7-mavzu: Mantiq bilish nazariyasining tarkibiy qismi


Ilmiy induksiya metodlari


Download 123.51 Kb.
bet26/29
Sana07.01.2023
Hajmi123.51 Kb.
#1081621
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
7-мавзу Документ Microsoft Office Word (1)

Ilmiy induksiya metodlari
O‘xshashlik metodi. Unda urganilayotgan xodisaning sababi haqidagi xulosa shu xodisaning bir kancha kuzatilayotgan xollarini solishtirish, ularning o‘xshash tomonini aniqlash asosida xosil qilinadi. Masalan, kimyoviy tarkibi, zichligi, og‘irligi, kattaligi turlicha bo‘lgan mayatniklar uzunligi bir xil sterjenlarga-ilgaklarga ilintirilib, harakatga kelti-rilganda, bir xil tebranish davriga ega bo‘lgan. Bunda xodisaning vujudga kelishi kuzatilayotgan barcha xollarida undan avval kelayotgan xolatlarning faqat bittasigina takrorlanadi. Ana shunga tayanib, mazkur takrorlanuvchi xolat kuzatila­yotgan xodisaning vujudga kelishining sababi bo‘lsa kerak, de-gan tarzda extimoliy xulosa chikariladi.
Tafovut metodi. Bu metod faqat ikkita xol-xodisaning vujudga kelgan va kelmagan xollarini taqqoslash asosida xodisaning sababini aniqlash usuli bo‘lib, unda mavjud xollar bir-biridan faqat bitta xolat bilan farq qiladi: birida u yuk, ikkinchisida — bor va faqat ana shu xolat bor holdagina xodisa yuzaga keladi. Ana shuning uchun ham mazkur xolat kuzatilayotgan xodisaning sababi bo‘lsa kerak, deb taxmin qilinadi, ya’ni extimoliy xulosa xosil qilinadi. Extimol, V xolat d xodisa sababidir.
Tafovut metodidan bilishning turli xil soxalarida keng foydalaniladi. Masalan, yaxshi ishlayotgan va yaxshi ishlamaetgan korxonalar solishtirilib, korxonaning yaxshi ishlamasligi sababi aniklanadi. Meditsinada esa ikkita xayvonlar guruxi -eksperiment utkazilayotgan va nazorat kiluvchi guruxlar kiyos kilinib, eksperiment utkazilayotgan gurxda sinalgan preparatning samaradorlik darajasi aniklanishi mumkin. Bunda har ikkala gurux bir xil sharoitda saklanib (A, S, D), eksperiment davomida bittasiga V xolati kushiladi. Bu esa avvalgi holda yuk bo‘lgan d xodisasining vujudga kelishiga sababchi bo‘ladi. Ana shunga asoslanib, «V xolati d xodisasi sababi bo‘lishi mumkin» degan xulosaga kelinadi.
Yuldosh uzgarishlar metodi. Bu metod xodisadan avval kelayotgan xolatlardan birining uzgarishi, kolgan xolatlar uzgarmasdan kolganda, xodisaning uzgarishiga olib kelishi kuzatiladigan sharoitlarda qo‘llaniladi.
Yuldosh uzgarishlar metodiga muvofiq, bir xolatning uzgarishi xodisaning uzgarishiga ham olib kelsa, shu xolat kuzatilayotgan xodisa uzgarishining sababidir.
Yuldosh uzgarishlar metodi yordamida juda kup qonunlar, shu jumladan, fizikadagi gazning harorati bilan uning zichligi, tortishish kuchi bilan masofa, iktisodiyotdagi talab va taklif o‘rtasidagi bog‘lanishlar va shu kabilar urganiladi.
Xodisadan avval kelayotgan xolatlarni A, V.Slar bilan, bu xolatlarning uzgarishi darajasini 1,2,..., p bilan, xodisani d bilan belgilasak, yuldosh uzgarishlar metodida muhokama jarayonining quyidagi sxema bo‘yicha-amalga oshishini ko‘ramiz:
Extimol, s xolat d xodisa sababidir.
Koldiklar metodi. Bu metod o‘rganish ob’ekti murakkab xodisadan iborat bo‘lib, bittasidan boshqa kismlarning sabablari anik bo‘lganda, anna shu kolgan kismni vujudga keltiruvchi sababni topish maqsadida qo‘llaniladi.
Extimol, S xolat z ning sababidir.
Koldiklar metodini kullash natijasida geliy, rubidiy kabi ximiyaviy elementlar, Neptun planetasi topilgan va boshqa turli soxaga oid kup xodisalar aniklangan.
Demak, koldiklar metodi mohiyatini shunday ifodalash mumkin: agar urganilayotgan murakkab xodisani tashkil etuvchi xodisaning (yoki xodisaning kismining) bitta xolatdan boshqa xolatlar bilan aloqasi zaruriy harakterga ega bulmasa, ana shu koldik xolat mazkur xodisaning (xodisa kismining) sababi bo‘lishi mumkin.
Ilmiy induksiyaning boshqa metodlari singari, koldiklar metodi ham extimoliy bilim olish vositasi xisoblanadi. CHikarilayotgan xulosaning chin bulish extimoli, birinchidan, xodisadan avval kelib, unga ta’sir utkazayotgan xolatlar haqidagi bilimning kay darajada bo‘lishi, ikkinchidan, har bir xolat bilan vujudga kelayotgan murakkab xodisa o‘rtasidagi aloqadorlik zaruriy harakterga ega ekanligiga anik ishoch xosil qilish, uchinchidan, konkret har bir xolat bilan u sababi bo‘lib xisoblanayotgan xodisa kismi o‘rtasidagi aloqadorlikning ta’sodifiy emasligini aniqlash va shu kabi omillarni xisobga olgan holda ortadi.
SHunday qilib, sababiy aloqadorlikni aniqlashning biz ko‘rib chikkan induktiv metodlari uz mantiqiy strukturasiga ko‘ra etarli darajadagi murakkab muhokama yuritish usullari bo‘lib, ularda induktiv umumlashtirish deduktiv xulosa chiqarish ishtirokida amalga oshadi. Xususai, deduksiya tasodifiy xolatlarni muhokama jarayonidan chiqarib tashlash (elimi­natsiya qilish) yuli bilan (ayiruvchi-kat’iy sillogizmning tollendoponens modusi asosida) induktiv umumlashtirish yunalishini belgilashga, uning xulosasining asoslanganlik, ishochlilik darajasining ortishiga xizmat qiladi.
Analogiya (grek. - moslik, o‘xshashlik) bavosita xulosa chiqarishning bir turidir. Deduktiv xulosa chiqarishda fikr umumiylikdan xususiylikka qarab, induksiyada xususiylikdan umumiylikka qarab harakatlansa, analogiyada esa bir xususiy xolatdan boshqa xususiy xolatga qarab harakatlanadi.
Analogiyada predmetlarning o‘xshash xossalariga asoslanib xulosa chikariladi. Tabiat va jamiyatda ob’ektiv turli-tumanlik bilan bir katorda, ob’ektiv o‘xshashlik ham mavjuddir. Ular inson ongida uz ifodasini topadi. Ob’ektiv reallikning turli soxalariga oid qonun va qoidalar tuzilishi jihatidan o‘xshash bo‘lsa, ular aks ettirgan vokealikdagi turli narsa va xodisalar ham ma’lum ma’noda o‘xshash bo‘ladi.
Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish ob’ektiv reallikning cheksiz ko‘rinishlari hamda unda mavjud bo‘lgan turli sistemalarning xossalari, munosabatlari, strukturalaridagi o‘xshashliklarga asoslanadi. Masalan, sayyoralar, davlatlar, ijtimoiy tuzumlar mohiyatida o‘xshashlik bor. Bilishda muhim va nomuhim xossalar o‘xshashligi asosida analogiya bo‘yicha xulosa chikariladi.
Analogiya vositasida bir predmetdan (modeddan) boshqa predmetga (prototipga) axborot utkaziladi. Xulosa asoslari modelga, xulosa prototipga taalluqli bo‘ladi. Masalan, kadimgi greklarning «Dedal va Ikar» afsonasida aytilishicha, ota va bola kullikdan ozod bulish uchun uzlariga kanot yasashadi va uchib ketishadi. Bunda xulosa chiqarish quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Kush tirik mavjudot, uning kanoti bor, u uchadi.
Inson ham tirik mavjudot uning kanoti yuk, u uchmaydi.
Insonning ham kanoti bo‘lsa, u, extimol uchadi.
Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish boshqa xulosa chiqarishlar kabi asoslardan, xulosadan va asoslar hamda xulosa o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iboratdir. Uning xulosasi extimoliy shaklda bo‘lib, keyingi tekshirishlarni talab qiladi. Anik asos­lardan ba’zan anik, ba’zan extimoliy xulosa chikadi.
Analogiya uzining ob’ektiv asosiga ega. Bular predmetlar, ularning xossalari o‘rtasidagi aloqalar va munosabatlardir.
Modeldan prototipga utkazilayotgan axborotning tabiatiga ko‘ra analogiyaning ikki turi farqlanadi: xususiyatlar analo­giyasi va munosabatlar analogiyasi.
Xususiyatlar analogiyasida ikki yakka predmet yoki bir turdagi ikki predmetlar sinfi o‘xshash belgilariga ko‘ra o‘zaro taqqoslanadi. O‘xshash belgilarga asoslanib, birida mavjud bo‘lgan belgining boshqasida ham bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa chikarildi. Uxshatilayotgan predmetlarni A va V harflari bilan, belgilarni a, v, s, harflari bilan ifoda qilsak, xususiyatlar analogiyasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
A predmeti a, v, s, d belgilarga ega
V predmeti a. v. s belgilarga ega
Extimol, V predmeti d belgiga egadir.
Bu formula analogiya bo‘yicha xulosa chiqarishning tipik sxemasidir. Unda bir predmet haqidagi bilim shunga o‘xshash boshqa predmet haqidagi bilimdan xulosa shaklida keltirib chikariladi.
Munosabatlar analogiyasida ikki yakka predmet, yoki bir turdagi ikki predmetlar sinfi o‘rtasidagi munosabatlarning o‘xshashligiga asoslaniladi. Ikki turdagi (aRd) va (mRjn) munosabatlarni taqqoslasak, a-m ga, d-n ga o‘xshash emas, lekin ular o‘rtasidagi r-r! munosabatlarning o‘xshashligi bizga xulosa chiqarish imkonini beradi
Analogiyani turlarga ajratganda xulosaning aniklik darajasiga ham e’tibor beriladi. SHu jihatdan analogiyani kat’iy (anik, kat’iy bo‘lmagan noanik va xato analogiyaga ajratamiz. Kat’iy analogiyaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, kuchiralayotgan va uxshatilayotgan belgilar o‘rtasidagi aloqa zaruriy bo‘ladi. Anik fanlarda, modellashtirishda fikr kat’iy analogiya shaklida yuritiladi.
Analogiya modellashtirish metodining mantkiy asosini tashkil etadi. Modellashtirishda (konkret yoki abstrakt) ob’ektlar modellarda, ya’ni shartli obrazlar, sxemalar, ob’ektning kichraytirilgan nusxalarida tadkik etiladi.



Download 123.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling