7-mavzu: Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni tarbiyalashda axloqiy tarbiya. Reja
Download 15.62 Kb.
|
1 2
Bog'liq7-mavzu axloqiy tarbiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vatanga muhabbatni tarbiyalash.
Vatanparvarlik tarbiyalash. Vatan hissi... U bolada oilaga, eng yaqin kishilari –ota, ona, buva, buvi, aka –uka, opa –singillariga bo’lgan munosabatdan boshlanadi. Bu uni qadrdon uyi va yaqin kishilari bilan bog’laydigan ildizlardir.
Eramizdan oldin yashagan yunon adiblaridan biri “Vatan sha’niga” asarida: “Mening bu gaplarim g’oyat eski gaplardir. Lekin haqiqat shunday: o’z otasini sevmagan farzand o’zganing otasini ham hurmat qila olmaydi, o’z vatanini sevmagan kishi o’zgalar vatanini qadrlay olmaydi”, deb yozgan ekan. Vatan deganda nimani anglash mumkin? Vatan – arabcha ona yurt degani. Vatan – bu odam tug’ilib o’sgan, tarbiyalangan, mehnat quvonchini totgan, shu odam mansub bo’lgan xalq tarixi bilan bog’langan hamda tarixan shakllangan ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy va madaniy muhitdir. Vatanga muhabbatni tarbiyalash. Vatanga muhabbat –eng chuqur ijtimoiy hislardan biridir. Bizning davlatimizda Vatanga muhabbat hissi baynalmilalchilik hissi bilan uyg’unlashib ketadi. Baynalmilal tarbiya. Bizning respublikamiz o’z mohiyati bilan baynalminaldir. Shuning uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda baynalmilalchilik, xalqlar do’stligi hislarini tarbiyalab borish muhim ahamiyatga egadir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash asosida boshqa millat va xalqlarga ijobiy munosabat va do’stona his –tuyg’ular uyg’otish, turli xalqlar hayotiga qiziqish hissini paydo qilish maqsadi yotadi. Bunday his –tuyg’ularni rivojlantirish asosan taqlid qilish orqali mukammallashib boradi. Guruhda baynalmilalchilik tuyg’ularning shakllanishini ta’minlovchi ijobiy muhit yuzaga keltirilishi lozim. Bu bolalarning ezgu hislarini, jamoatchilik munosabatini, insonparvarlikni, birovlarga beminnat xizmat qilishni ta’minlash sharoitida o’tadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni baynalmilalchilik his –tuyg’ulari asosini shakllantirishda: har bir millat vakillari bilan uchrashuvlar o’tkazish; ular bilan yozishmalar olib borish; maxsus mashg’ulotlarda ularning urf –odatlari, madaniyati, san’ati, tabiati to’g’risidagi adabiyotlarni o’qib berish; suhbat o’tkazish, rasmlarni ko’rsatish, diafilmlar namoyish qilish; , millat bolalari hayoti to’g’risidagi, turli millat kishilarining mehnati va turmushi haqidagi hikoyalardan o’qib berish foydali bo’ladi. Xulosa qilib aytganda maktabgacha yoshdagi bolalarda insonparvarlik hissini tarbiyalash, insoniylikka xos ijobiy sifatlarni tarkib toptirish, yasab turgan ona yurtiga mehr muhabbatni tarbiyalash har bir pedagog uchun eng asosiy vazifalardandir.. Download 15.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling