7-mavzu: Mustaqillik davrida hayotda yuz bergan tub o‘zgarishlarning o‘zbek terminologiyasiga ta'siri. Termin yasashda faol modellarning o‘rni. Istiqlol davri o‘zbek lug‘atshunosligi erishgan yutuqlar


-kash affiksli so‘z yasovchi model


Download 186.69 Kb.
bet7/8
Sana17.06.2023
Hajmi186.69 Kb.
#1538462
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-taqdimot

-kash affiksli so‘z yasovchi model

Kelib chiqishi forscha-tojikcha hisoblanuvchi –kash affiksi ishtirokida yasalgan terminlar ma’lum kasb-hunar bilan mashg‘ul shaxsni ifodalaydi: chizmakash (1. «chertejnik»; 2. «masteritsa, zanimayuщesya risovaniem uzorov dlya vыshivaniya»), arrakash («pilщik», «raspilovщik»), ko‘chirmakash («plagiator») i t.d. O‘zbek tili texnika terminlarini hosil qilishda o‘ta kammahsuldir.

-dor affiksli so‘z yasovchi model

Fors – tojik tilining elementi bo‘lmish –dor sufffiksli ushbu kammahsul model :1) shaxs nomini:: bayroqdor («znamenщik»), nishondor («ordenonoses»); 2) mavjudlik, egalik sifatlarini yasashda qatnashadi: zarbdor («udarnыy»); mahsuldor («produktivnыy», chiqimdor («ponesshiy rasxodы, trebuyuщiy nemalo rasxodov») (Usmonov O.1975; 51-56) va h.k.

-boz affiksli so‘z yasovchi model

Ushbu model ilmiy terminologiya tizimida asl o‘zbekcha (turkiycha), arabcha, forscha-tojikcha hamda ruscha-baynalmilal leksik birliklardan juda oz holatlarda biror-bir narsa bilan qiziquvchi shaxs nomini anglatuvchi terminlarni yuzaga chiqaradi: buyruqboz («byurokrat»), mushakboz («pirotexnik»), safsataboz («pustomelya», «demogog»), miltiqboz («perestrelщik»), ishqiboz («bolelщik»), xotinboz («babnik») va h.k

-do‘z affiksli so‘z yasovchi model

Forscha-tojikcha –do‘z suffiksli mazkur kammahsul model biror - bir narsa, buyumni tikuvchi shaxs nomini bildiradi: mo‘ynado‘z («skornyak»), etikdo‘z («sapojnik»), kavushdo‘z («master, izgotovlyayuщiy kojannыe kaloshi»), yelkando‘z («spesialist po izgotovleniyu parusov») va h.k.

-shunos affiksli so‘z yasovchi model

Kelib chiqishi nuqtai nazaridan forscha-tojikcha hisoblanuvchi – shunos suffiksli bu qolip o‘zbek tili terminologiyasi tarkibida aksariyat rus tilidagi ikkinchi komponenti –ved suffiksli yasamalarga mos tushuvchi, mazmunan shaxs nomini ifodalovchi terminlarni shakllantiradi (Kononov1960; 110): qonunshunos ( «pravoved»), sharqshunos («vostokoved»), mashinashunos («spesialist po mashinam»), ruhshunos («psixolog»), xitoyshunos («kitaeved»), tilshunos («yazыkoved»), eronshunos («iranist»), matnshunos («tekstolog»), siyosatshunos («politolog») va h.k.


Download 186.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling