli mehnat sarfini oshirishga olib kelib, past mehnat unumdorligiga ega boʼlishga sabab boʼladi. Bu yerda mehnat predmetlarining ketma-ket harakati qoʼllaniladi, asosiy ishlab chiqarishni uzluksiz ishlab chiqarish potoki asosida tashkil qilishning imkoni boʼlmaydi, bu yerda juda yuqori malakali ishchilar ishlashi kerak.
Seriyali ishlab chiqarish - bu ishlab chiqarish shaklida maʼlum vaqt oraligʼida bir xil mahsulotlarning seriyalarini tayyorlash takrorlanadi. Seriyali ishlab chiqarish jarayonlarida ish joylari aniq ketma-ketlikda bajariladigan bir necha operatsiyalar bilan biriktiriladi.
Mahsulot nomenklaturasi xilma-xilligi va ishlab chiqarish hajmiga bogʼlik holda seriyali ishlab chiqarish mayda seriyali, oʼrta seriyali va yirik seriyali ishlab chiqarishga boʼlinadi.
Kam miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun mayda seriyali ishlab chiqarish tashkil qilinadi. Bunda mahsulot nomenklaturasi har xil boʼladi. Yirik seriyali ishlab chiqarish koʼp miqdorda kam nomenklaturali mahsulot ishlab chiqarish bilan farqlanadi, shuningdek ommaviy ishlab chiqarishdan ham farqlanadi. Bu oʼrta seriyali ishlab chiqarish oraliq tur hisoblanib, ham mayda ishlab chiqarish ham yirik ishlab chiqarish xususiyatlarini oʼz ichiga oladi.
Seriyali ishlab chiqarish uchun mehnat jarayonlarning takrorlanishi xos boʼlib, uning strukturasi barqarordir. Yuqori unumdorli jihozlarni qoʼllashi imkoniyati va ishlarning ixtisoslashganligi jonli mehnat sarfini deyarli kamaytiradi va ishlab chiqarish jarayoni davomiyligini qisqartiradi. Mahsulot partiyalarini ishlab chiqarishga kirgizish va aniq takrorlanadigan vaqt oraligʼida tayyorlash potok asosida ishlab chiqarishni tashkil qilishni taqozo etadi. Koʼp nomenklaturali mahsulot ishlab chiqaruvchi oziq-ovqat korxonalari uchun seriyali ishlab chiqarish turi xosdir.

Download 46.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling