Tilning kelib chiqish nazariyasi


Download 93.42 Kb.
Sana04.11.2023
Hajmi93.42 Kb.
#1747432
Bog'liq
(Til nazariyasi) Qorjovov Asadbek { tillar tipologiyasi.}

Tilning kelib chiqish nazariyasi

  • Fanda tilning kelib chiqishi tog’risida bir-biriga qarama-qarshi nazariyalar mavjud bo’lib, ular bir-biri bilan kurashib kelmoqda. Bu nazariyalarning bazilari til insonlarning bir-birini bilan munosabatda bo’lishi ehtiyoji natijasida kelib chiqqan hisoblasa, boshqalari ayrim shaxslarning o’z fikrini avval uzi uchun, keyin boshqalar uchun bildirishi natijasidakelib chiqqan, deb hisoblaydi.

Tilning tanqidiy nazariylari

.


Til nazariyalari
1.Ovozga taqlid nazariyasi
2.Undovlar nazariyasi
3.Mehnat hayqiriqlari nazariyasi
4.Ijtimoiy kelishuv nazariyasi

Ovozga taqlid nazariyasi

Bu nazariya kishilarning o’z atrofidagi predmetlarning chiqargan ovoziga taqlid qilishi natijasida dastlabki so’zlar, predmetlarning nomlari paydo bo’lgan deb hisoblaydi.bu nazariya qadimgi Yunonistonda Demokrit va Platon davrida o’rtaga tashlangan bo’lib, unga ko’ra ibtidoiy odamlar yo ongli, yo ongsiz tarzda turli tovushlar ovozlariga taqlid qilishga harakat qilgan

Undovlar nazariyasi

  • Bu nazariya ham tilning paydo bo’lishi masalasini talqin qiluvchi nazariyalardan biri bo’lib, bu nazariya tarafdorlari tildagi barcha so’zlar kishilarning ichki tuyg’ulari,qahr-g’azabi his-hayajonlari ixtiyorsiz baqirishlari natijasida paydo bo’lgan deb da’vo qiladilar. Bu nazariya ham qadimiy bo’lib, uning asosida ham hayvonlarning baqiriq- chaqiriqlari yotadi.

Mehnat hayqiriqlari nazariyasi

  • Nazariya tarafdorlari tildagi barcha so’zlar ibtidoiy kishilarning birgalashib mehnat qilish jarayonida mehnat qilishga undaydigan ixtiyorsiz qiyqirishlar natijasida paydo bo’lgan deb davo qiladilar
  • Bu nazariyani XIX asrning 70-yillarida fransuz faylasufi L.Nuare yaratdi.
  • Nemis olimi Karl Byuxer ham ushbu nazariyani qo’llab-quvvatlaydi.

Ijtimoiy kelishuv nazariyasi

  • Bu nazariya XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo’lib, uni ilgari suruvchi olimlar ba’zida bir-biriga zid xulosalarga kelishgan, ularning kelib chiqishi to’g’risidagi asosiy fikri bir xil. Bu nazariyaga asosan narsalarni qanday atashni odamlarning o’zlari kelishib olishgan. Biror narsani nomlashda kelishib olish uchun, tabiiyki, kelishuv vositasi ya’ni til kerak bo’ladi. Ushbu nazariya tilning paydo bo’lishini emas, balki til rivojlanishining bir yo’nalishini yoritish mumkin.

Download 93.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling