7-mavzu: Mantiq bilish nazariyasining tarkibiy qismi
Download 123.51 Kb.
|
7-мавзу Документ Microsoft Office Word (1)
Nazariya-ma’lum bir predmet sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, gipotezalar, g‘oyalarni sistemaga solib, u haqida yaxlit tasavvur hosil qiladigan, yangi fundamental umumlashmalar yaratishga olib keladigan, shu sohadagi hodisalarni tushuntirish, oldindan ko‘rish imkonini beradigan ishonchli bilimdan iborat.
Ilmiy nazariya quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi: 1) empirik asos: nazariyaga aloqador faktlar, ularga mantiqiy ishlov berish natijalari; 2) boshlang‘ich nazariy asos: nazariyaning asosiy tushunchalari, postulatlari (aksiomalari), fundamental qonunlar (prinsiplar); 3) nazariyaning mantiqiy apparati: tushunchalarni hosil qilish va ta’riflash qoidalari, xulosa chiqarish (isbotlash) qoidalari; 4) olingan natijalar (xulosalar). Ilmiy nazariya oxir-oqibatda real sistemani, obektni aks ettiradi, uning tabiatini tushuntiradi va shu ma’noda o‘zining empirik asosiga ega. Lekin empirik asosining mavjudligi nazariyaning barcha tushunchalari ifoda etadigan predmet va belgilarning hissiy idrok qilinishi yoki nazariyaning barcha hollarda mavjud hodisalarni, ularning real xususityalari va munosabatlarini aks ettrishini anglatmaydi. Nazariyada borliq, asosan, modellar yordamida ideallashgan holda in’ikos qilinadi. Ideallashtirish jarayonida mavjud obektlar haqidagi empirik bilimga tayangan holda, haqiqatda mavjud bo‘lmagan va ba’zan mavjud bo‘lishi mumkin ham bo‘lmagan, lekin real mavjud predmetlarga ma’lum bir munosabatda o‘xshash obektlar haqidagi tushunchalar hosil qilinadi. Masalan, mexanika echimini qidiradigan ko‘p masalalarda jismning shakli va o‘lchamlari (eni, bo‘yi, hajmi va shu kabilar) unchalik muhim ahamiyatga ega emas. Ayni bir paytda massa muhim ahamiyatga ega va shuning uchun ham massasi bir nuqtaga jamlangan xayoliy jism-moddiy nuqta hosil qilinadi. Barcha real mavjud jismlar shaklga va o‘lchamlarga ega, moddiy nuqta esa ideal obekt bo‘lib, ba’zi masalalarni echishda real jismlarning o‘rnini bosadi, ularning nazariy bilishdagi ekvivalenti bo‘lib xizmat qiladi. Fizikadagi mutlaq qattiq jism, geometriyadagi nuqta, tekislik, to‘g‘ri chiziq va boshqa fanlardagi shu kabi ko‘p tushunchalar ideal obektlarni ifoda qiladilar. 1 Аль-Фараби. Естественно-научные трактаты. Алма-Ата, 1987, 435-бет. 2 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. // Мулоқот, 1998, №5, 5-бет. 3 Каримов И.А. Донишманд халқимизнинг мустаҳкам иродасига ишонаман. Президент И.Каримовнинг «Fidokor» газетаси муҳбири саволларига жавоблари. «Fidokor», 2000 йил 8 июн. 4 Қаранг, ўша ерда. 5 Каримов И.А. Донишманд халқимизнинг мустаҳкам иродасига ишонаман. Президент И.Каримовнинг «Fidokor» газетаси муҳбири саволларига жавоблари. «Fidokor», 2000 йил 8 июн. Download 123.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling