7-mavzu: Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni tarbiyalashda axloqiy tarbiya. Reja
Download 15.62 Kb.
|
1 2
Bog'liq7-mavzu axloqiy tarbiya
7-mavzu: Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni tarbiyalashda axloqiy tarbiya. Reja: Axloqiy tarbiyalashning nazariy asoslari. Bolalar bog’chasida axloqiy tarbiya vositalari “Axloq” ijtimoiy tushunchalardan biri bo’lib, uning mohiyati shaxs xatti-xarakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, xayot kechirish tamoyillari, qoidalari, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Shuning uchun ham axloq ijtimoiy xodisa sifatida jamiyat ma’naviy - ruhiy hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. “Axloq” tushunchasi oila fikri asosida tartibga solinuvchi faoliyat tarzida kishilik jamiyatining ilk bosqichida shakllangan. Navoiy “Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha odamlar ichida yoqimlirog’idir” - deydi. Bu bilan esa u kishilarning insoniylik belgisi uning odobli, axloqli ekanligi bilan o’lchanadi, deb ta’kidlaydi va barcha insonlarni yaxshi xulqli bo’lishga chaqiradi. Shuningdyek, Navoiyning “Maxbub ul qulub” asarida odob, axloqqa oid g`oyalar ilgari surilgan. Maktabgacha tarbiya yoshining o`ziga hos tomoni shundaki, bu yoshda bolalar axloqiy tushuncha yoki xulqni so’z bilan aniq ta’riflab berolmaydilar. Lekin bolalar bog’chasidagi to’g’ri talqin voqealarning umumiy ma’nosini anglab olishga yordam beradi. Agar bolalar boshqalarda yaxshi xulq na’munalarini ko’rsalar o’zlari ham ularga o’xshashga harakat qiladilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma’naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash va rivojlantirishni taqozo etadi. Axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari quyidagilar: g’oyaviy va tarbiyaviy ishning ma’lum maqsadga qaratilganligi; ta’lim-tarbiya ishiga bola shaxsini hurmat qilgan holda yondashish; axloqiy tarbiya ishini hayot va zamon bilan hamnafaslikda olib borish; bolalarning faolligi; jamoada tarbiyalash; tarbiyaviy ishning tizimlari va izchilligi; ta’sirchanligi; oila, bogcha hamda kattalar tarbiyaviy ta’sirining birligi; boladagi ijobiy sharoitlarga suyanish; bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishni ko`zda tutish. Bolalar bog’chasida axloqiy tarbiya berish har xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Avvalo, bolalarni har xil faoliyatlar vositasida kattalar mehnati bilan tanishtirish, mashg’ulotlarda va mashg’ulotlardan tashqari vaqtlarda ta’lim berish, kun davomidagi maishiy, mustaqil, badiiy faoliyatda, ko’ngil ochishlarda qatnashtirish orqali bu ish hal etiladi. Har xil bayramlar, san’at vositalari, ijtimoiy hayot voqealari, bolalar badiiy adabiyoti, musiqa, ashula, tasviriy va amaliy san’at, o’yinchoq va o’yin materiallari, ommaviy axborot vositalari, oynai jahon va radio, kino va multfilmlar, diafilmlar va boshqalar bolalarning axloqiy tarbiyasiga katta ta’sir ko`rsatadi. Axloq qoidalari birin –ketin o’rgatib, singdirib boriladi, aks holda bola birdaniga hammasini o’zlashtirib ololmaydi. Bolalarning axloq qoidalarini o’zlashtirib olishini tarbiyachining nazorat qilib turishi muhim ahamiyatga egayu nazorat qilib turish baholash bilan qo’shib olib boriladi. Tarbiyachi bolalar xulqini qo’llab –quvvatlaydi yoki ayrimlari qaytarilmasligi uchun ogohlantiradi. Download 15.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling